Ikki toifa odamlar borki, ular yaxshi bo'lsa qolgan odamlar ham yaxshi bo'ladi, ular yomon bo'lsa qolganlar ham yomon bo'ladi: ulamolar va amirlar.
Ilm olgin, yashaysan
Senga etmas o'lim jahli!
Hamma o'lsa o'lar,
Ammo o'lmas ilm ahli!
(She'rning mazmuni shuki, ilm olib odamlarga tarqatsang, sendan foyda olgan odamlar boshqalarga ham foyda beradi, natijada o'zing o'lsang ham, noming o'lmaydi).
Ilm hayotni anglashdan tashqari Allohdan qo'rqishni ham tuhfa etadi. Axir Alloh taolo Qur'onda aytgan-ku: “Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo'rqarlar” (Fotir surasi, 28-oyat).
Ulamolar bu buyuk kitobning ma'nolarini tadabbur etadigan, atrofdagi borliq haqida tafakkur qilib, mana shu ma'rifat ila Allohni taniydigan kishilardir. Allohni Uning yaratganlari orqali taniydilar, qudratining belgilari ilar idrok etadilar. Yaratgan narsalarining kattaligiga qarab Allohning naqdar buyukligini his etadilar va natijada Allohdan rostakasim qo'rqadilar, rostakasim taqvo qiladilar, haqqoniy ibodat qiladilar.
Atrofingizdagi barsalarga qarab shuni bilingki, ilmdek yorug' nur yo'q!
Kimki ta'lim olishdagi mashaqqatga bardosh bermasa, umri bilimsizlik laqabli ko'rlik uzra bo'ladi. Kimki sabr etsa, alal-oxir dunyo va oxirat azizligiga erishadi. Ilm orqali vujudga kelmagan har qanday azizlikning oxiri zavoldir!
O'rganayotgan ilmingizdan Allohning roziligini qasd qiling. Kimki ilmni Alloh rizosi uchun o'rganishga bel bog'lasa, hech qachon yordamsiz qolmagay. Agarda kimki boshqa maqsadda ilm yo'lidan yursa toboro xor bo'lib boraveradi.
Ilm o'rganib unga amal qilgan va o'rganganini o'rgatgan odam osmon podshohligida “Buyuk” deya chaqiriladi!
Agar siz tolibi ilm bo'lsangiz, halim bo'ling! Ilm va halimlik (yumshoqfe'llik) birlashganda yuzaga keladigan go'zallik boshqa hech qayerda topilmaydi.
Ulamolarning fikrlarini, hakim zotlarning fahmini o'zlashtirishga harakat qiling. Zero yolg'iz odamning fikri qanchalik kuchli bo'lmasin, toyilib qolishi mumkin. Shunday ekan ko'pchilikning fikri tomon yuring.
Biror ma'lumotni kimdandir naql qilsangiz, albatta aytgan odamga nisbatlab ayting. Ma'lumotni egasiga nisbatlash ilmning shukrini ado etish hisoblanib, ayni vaqtda bu ilmingizga baraka olib keladi.
Biz ko'p ilmdan ko'ra ozgina odobga muhtojroqmiz!
Shayx Saiyd Tantoviy rohimahullohning tolibi ilmlarga aytgan nasihatlariga qarang: “Ey bolalarim, topganlaringiz ichida eng yaxshilarini o'qingiz. O'qiganlaringiz ichidan eng yaxshilarini yozib olingiz. Yozganlaringiz ichra eng yaxshilarini yod olingiz va yodlaganlaringiz ichidan eng yaxshilarini odamlarga gapiringiz”.
Odamlarga gapirganda iloji boricha eng tushunarli uslubda gapirishga harakat qiling. Odamlarga ularning aqli ko'tarmaydigan uslubda gapirgan olim ular uchun fitna bo'lgani qoladi xolos!
Ey ilm sohibi! Ilmingizga barcha odamlar mmuhtoj, hatto podshohlar ham!
Ilmingizni xorlamang, o'zingizni faqat podshohlar Podshohi huzuridagina xor tuting!
Alloh taolo marhamat qiladi: Podshoh: «Uni menga keltiringlar, uni o'zimga xos kishilardan qilib olaman», dedi (Yusuf surasi, 54-oyat).
E'tibor bering, Yusuf alayhissalomning ta'vilidan keyin podshoh: “Uni menga olib kelinglar”, deb aytdi. Yusuf alayhissalom aybsizliklari isbotlangach esa: “Uni menga keltiringlar, uni o'zimga xos kishilardan qilib olaman”, dedi.
Demak ilmingiz ularni sizga yaqinlashtirib qo'yar ekan. Pokligingiz esa ular sizni tanlab olishlariga olib borar ekan!
Doktor Hasson Shamsi Poshoning "Metin qoyalar" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
حدثنا العباس بن محمد الدوري نا يعلى نا موسى عن مصعب بن سعد عن أبيه سعد بن مالك قال: كنا جلوسا عند رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم فقال: ”أيعجز أحدكم أن يكسب في اليوم ألف حسنة“. قال: فسأله سائل من جلسائه: كيف يكسب أحدنا يا رسول الله كل يوم ألف حسنة قال: ”يسبح مائة تسبيحة يكتب له ألف حسنة أو يحط عنه ألف خطيئة.“
Mus’ab ibn Sa’d otasi Sa’d ibn Molikdan rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamning huzurlarida o‘tirgan edik.
Shunda u zot: “Sizlardan biringiz bir kunda mingta yaxshilik qilishga ojizmi?” dedilar.
U zot bilan birga o‘tirganlardan biri: “Yo Allohning Rasuli, qanday qilib har birimiz bir kunda mingtadan yaxshilik qila olishimiz mumkin?” deb so‘radi.
“Yuzta tasbeh (“Subhanalloh” deb) aytsa, unga mingta savob yoziladi yoki undan mingta xato o‘chiriladi”, dedilar.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi