Bismillahir Rohmanir Rohiym
Sam’oniy rahimahulloh aytadilar: "U shubhasiz, o‘z asrining tengi yo‘q imomidir".
Kimning uyida "Sunani Termiziy" kitobi bo‘lsa, o‘sha xonadonda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam gapirayotgandek bo‘ladilar (Imom Termiziy rahimahulloh).
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
10 avgust kuni, Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida ezgulik va saxovatga yo‘g‘rilgan xayrli tadbir o‘tkazildi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Urganch shahrida istiqomat qiluvchi boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlaridan 35 nafariga yangi o‘quv yili oldidan maktab kiyimlari, sumkalar va zarur o‘quv qurollari sovg‘a qilindi.