Yaqinda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligida Fatvo markazi ulamolari tomonidan tayyorlangan “Fatvolar to‘plami” kitobining 3-juzi nashr etildi.
Kitobda yurtdoshlarimiz tomonidan eng ko‘p so‘ralgan savollarga javoblar aks etgan. Mazkur asar sodda uslubda, hanafiy mazhabimizdagi mo‘tabar fiqhiy manbalarga asoslangan holda tayyorlangan.
Ushbu kitobdan aqida, tahorat, namoz, zakot, ro‘za, haj-umra, qurbonlik, savdo-sotiq, ijara, nikoh, qasam, nazr, emizish, taloq, meros, ta’qiq va ruxsatlar, tib, Islom tarixi, Qur’on, zikr, fazilatli amallar kabi mavzulardagi qiziqarli savollarga batafsil javob topishingiz mumkin.
Kitobning hajmi: 584 bet;
Muqovasi: Qattiq, zarhal
Nashriyot: “Shamsiddinxon Boboxonov” NMIU
Ulgurchi oluvchilar murojaat qilishlari uchun:
+998917806633
@fatvo_reception
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Namanganda ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda.
“Mehr-saxovat” ma’rifiy tadbiri doirasida soha xodimlari shahardagi 125 ta xonadonga tashrif buyurib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdilar. “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida ko‘rsatilgan ushbu ko‘mak ko‘ngillarga iliqlik, yuzlarga tabassum ulashdi.
Dildan kechgan samimiy suhbatlar va ko‘tarilgan duolar yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati