Nafsni tarbiyalash oson ish emas. Banda nafsini tarbiyalash yo‘llariga amal qilish bilan birga har doim Alloh taolodan yordam so‘rab turishi lozim. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam mana bu duoni aytardilar:
“Allohim, nafsimga taqvosini ber va uni pokla. Sen poklovchilarning eng yaxshisisan. Uning Egasi va Xoliqi ham O‘zingsan” (Ushbu duo Imom Muslim Zayd ibn Arqam roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda kelgan).
Shayx Nuriddin XOLIQNAZARning “Inson qadri” kitobidan
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Navoiy viloyat vakilligi hamda Navoiy viloyat hokimligi hamkorligida «Qur’on tinchlikka buyuradi» shiori ostida imom-xatiblar va imom noiblari o‘rtasida tashkil etilgan «Zakovat» intellektual bellashuvi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Bellashuv natijalari:
1-o‘rin — «Shayx Gadoy Selkin» jamoasi
2-o‘rin — «Qizilqum» jamoasi
3-o‘rin — «Nurota» jamoasi
G‘olib jamoalarni samimiy muborakbod etamiz!
Barcha ishtirokchilarga ilm-ma’rifat yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlarida muvaffaqiyatlar, yurtimiz tinchligi, xalqimiz ma’naviyati yuksalishi va Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz.
Hazratnavoi.uz