Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Noyabr, 2026   |   30 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:44
Quyosh
07:05
Peshin
12:12
Asr
15:27
Shom
17:11
Xufton
18:27
Bismillah
10 Noyabr, 2026, 30 Jumadul avval, 1448

28.02.2023   313   1 min.
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekistonning turizmni rivojlantirish borasidagi tajribasi Pokiston uchun ham muhim

10.11.2026   2827   2 min.
O‘zbekistonning turizmni rivojlantirish borasidagi tajribasi Pokiston uchun ham muhim

Pokistonning “Diplomatic Insight” jurnalida O‘zbekistonning turizmni rivojlantirish borasidagi tajribasi va erishgan yuksak natijalariga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Maqola muallifi, nashr bosh muharriri Asif Nurning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda turizm sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, mamlakatning boy tarixiy-madaniy merosi xalqaro sayyohlik bozoridagi nufuzining ortishiga xizmat qilmoqda.

O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlari jahon sivilizatsiyasining bebaho merosini namoyon etib, zamonaviy taraqqiyot, ochiqlik va iqtisodiy modernizatsiyaning o‘ziga xos namunasiga aylangan. Imom Buxoriy va Imom Termiziy kabi buyuk allomalarning ma’naviy merosi O‘zbekistonning musulmon dunyosidagi turistik va ma’rifiy ahamiyatini yanada oshirmoqda.

Turizm sohasidagi statistik ko‘rsatkichlar ham bu jarayonning ko‘lamini yaqqol ifodalaydi. 2025 yilda O‘zbekistonga 11,7 million nafar xorijlik tashrif buyurgan. Bu 2021 yildagi ko‘rsatkichdan olti barobardan ziyoddir. Ayniqsa, Xitoy, Malayziya va Indoneziya kabi uzoqda joylashgan hamda musulmon dunyosiga mansub mamlakatlardan tashriflar sonining ortib borayotgani mamlakatning turistik geografiyasi kengayayotganini ko‘rsatadi.

Jurnalda qayd etilishicha, O‘zbekiston turizmi faqat tarixiy obidalarni tomosha qilish bilan cheklanmayapti. 2025 yilda xorijiy tashriflarning 67,3 foizi qarindoshlarni ziyorat qilish, 16,5 foizi dam olish, 11,3 foizi esa biznes maqsadlariga to‘g‘ri kelgan.

Biznes safarlarining sezilarli darajada o‘sishi O‘zbekistonga nisbatan xalqaro ishbilarmonlik qiziqishi ortib borayotganini anglatadi. Turizm savdo-sotiq, investitsiya, mehmonxona biznesi, transport, qurilish, hunarmandchilik va moliyaviy xizmatlarni rivojlantiruvchi muhim iqtisodiy mexanizmga aylanmoqda.

Maqolaning muhim jihatlaridan biri – O‘zbekistonning turizm sohasidagi tajribasi Pokiston bilan hamkorlikni rivojlantirish nuqtayi nazaridan tahlil qilinganidir.

O‘zbekiston tajribasi, ayniqsa, Pokiston uchun ham muayyan amaliy ahamiyatga ega. Ikki mamlakatni boy islomiy meros, tarixiy savdo yo‘llari va mintaqaviy hamkorlik manfaatlari bog‘lab turadi.

Samarqand, Buxoro kabi tarixiy markazlar bilan Pokistonning Lahor, Multon va boshqa tarixiy shaharlari o‘rtasida ziyorat, madaniy va tarixiy turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud.

To‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar, turistik paketlar, qo‘shma tadbirlar va ishbilarmonlik forumlari ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy-madaniy aloqalarga yangi sur’at bag‘ishlamoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari