Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Allohim! Men Sendan g‘am va mahzunlikdan, ojizlik va dangasalikdan, qo‘rqoqlik va baxillikdan, qarzga botib qolishdan va odamlarning menga g‘olib bo‘lishidan panoh so‘rayman", deb aytardilar.
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Buxoro viloyati filiali tomonidan saxovatpesha homiylar ko‘magida Buxoro shahridagi 24-son “Nurli maskan” ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida internatda ta’lim olayotgan bolajonlarga 120 dona kuzgi sport kiyimlari ehson qilindi.
Ushbu xayriya tadbiri orqali bolajonlarning kuzgi mavsumni yanada qulay va xushkayfiyatda qarshi olishlariga ko‘maklashildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati