Sayt test holatida ishlamoqda!
21 May, 2026   |   3 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:22
Quyosh
04:59
Peshin
12:25
Asr
17:28
Shom
19:44
Xufton
21:15
Bismillah
21 May, 2026, 3 Zulhijja, 1447
Yangiliklar

18.05.2026   2165   1 min.
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘ZBЕKISTON DЕLЕGATSIYASI XALQARO HAJ SIMPOZIUMIDA QATNASHDI

21.05.2026   137   2 min.
O‘ZBЕKISTON DЕLЕGATSIYASI XALQARO HAJ SIMPOZIUMIDA QATNASHDI

Bugun, 20 may kuni Jidda shahrida tashkil etilgan 50-yubiley haj anjumanida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi. Nufuzli tadbirda vazirlar, muftiylar, ulamolar va haj xizmatiga aloqador turli sohalar yetakchilari, ekspertlar qatnashdi.


Mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibida “Haj - 2026” mavsumi ishchi guruhi rahbari – Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, “Haj” va “Umra” ishlari bo‘yicha attashe Shuhrat Amoniy va bir qator soha mutasaddilari qatnashdi. 
 

 Qur’oni karim tilovati bilan boshlangan anjumanni Podshohlik Haj va umra ishlari vaziri kirish so‘zi bilan ochib, martabali mehmonlarni Makkai mukarramaga tashriflari va nufuzli tadbirdagi ishtiroki bilan qutlab, haj mavsumini yuqori darajada o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan yangi loyihalar to‘g‘risida so‘zladi. Jumladan, haj xizmatlarini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalari, tibbiy xizmatlar va hojilar xavfsizligiga oid chora-tadbirlarga urg‘u qaratdi.

 

Xalqaro anjuman doirasida haj ibodatini yengillashtirish, ziyoratchilarga qulay sharoit yaratish, joriy haj mavsumi issiq kunlarga to‘g‘ri kelayotgani, hojilar salomatliklariga e’tibor qilishlari, Arafot hududidagi Rahmat tog‘iga chiqishdan saqlanishlari, chodirlardan ibodat bilan band bo‘lish, shuningdek, haj xizmatidagi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash kabi muhim mavzular muhokama qilindi.



Xalqaro anjumanda Saudiya Arabistonining ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli ishlari haqida so‘z yuritildi. Musulmonlarga xizmat qilish uchun Ikki Muqaddas Masjiddagi eng muhim loyiha va katta o‘zgarishlar taqdimot qilindi. Shuningdek, haj amalini ado etishda qonuniy ruxsatnomalarga va amaldagi qoidalarga rioya qilish juda muhim ekani alohida ta’kidlab o‘tildi.

Anjuman doirasida davlatlarning haj ishlariga mutasaddi tashkilotlari rahbarlarining ham yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu simpozium 1970 yildan buyon har yili o‘tkaziladi. Bu yilgi anjumanda 80 dan ortiq davlatdan yuzlab olim va mutafakkirlar mavzu yuzasidan muhim masalalarni muhokama qildilar.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O‘ZBЕKISTON DЕLЕGATSIYASI XALQARO HAJ SIMPOZIUMIDA QATNASHDI O‘ZBЕKISTON DЕLЕGATSIYASI XALQARO HAJ SIMPOZIUMIDA QATNASHDI O‘ZBЕKISTON DЕLЕGATSIYASI XALQARO HAJ SIMPOZIUMIDA QATNASHDI O‘ZBЕKISTON DЕLЕGATSIYASI XALQARO HAJ SIMPOZIUMIDA QATNASHDI
O'zbekiston yangiliklari