Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Avgust, 2026   |   4 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:06
Quyosh
05:34
Peshin
12:27
Asr
17:18
Shom
19:24
Xufton
20:47
Bismillah
17 Avgust, 2026, 4 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

Diniy idora xodimlari beg‘araz donorlik aksiyasida faol ishtirok etdi

08.06.2026   14478   1 min.
Diniy idora xodimlari beg‘araz donorlik aksiyasida faol ishtirok etdi

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tashabbusi hamda Respublika qon quyish markazi hamkorligida O‘zbekiston musulmonlari idorasida ko‘chma qon yig‘ish xayriya tadbiri tashkil etildi.

“Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida o‘tkazilayotgan beg‘araz donorlik aksiyasida Diniy idora xodimlari faol ishtirok etib, qonga muhtoj va bemor bolajonlar salomatligi yo‘lida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdi. Xalqimizga xos mehr-muruvvat va saxovat ramzi bo‘lgan ushbu tadbir jamiyatda insonparvarlik g‘oyalarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.


Tadbir doirasida O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi Robaxon Maxmudova boshchiligidagi partiya faollari O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlarga Idora xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar, boy kitob fondiga ega kutubxona hamda ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuvlar tayyorlanadigan zamonaviy media studiya faoliyati haqida ma’lumot berildi.


Uchrashuvda ma’naviyat, ma’rifat, ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlash va aholi orasida beg‘araz donorlik madaniyatini rivojlantirish yo‘lida hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.


Partiya rahbariyati insonparvarlik aksiyasini yuqori saviyada tashkil etishda yaqindan ko‘maklashgan va unda faol ishtirok etgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati hamda jamoasiga samimiy minnatdorlik bildirdi. 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Diniy idora xodimlari beg‘araz donorlik aksiyasida faol ishtirok etdi Diniy idora xodimlari beg‘araz donorlik aksiyasida faol ishtirok etdi Diniy idora xodimlari beg‘araz donorlik aksiyasida faol ishtirok etdi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

17.08.2026   220   1 min.
HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Hikmatulloh domla Abiyevga padari buzrukvorining vafoti munosabati bilan ta’ziya bildiradi.

Alloh taolo marhumning barcha solih amallarini husni qabul aylasin, jannati Firdavsdan joy ato qilsin, rahmatiga olsin.

Marhumning ahli bayti va yaqinlariga go‘zal sabr, sabrlariga ajrlar ato etsin. Musibatlari o‘rnini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun!

«Barchamiz Allohnikimiz va barchamiz U Zotga qaytamiz».

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O'zbekiston yangiliklari