Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Avgust, 2026   |   29 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:59
Quyosh
05:29
Peshin
12:28
Asr
17:23
Shom
19:31
Xufton
20:58
Bismillah
12 Avgust, 2026, 29 Safar, 1448

Zuho (choshgoh) namozi

10.01.2024   8356   3 min.
Zuho (choshgoh) namozi

“Zuho” so'zi – “choshgoh vaqti” degan ma'noni anglatadi.

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: Qasamyodeturmanchoshgohvaqtibilan(Zuhosurasi, 1-oyat).

Quyosh chiqqandan taxminan yigirma daqiqa o'tgach ushbu namozni o'qish mumkin. Uning eng afzal vaqti bomdod namozini ado etgandan so'ng, o'sha joyda quyosh chiqquncha zikr bilan mashg'ul bo'lib, quyosh chiqqandan keyin o'qishdir.

Zuho namozi ikki rakatdan o'n ikki rakatgacha o'qiladi, eng afzali to'rt rakatdan o'qish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday qilganlar. U zot alayhissalom “Shams” va “Zuho” suralarini tilovat qilardilar.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim to'rt rakat zuho namozini muntazam o'qisa, gunohi dengiz ko'piklaricha bo'lsa ham, kechiriladi”, dedilar (Imom Termiziy, Imom Ibn Moja, Imom Ahmad rivoyati).

Abu Sa'id Hudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiysollallohualayhivasallamzuhonamoziniba'zanuzluksizo'qiredilar. Bizendibunamoznihargiztarkqilmaydilar, derdik. Gohidaesao'qimasedilar, endibunamoznihargizo'qimasalarkerak, debo'ylardik(ImomTermiziy, ImomAhmadrivoyati).

Batafsil: http://old.muslim.uz/index.php/rus/maqolalar/item/4039

“Sunnatga muvofiq namoz o'qing” kitobidan olindi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Farg‘onada 35 nafar bolajonga xatna to‘yi o‘tkazildi

07.08.2026   18309   1 min.
Farg‘onada 35 nafar bolajonga xatna to‘yi o‘tkazildi

www.vaqf.uz 

Videolavhalar