Afrikaning Gvineya davlatidagi “Islom uyi” uyushmasi hamda “Tadqiqot va tarjima” markazi tomonidan 4 yillik hamkorlikdan so'ng Qur'oni karimning fula tilidagi tarjimasining elektron varianti chop etildi.
Ushbu elektron variant hozirda Qur'on entsiklopediyasining rasmiy veb-saytida mavjud bo'lib, u 23 tilga, jumladan, hausa va suahili tillariga tarjima qilingan.
Loyiha rasmiylariga ko'ra, Qur'onni fula tiliga tarjima qilish qiyin kechgan, chunki tarjimonlar kitobning tili barcha o'quvchilar uchun tushunarli bo'lishini ta'minlash kerak edi. Shu bois imkon qadar Qur'on ma'nolari tarjimasiga o'ta jiddiy yondashildi. Ushbu tarjimaning qog'oz nusxasi tez orada taqdim etiladi.
Afrikadagi fula tilida so'zlashuvchilar Senegal, Mavritaniya, Gambiya va G'arbiy Malida yashaydi. Bu til Senegaldagi ikkinchi mahalliy til va mamlakat aholisining taxminan 22 foizining asosiy tilidir.
Fula tili eng keng tarqalgan Afrika tillaridan biri hisoblanadi. U bir necha asrlar oldin yozila boshlagan, Afrika va xorijiy ta'lim hamda ilmiy muassasalar unga e'tibor qaratgan. Fula tili HH asrning ikkinchi yarmida uni yozishning ahamiyati ortgan, shu sababli turli til, madaniyat, diniy, adabiy va boshqa sohalarda yuqori ko'rsatkichga erishgan.
O'MI Matbuot xizmati
Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Namanganda ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda.
“Mehr-saxovat” ma’rifiy tadbiri doirasida soha xodimlari shahardagi 125 ta xonadonga tashrif buyurib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdilar. “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida ko‘rsatilgan ushbu ko‘mak ko‘ngillarga iliqlik, yuzlarga tabassum ulashdi.
Dildan kechgan samimiy suhbatlar va ko‘tarilgan duolar yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati