Fayzli tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari o‘z nutqlarida Toshkent islom instituti magistratura ta’lim bosqichini ilk bitiruvchilar muvaffaqiyatli tamomlagani ulkan tarixiy voqea bo‘lgani, Yurtboshimizning tashabbusi bilan ulamolarimiz va mo‘min-musulmon xalqimizning ana shunday orzu umidlari, ixlos bilan qilgan duolari ijobat bo‘lganini alohida ta’kidladilar.
Marosim davomida Muftiy hazratlari har bir bitiruvchini samimiy tabriklash barobarida magistrlik diplomlarini tantanali ravishda topshirdilar.
Shundan so‘ng Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida mehnat faoliyatini boshlayotgan magistrlarning oylik ish haqiga 20 foiz miqdorida ustama haq to‘lab berilishini e’lon qildilar.
Bunday rag‘bat va imtiyozlar diniy-ma’rifiy sohada yuqori malakali, zamonaviy bilimlarga ega ilmiy-pedagog kadrlar avlodini shakllantirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
#xabar #Qashqadaryo #KPI
Mashg‘ulotlarda mehnat samaradorligini baholash mezonlarini amaliyotga samarali tatbiq etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni sifatli tashkil etish, mahallabay ishlash tizimini takomillashtirish hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi qatlami bilan manzilli ishlash yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, KPI tizimidagi har bir ko‘rsatkichning mazmun-mohiyati, hisobotlarni to‘g‘ri yuritish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Ochiq muloqotlar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur o‘quvlar diniy soha xodimlarining kasbiy mahorati va amaliy ko‘nikmalarini yanada oshirish, joylardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yuksaltirish hamda KPI baholash tizimida yuqori natijalarga erishishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati