Muharram oyi Ramazon oyidan keyin turadigan eng hurmatli oydir. Bu oy hijriy sananing boshlanish oyidir. Dinimizda bu oy urush harom qilingan oylardan biri hisoblanadi. Ashuro kuni esa muharram oyining o‘ninchi kunidir.
Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bu oyda ro‘za tutishga targ‘ib qilganlar.
Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: "Ey Allohning Rasuli, Ramazondan keyin qaysi oyda ro‘za tutishimga buyurasiz", dedi.
Shunda u zot: "Agar Ramazondan keyin ro‘za tutmoqchi bo‘lsang, muharram oyida tutgin. Chunki u Allohning oyidir, unda bir qavmning tavbasini qabul qilgan yana boshqa qavmlarning ham tavbasini qabul qiladi", deb javob berdilar (Imom Termiziy rivoyati).
Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi "Kulol-Qo‘rg‘on" jome masjidi imom noibi Bahodir domla Muhammadiyev O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasidagi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida g‘olib deb topildi.
Imom-domlamizning ilmiy faoliyati, ta’lim sohasidagi tashabbuslari hamda fidokorona mehnatlari yuqori baholanib, u kishi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» xalqaro esdalik va sharaf nishonlari hamda maxsus guvohnoma bilan taqdirlandilar.
Bahodir domlani ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy qutlaymiz!
Alloh taolo domlamizning ilmlarini bundan-da ziyoda qilsin, dinimiz va el-yurtimiz rivoji yo‘lidagi ijodiy va ilmiy faoliyatlariga baraka bersin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati