Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Oktabr, 2026   |   7 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:19
Quyosh
06:38
Peshin
12:08
Asr
15:55
Shom
17:42
Xufton
18:57
Bismillah
18 Oktabr, 2026, 7 Jumadul avval, 1448

06.07.2026   12335   1 min.
Boshqa maqolalar

Shukr, sano va duoni jamlagan oyat

30.04.2026   19386   1 min.
Shukr, sano va duoni jamlagan oyat

Bismillahir Rohmanir Rohiym

﴿ربِّ إني لما أنزلت إليَّ من خير فقيرٌ﴾

“Ey Robbim, albatta, menga tushirajaging har bir yaxshilikka muhtojman” (Qosos surasi, 24-oyat).

Ibn Oshur rahimahulloh aytadilar: “Ushbu jumla o‘z ichiga ham shukrni, ham sanoni, ham duoni qamrab olgandir. Alloh taolo bu (duo) sababli Muso alayhissalomga jufti halol, boshpana va ish (rizq) ato etdi”.

Banda bilan Parvardigori o‘rtasidagi eng yaqin (qisqa) yo‘l – U Zotga muhtojligini izhor qilishdir.

Iftiqor (الافتقار) bu – faqat moddiy kambag‘allik emas, balki ma’naviy jihatdan Allohning lutfisiz hech kim ekanini his qilish, har bir soniyada Uning yordamiga intizor bo‘lish demakdir.

 

Homidjon qori ISHMATBЕKOV