Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Noyabr, 2026   |   30 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:44
Quyosh
07:05
Peshin
12:12
Asr
15:27
Shom
17:11
Xufton
18:27
Bismillah
10 Noyabr, 2026, 30 Jumadul avval, 1448

30.06.2026   22013   1 min.
Boshqa maqolalar

Nega Alloh taolo "shifo va rahmat" dedi, "rahmat va shifo" demadi?

31.03.2026   7898   1 min.
Nega Alloh taolo

Qur’on - dardga shifodir. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: "(Biz) Qur’ondan mo‘minlar uchun shifo va rahmat bo‘lgan (oyat)larni nozil qilurmiz" (Isro surasi, 82-oyat). 

Savol: Nega Alloh taolo "shifo va rahmat" dedi, "rahmat va shifo" demadi?
Javob: Muhammad Mutavalliy Sha’roviy rahimahulloh bunday deydilar: Bu juda nozik ilohiy hikmatdir!

Shifo - kasallik bor bo‘lganidan keyin keladi.
Rahmat - esa kasallikni boshidanoq oldini olishdir.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam risolat olib kelgan paytda insonlar “kasal” edi - zalolat, shirk va kufr ichida edilar. Shuning uchun Qur’on avval shifo bo‘lib keldi - dardni davolash uchun.
So‘ng: Ular shirkdan tuzalganidan keyin rahmat keldi - yaxshi, saodatli hayot sifatida.

Qoida: Zararni daf qilish manfaatni jalb qilishdan oldin turadi.
Shuning uchun: Avval - shifo (kasallikni davolash). So‘ng - rahmat (baxtli hayot).
Qur’on esa har bir zamonda insoniyat uchun doimiy “dorixona” bo‘lib qoladi!

 

Homidjon qori ISHMATBЕKOV