"Kuryer kerak. Kunlik to‘lov. Malaka shart emas..." Internetdagi ushbu jozibali e’lon ortida qanday mudhish tuzoq turganini bilasizmi?
"Ziyo" media markazining yangi "KURYER" ijtimoiy radioroligi — oson pul topish shavqida hayoti barbod bo‘lgan yigit va jigarbandining qilmishidan qaddi bukilgan ona iztirobi haqida.
Xulosa qiling, ogoh bo‘ling! Ba’zan telefon ekraniga birgina "klik" bosish kutilmagan musibatlarga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizning turli hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng ko‘lamda davom etmoqda. Mazkur bosh g‘oya asosida masjidlar va qabristonlarda ham hasharlar tashkil etilib, hududlar tartibga keltirilmoqda.
Xususan, masjidlar atrofi, qabristonlar va ularga tutash hududlarda tozalash, obodonlashtirish, daraxtlarni parvarishlash hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bunday xayrli ishlar yurtimiz obodligiga hissa qo‘shish, muqaddas maskanlar va ajdodlar xotirasini e’zozlash, jamiyatda o‘zaro hamjihatlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yagona Vatan — yagona xalq!
Yangi hayot va yangi kelajak sari birgalikda!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati