Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Diniy soha vakillari Misrdagi xalqaro seminarda qatnashmoqda

10.01.2024   2796   1 min.
Diniy soha vakillari Misrdagi xalqaro seminarda qatnashmoqda

Shu yilning 8-10 yanvar' kunlari Misrning Al-azhar universiteti huzuridagi Aholishunoslik va tadqiqotlar bo'yicha xalqaro islom markazida bolalar huquqlari va farovonligini ta'minlashda davlat tashkilotlari, diniy idoralar hamda oliy ta'lim muassasalari tomonidan olib boriladigan hamkorlik tajribasini o'rganishga bag'ishlangan xalqaro seminar-trening bo'lib o'tdi.

Ta'kidlash kerakki, mazkur tadbirda Din ishlari bo'yicha qo'mita, O'zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom instituti hamda Buxorodagi “Mir-arab” oliy madrasasi vakillaridan iborat guruh ishtirok etmoqda.
Mamlakatimiz vakillari dastlab Aholishunoslik va tadqiqotlar bo'yicha xalqaro islom markazida bolalarga nisbatan zo'ravonlikka qarshi kurashda amalga oshirilayotgan ishlar, dasturiy ta'minotlar bilan tanishdilar.

O'quv seminarlarida esa yurtimizda bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning har tomonlama etuk shaxs bo'lib voyaga etishlari uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, shuningdek, bu borada qator tashkilotlar bilan hamkorlik olib borilayotgani xususida batafsil ma'lumotlar berildi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

13.09.2026   10846   1 min.
Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.

Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.

Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari