Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Iyul, 2026   |   7 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:29
Quyosh
05:03
Peshin
12:34
Asr
17:38
Shom
19:55
Xufton
21:26
Bismillah
21 Iyul, 2026, 7 Safar, 1448
Yangiliklar

"Haj – 2026" mavsumida qancha ziyoratchi ulug‘ ibodatni ado etdi?

03.06.2026   16019   1 min.

Saudiya Arabistonining rasmiy statistika idorasi (General Authority for Statistics) ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilgi Haj mavsumida butun dunyodan jami 1 million 707 ming 301 nafar ziyoratchi haj amalini ado etdi. Ularning 1 million 546 ming 655 nafari xorijdan kelgan mehmonlar bo‘lsa, 160 ming 646 nafarini Saudiya Arabistoni fuqarolari va rezidentlari tashkil qildi.

Muborak ibodatni ado etganlarning 893 ming 396 nafari erkaklar, 813 ming 905 nafari esa ayollardir.

Xorijlik ziyoratchilarning asosiy qismi, ya’ni 1 million 485 ming 729 nafari muqaddas zaminga samolyotda yetib kelgan. Shuningdek, 54 ming 429 nafar ziyoratchi avtomobil yo‘llari, 6 ming 497 nafari esa dengiz orqali borgan.

Millionlab insonlar bir vaqtning o‘zida yig‘iladigan bunday ulkan tadbirni boshqarish dunyodagi eng katta tashkiliy jarayonlardan biri hisoblanadi. Shu bois, Saudiya rasmiylari oxirgi yillarda Haj ziyoratini raqamli boshqaruv, xavfsizlik va logistika jihatidan yanada tizimlashtirishga, ziyoratchilarga maksimal qulayliklar yaratishga katta e’tibor qaratmoqda.

Alloh taolo barcha hojilarimizning ziyoratlarini qabul aylab, yurtimizga sog‘-salomat qaytib kelishlarini nasib qilsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yangi tayinlangan imomlar bilan ilmiy suhbat bo‘lib o‘tdi

21.07.2026   1088   1 min.
Yangi tayinlangan imomlar bilan ilmiy suhbat bo‘lib o‘tdi

Bugun, 21 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida yaqinda lavozimga tayinlangan imom-xatib va imom noiblari uchun ilmiy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi.

 

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi bo‘lim boshliqlari Shayx Ali Fayzulloh Mahdum va Salohiddin Sherxonovlar ishtirok etdi. Unda Shayx Ali Fayzulloh Mahdum soha xodimlariga “Imomlik – sharafli kasb” hamda “Imomatda qiroatning ahamiyati” mavzularida ma’ruza qildi.

 

Ushbu suhbat davomida diniy soha xodimlarining mas’uliyati, masjidlardagi qiroat sifatini oshirish, imomlik maqomining ijtimoiy va ma’naviy hayotdagi o‘rni hamda qavm bilan ishlash odoblariga alohida to‘xtalib o‘tildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Yangi tayinlangan imomlar bilan ilmiy suhbat bo‘lib o‘tdi Yangi tayinlangan imomlar bilan ilmiy suhbat bo‘lib o‘tdi Yangi tayinlangan imomlar bilan ilmiy suhbat bo‘lib o‘tdi Yangi tayinlangan imomlar bilan ilmiy suhbat bo‘lib o‘tdi
O'zbekiston yangiliklari