Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning:
إذا أقيمت الصلاة فلا صلاة إلا المكتوبة
“Qachon namozga takbir (iqomat) aytilsa, farz namozidan boshqa namoz yo‘qdir”, degan so‘zlari bomdod namozining sunnatidan boshqa namozlarga tegishli deb hisoblanadi.
Bu ikki rakat (sunnat)ni uyda o‘qish afzaldir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:
من صلى ركعتي الفجر في بيته يوسع له في رزقه ويقل المنازع بينه وبين أهل بيته ويختم له بالإيمان
“Kim bomdodning ikki rakat sunnatini uyida o‘qisa, uning rizqi kengaytiriladi, u bilan ahli ayoli (oilasi) o‘rtasidagi kelishmovchiliklar kamayadi va umri iymon bilan xotimalanadi”.
Bu ikki rakatni tong otishi bilan bilanoq (vaqti kirishi zahoti) o‘qish mahbubdir (yaxshiroqdir). Ba’zilar esa farz namoziga yaqin vaqtda o‘qish afzal, deyishgan.
Manba: “Maroqil-falah”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV
Tili va dili bilan iymon keltirib, uning taqozosiga ko‘ra go‘zal hayot kechirgan inson komil mo‘min deyiladi. Bunday kishilar do‘zax yuzini ko‘rmay, Allohning fazli-marhamati ila to‘g‘ri jannatga kiradilar. Tili va dili bilan iymon keltirib, katta gunohlar qilib, tavba qilmay vafot etgan inson fosiq mo‘min hisoblanadi...
Tili bilan iymon keltirib, qalbida iymoni bo‘lmagan kimsa munofiq hisoblanadi. Bunday kishiga dunyoda mo‘minlarga o‘xshab muomala qilingani bilan oxiratda ular uchun hech qanday nasiba bo‘lmaydi, Alloh asrasin.
Shayx Nuriddin XOLIQNAZARning “Rabboniy nidolar” kitobidan