Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Noyabr, 2026   |   2 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:46
Quyosh
07:07
Peshin
12:12
Asr
15:25
Shom
17:10
Xufton
18:26
Bismillah
12 Noyabr, 2026, 2 Jumadul soni, 1448
Yangiliklar

19.08.2026   18401   1 min.
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

«91 + 40: Har bir inson bilishi shart bo‘lgan haqiqatlar»

12.11.2026   1142   44 min.
«91 + 40: Har bir inson bilishi shart bo‘lgan haqiqatlar»

«91 + 40: HAR BIR INSON BILISHI

SHART BO‘LGAN HAQIQATLAR»

yoxud

«BILMASLIK KЕCHIRILMAYDIGAN QOIDALAR:

131 ta HAYOTIY OGOHLANTIRISH»

yoki

«Qoidalarda YOZILMAGAN, HAYOTDA SINALGAN QOIDALAR;

QOIDALARDAN HAM KЕNGROQ TUSHUNCHALAR»

 

ni

ULUG‘ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:

 

 

MUTAXASSISLAR  STATISTIKASI  MA’LUMOTLARI:

  • Dunyo bo‘yicha har kuni 3 mingdan ziyod inson yo‘l-transport hodisasi qurboniga aylanmoqda.
  • Dunyo bo‘yicha har kuni 100 mingdan ortiq kishi turli darajada tan jarohati olmoqda.
  • Respublikamiz hududida har yili o‘rtacha 9-10 mingta yo‘l-transport hodisasi ro‘y beradi.
  • Ularning 2 mingdan ortig‘i odamlar qurbon bo‘lishiga olib kelmoqda.
  • Yurtimizda 2023 yilda yo‘l-transport hodisalari sababli 2282 kishi vafot etgan.
  • Yo‘l harakati hodisalarining tahlillari bo‘yicha 54,5 % hodisalar piyodalar bilan bog‘liq holda sodir etilmoqda.

 

 BIRLASHGAN  MILLATLAR  TASHKILOTI (BMT)  ma’lumotlariga  ko‘ra:

  • Har yili dunyoda yo‘l-transport hodisalari oqibatida 1,35 million kishi halok bo‘ladi, ya’ni har 24 soniyada bir kishi halok bo‘ladi.

 

  • Yo‘l-transport hodisalari – butun dunyoda o‘lim va nogironlikning asosiy sabablaridan biridir.

 

  • Yo‘l-transport hodisalari oqibatida har yili qariyb 50 million kishi jarohat oladi.

 

  • Butun dunyo bo‘yicha halok bo‘lgan har to‘rt kishidan biri piyoda yoki velosipedchi hisoblanadi.

 

  • Bunga yana 20-50 million atrofidagi odam tan jarohati olishi, ba’zilari umrbod nogiron bo‘lib qolishi ham qo‘shilsa, falokat ko‘lami yanada kengayadi.

 

  • Yo‘l-transport hodisalari – 5 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘limining asosiy sababidir.

 

  • Yo‘l-transport hodisalari – barcha yosh guruhlari bo‘yicha ham o‘limning 10 ta asosiy sababidan biridir.

 

  • Past va o‘rta daromadli mamlakatlar bundan ayniqsa ko‘proq zarar ko‘radi: yo‘l-transport hodisalari natijasidagi umumiy o‘limlarning 93 % aynan shu mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

 

  • Jabrlanuvchilarning aksariyatini piyodalar, mototsikl va velosiped haydovchilari tashkil etadi.

 

  • Yo‘l-transport hodisalarida halok bo‘lganlar yoki jarohatlanganlar soni butun dunyo bo‘ylab, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda ko‘payishda davom etayotganidan xavotir bildirib, 26.10.2005 yilda BMT Bosh Assambleyasi A/RES/60/5 - Qarori bilan noyabr oyining uchinchi yakshanbasini “Butunjahon yo‘l-transport hodisalari qurbonlarini xotirlash kuni” deb e’lon qilish taklifini qabul qildi.

 

  • Har yili 15 may – BMT Bosh Assambleyasining buyrug‘iga binoan “Yo‘l harakati xavfsizligi global haftaligi” o‘tkaziladi.

 

  • BMT Bosh Assambleyasi “2021-2030 yillarda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha harakatlar 10-yilligi”ni e’lon qilib,
  • yo‘l-transport hodisalarida o‘lim va jarohatlarni oldini olish;
  • 10 yil mobaynida kamida 50 % ga kamaytirish;
  • 2030 yilga kelib yo‘l-transport hodisalaridan o‘lim va jarohatlarning kamida 50 foizini oldini olish

ga qaratilgan ulkan maqsadlar bilan

2020 yil sentyabr oyida «Butun dunyoda yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilash» nomli A/RES/74/299 - Rezolyutsiyasini qabul qildi.

 

 

KALOMULLOHNING OYATI KARIMALARIDA

XUDOIM TAOLO MARHAMAT QILADI:

 

  1. «Yer yuzida kibrlanib yurma! Chunki sen oyoqlaring bilan zinhor yerni tesha olmaysan va uzunlikda tog‘larga yeta olmaysan» (Isro surasi 17/37 oyat);

 

  1. «Alloh nazdida eng azizu mukarramrog‘ingiz – taqvodorrog‘ingizdir. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor zotdir» (Hujurot surasi 49/13 oyat);

 

  1. «Ey, mo‘minlar! Qachonki, sizlarga yig‘ilishlarda: «davrani kengaytiringiz!» – deyilsa, bas, kengaytiringiz, Alloh sizlarga ham kerak paytida keng joy berur. Yana qachonki, «turingiz!» – deyilsa, darhol turingiz! Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni baland daraja martabalarga ko‘tarur. Alloh qilayotgan barcha yaxshi va yomon amallaringizdan xabardordir» (Mujodala surasi 58/11 oyat);

 

  1. «Kimki bir savobli ish qilsa, unga o‘n barobar ko‘paytirib yozilur. Kimki bir yomon (gunoh ish) qilsa, faqat o‘sha gunoh miqdorida (bir gunohga yarasha) jazolanur. Ularga nohaqlik qilinmagay» (An’om surasi 6/160 oyat).

 

 

 

JANOBI PAYG‘AMBARIMIZ 

RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VASALLAM

MЕHR-MURUVVAT TARIQASIDA MARHAMAT QILADILAR:

 

  • «Bir kishi yo‘lda ketayotib, tikanli butoqni ko‘rsa va uni chetga olib tashlasa, Alloh uni bu ishi uchun mukofotlab, gunohlarini kechiradi» (Imom Buxoriy rivoyatlari);

 

  • «Yarimta xurmo bilan bo‘lsa ham o‘zingizni do‘zaxdan saqlang! Agar kimki buni topolmasa – shirin so‘z bilan!»;

 

  • «Haq bo‘la turib, tortishuvni tark qilgan kishi uchun jannatning bir tomonida bir qasr bino qilinishiga;

hazil bo‘lsa ham, yolg‘onni tark qilgan kishiga jannatning o‘rtasida bir qasr bino qilinishiga;

xulqi go‘zal, odobi chiroyli bo‘lgan kishi uchun esa jannatning eng yuqorisida bir qasr bino qilinishiga kafilman!» (Imom Abu Dovud rivoyatlari);

 

  • «Odamlarning yaxshisi – kishilarga manfaati ko‘p tekkanidir»;

 

  • «Yo‘lning haqqi – ko‘zni tiyish, aziyat bermaslik, salomga alik olish, yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari);

 

  • «Mo‘minlarning imoni eng mukammali – xulqi go‘zal bo‘lganlaridir» (Imom Termiziy rivoyatlari);

 

  • «Yer yuzidagilarga rahm qiling, osmondagi Zot sizga rahm qilgusidir»;

 

  • «Men ulug‘ xulqlarni mukammal qilish uchun yuborilganman» (Imom Bazzor rivoyatlari);

 

  • «Ota-onaga duo qilishni tark etish rizqni kesadi»;

 

  • «Albatta, odamlarga go‘zal xulqdan afzalroq narsa berilmagan» (Imom Tabaroniy rivoyatlari);

 

  • «Bir kishiga tabassum bilan yaxshi so‘z aytish – sadaqadir» (Imom Buxoriy rivoyatlari);

 

  • «Qo‘shnilaringiz sizni “yaxshi odam” deyishayotgan bo‘lsa, demak, siz – yaxshisiz. Agar ular sizni “yomon odam” deyishayotgan bo‘lsa, demak, siz – yomon odamsiz»;

 

  • «Sadaqaning afzali – kelisholmay qolganlarning o‘rtasini isloh qilishdir» (Imom Abu Dovud rivoyatlari);   

 

  • «Musulmon kishini so‘kish – fosiqlikdir. U bilan urushish – kofirlikdir» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari);

 

  • «Biror kishi bor aybingizni aytib, sizni haqoratlasa, siz uni unda bor aybi bilan ham haqoratlamang. Shunda buning savobi sizga, gunohi unga bo‘lur»;

 

  • «Kim Allohga va Oxirat kuniga imon keltirgan bo‘lsa, yaxshi gap aytsin yoki jim tursin!» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari);

 

  • «Kim musulmon birodarining aybini yashirsa, Alloh uning aybini Qiyomat kuni yashiradi. Kim musulmon birodarining aybini oshkor qilsa, Alloh uning aybini oshkor qiladi, hatto uni o‘z uyida ham sharmanda qiladi» (Imom Ibn Moja rivoyatlari);

 

  • «Poklik – imondandir»;

 

  • «Kim agar birovning aybini aytib, odamlarga oshkor qilsa, to o‘zi ham shu aybni qilmasdan dunyodan ketmaydi»;

 

  • «Kimiki biror mo‘min kishining aybi yoki gunohini bilib turib, uni fosh etmay yashirsa, go‘yo tirigicha ko‘milgan go‘dakni tiriltirganchalik savobga ega bo‘lur» (Imom Bayhaqiy rivoyatlari);

 

  • «Odamlarga minnatdorchilik izhor etaolmagan odam, Xudoga ham shukr qilaolmaydi» (Imom Termiziy rivoyatlari);

 

  • «Kimki bir musulmonning aybini yashirsa, Alloh dunyo-yu oxiratda uning aybini yashiradi»;

 

  • «Har bir qilinadigan yaxshilikka sadaqa savobi berilur»;

 

  • «Kichiklarimizga rahm qilmagan, kattalarimizni ulug‘lamagan – bizlardan emas» (Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyatlari);

 

  • «Qaysi kishi o‘zganing aybini ko‘rib, uni yashirsa, xuddi tiriklay ko‘milgan qizni qabridan qutqargan kabi bo‘ladi» (Imom Abu Dovud rivoyatlari);

 

  • «Kimki bir chumchuqni bekordan-bekor o‘ldirsa, Qiyomat kunida u chumchuq Arsh oldiga kelib, baland ovoz bilan: “Parvardigorim, bu bandadan so‘ragin, nima uchun meni behuda o‘ldirdi ekan?” – deydi»;

 

  • «Kim musulmonni qo‘rqitsa, Qiyomatda Alloh uni qo‘rqitadi»;

 

  • «Zolim bilan birga yurgan odam jinoyat sodir qilibdi»;

 

  • «Birodaringiz zolim bo‘lsa ham, mazlum bo‘lsa ham unga yordam bering!» (zulm ildiziga bolta urish – ham zolimga, ham mazlumga yordamdir);

 

  • «Kimki biror gunoh ish qilishni niyat qilsa-yu, so‘ngra niyatidan qaytsa, unga bir yaxshilik savobi yozilajak»;

 

  • «Biror banda dunyoda bir bandaning aybini yashirsa, Alloh taolo Qiyomat kuni uning ayblarini yashiradi» (Imom Muslim rivoyatlari);

 

  • «Sizlardan birortangiz o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsani birodari uchun ham ravo ko‘rmaguncha, mo‘min bo‘la olmaydi» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari).

 

  • «Maslahatni aql egalaridan so‘ranglar – to‘g‘ri yo‘l topasizlar. Ularning aytganidan chiqmang – pushaymon bo‘lasizlar»;

 

  • «Musulmon – boshqa musulmonlar uning tili va qo‘lidan omonda bo‘lgan kishidir» (Imom Buxoriy rivoyatlari);

 

  • «Kim bir musulmonning gunohini yashirsa, Alloh uning gunohini dunyoda ham, oxiratda ham yashiradi»;

 

  • «Siz yaxshilikni unga munosib bo‘lganga ham, bo‘lmaganga ham qilavering. Agar siz ezgulikka loyiq odamni topsangiz, demak, u ezgulik ahlidir, agar unday odamni topmasangiz, demak, siz o‘zingiz ezgulik ahlidansiz»;

 

  • «Butun umr ezgulikni tilanglar!»;

 

  • «Yo‘lga chiqayotganida do‘stlari bilan xayrlashgan kishi ularning duolari bilan barakaga qovushadi» (Imom Daylamiy rivoyatlari);

 

  • «Haqiqiy musulmon – musulmonlar uning tili va qo‘lidan salomat bo‘lgan kishidir» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari);

 

  • «Kimki yaxshilik ko‘chatini qadasa, orzu qilgan hosilini yig‘ib oladi va kimki yomonlik urug‘ini sepsa, afsus-nadomat mevasini terib oladi»;

 

  • «Silai rahm qilish, xushxulqlik va yaxshi qo‘shnichilik – yurtni obod va umrni ziyoda etadi» (Imom Ahmad rivoyatlari);

 

  • «Mo‘min – ishonchli kishidir. Tilidan va qo‘lidan musulmonlarga zarari yetmaydigan kishi – haqiqiy musulmondir. Yomonliklarni tark etgan kishi – asl muhojirdir. Nafsim qudrati qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, qo‘shnisiga zulm qiladigan kishi jannatga kirmaydi!»;

 

  • «Haqiqiy musulmonning qo‘lidan ham, tilidan ham musulmonlar ozor ko‘rishmaydi» (Imom Muslim rivoyatlari);

 

  • «Ummatimning rahmdillaridan va shafqatlilaridan fazilat istanglar! Chunki sizlar ularning qanotlari ostida yashaysizlar»;

 

  • «Kim bir musulmonga bu dunyoda yordam bersa, Alloh Oxiratda unga yordam qiladi»;

 

  • «Kimniki Alloh Taolo do‘st tutsa, unga odamlarning hojatlari tushadigan qilib qo‘yadi»;

 

  • «Allohning ne’matlari bilan yaxshi qo‘shnichilik qilinglar, zero u biror oiladan ketib qolsa, qaytib kelmasligi mumkin»;

 

  • «Tilidan va qo‘lidan musulmonlarga zarari yetmaydigan kishi – haqiqiy musulmondir» (Imom Buxoriy rivoyatlari);

 

  • «Mazlumning duosidan saqlaninglar, garchi u kofir bo‘lsa ham. Chunki uning duosi to‘siqsizdir»;

 

  • «Qachon birortangiz mol-dunyo va xilqatda o‘zidan afzalroq kishini ko‘rsa, o‘zidan pastroqqa qarasin!..» (Imom Buxoriy rivoyatlari).

 

DONO XALQIMIZ MAQOLLARI:

 

  • Ota-ona rozi – Xudo rozi!

 

  • Yaxshi o‘g‘il ota molini biylar,
  • .

 

  • O‘zingga ravo ko‘rmaganni

O‘zgaga ham ravo ko‘rma!

 

  • Kishining ko‘nglini og‘ritma zinhor –

Sening ham ko‘nglingni og‘rituvchilar bor!

 

  • Yaxshiga qilsang yaxshilik –
  •  

Yomonga qilsang yaxshilik –

Na aytadi, na qaytadi.

 

  • Ko‘za kunda emas, kunida sinadi.

 

  • Odob bilan baxt topilar,

Sabr bilan – taxt.

 

  • Oshiqmagan olisga yetar.

 

  • Sabr – achchiq, mevasi – shirin.

 

  • Sabr tagi – rahmon,

Shoshgan ishi – shayton.

 

  • Achchiq savol berib,

Shirin javob kutma.

 

  • Achchiq til – zahri ilon,

Chuchuk tilga – jon qurbon.

 

  • Sabr etgan yetar murodga,

Besabr – qolar uyatga.

 

  • Sabr etgan – murodga yetgan.

 

  • Yomonlikka yaxshilik – er kishining ishidir.

Yomonlikka yomonlik – har kishining ishidir.

 

  • Qarg‘ishning ikki uchi bo‘lar.

 

  • Sabrli bo‘lsang – o‘zarsan,

Sabrsiz bo‘lsang – to‘zarsan.

 

  • Uzun til – boshga to‘qmoq,

Bo‘yinga – sirtmoq.

 

  • Sabrli kishining ishi soz!

 

  • Sabrlining boshiga olma bitar,

Sabrsizning boshiga – g‘avg‘o.

 

  • Suvsagan o‘lmas, hovliqqan o‘lar.

 

  • So‘ragan adashmas, o‘ylovchi shoshmas.

 

  • Tek yurgan, to‘q yurar.

 

  • Toy mingan ot ham minar.

 

  • Toqat qilsang, tog‘ egilar,

Sabr qilsang – bog‘ egilar.

 

  • Toqatliga tog‘lar egar boshini,

Betoqatning itlar yeyar loshini.

 

  • Chopib borgan yerga,

Yurib borsa ham bo‘lar.

 

  • Shoshgan ishga shayton qo‘shilar.

 

  • Do‘st orttiraman desang –

Shirin suhbat qil!

Dushman orttiraman desang –

Chaqirtikan bo‘l!

 

  • Shoshgan er uyiga yetolmas,

Shoshgan qiz erga yolchimas.

 

  • Shoshganning ishi o‘ngmas.

 

  • Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar,

Yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar.

 

  • Shoshilgan yiqilar,

Shoshmagan oyga chiqar.

 

  • O‘zi sovuqning – so‘zi sovuq.

 

  • Hamma yaxshi – men yomon,

Hamma bug‘doy – men somon.

 

  • O‘ziga boqma – so‘ziga boq!

 

  • Taom lazzati o‘zida,

Odam lazzati – so‘zida.

 

  • Har mevaning po‘chog‘i bor,

Har so‘zning o‘lchovi bor.

 

  • Tilingda bo‘lsa boling –

Kulib turar iqboling.

 

  • Yomon til boshga balo keltirar.

Yaxshi til davlat, dunyo keltirar.

 

  • Mazlumlar dilini og‘ritma bir zum,

Balki bir kun o‘zing bo‘lasan mazlum...

 

  • Shoshmasang, tez yetasan,

Shoshgandan o‘zib ketasan.

 

  • Yaxshi ot keyin chopar.

 

  • Kimki qilsa yomonlik – aslo topmas omonlik.

 

  • Qanoat qilsang, qorning to‘yar,

Beqanoat – otini so‘yar.

 

 ULUG‘LARDAN  HIKMATLAR:

  1.  Dovud payg‘ambarning o‘ttizta o‘g‘illari bo‘libdi...

Bir kuni peshin namoziga odamlar kechika boshlabdi. Dovud payg‘ambar orqalariga qarasalar, o‘ng tomonlarida o‘n beshta o‘g‘illari, chap tomonlarida o‘n beshta o‘g‘illari o‘tiribdi ekan.

Shunda sal maqtanchoqlikka bo‘y oldirib:

  • O‘zimiz ham bir jamoa ekanmiz-ku, elni kutmasdan namozimizni boshlayveramiz... Xudo xohlasa, o‘ttiz o‘g‘lim bor, haq dinni butun elga o‘zim yetkazaman, degan o‘y kelib, namozni boshlab ketibdilar.

                   

...Xudoga Dovud payg‘ambarning bu ishlari yoqmadi. Dovud payg‘ambar namoz vaqtida “Assalomu alaykum varahmatulloh!” deb, o‘ng tomonga salom berganlarida o‘n beshta o‘g‘illari jon topshirdi. Chap tomonga salom berganlarida, qolgan o‘n beshta o‘g‘illari bandalikni bajo keltirdi.

Xatosini uqqan Dovud payg‘ambar alayhissalom ko‘z yoshlarini daryo qilib, Yaratgandan kechirim so‘radilar...

Rahmi cheksiz Alloh taolo:

  • O‘ttizta o‘g‘lingizni qaytarib beraymi yo o‘ttizini o‘rnini bosadigan bitta o‘g‘il beraymi? – deb so‘radi.
  • Sening amring ikki bo‘lmaydi... O‘ttiz o‘g‘limning jonlari jannatda bo‘lsin... Menga ularning o‘rnini bosadigan bitta o‘g‘il bersang bas...
  • Aytganingiz bo‘lsin! Lekin bolaning umri qisqa bo‘ladi. Men unga faqat to‘qqiz yil umr beraman.
  • Mayli, shunisiga ham shukr! – deb, Dovud payg‘ambar kelasi yil o‘g‘il ko‘radilar.

 

U bolaning ismi Sulaymon edi. Sulaymon ish buyurishga yarab qolgan paytida Dovud payg‘ambar uning qo‘liga qumg‘on (obdasta), yelkasiga sochiq osib:

  • O‘g‘lim, sen endi bizning uyga kelgan mehmonlarning yosh-mi, qari-mi hammasining qo‘liga suv quyib turgin! Suvni uch marta uzib-uzib quyasan. To‘rtinchi marta, agar mehmon so‘rasa, quyasan.
  • Ota, nega uzib quyishim kerak?
  • Sababi – o‘likni yuvishganda suvni uzmay quyadi. Sen axir suvni tirik odamlarga quyasan-da, o‘g‘lim... Ikkisini farqi bor – dedilar.

 

Dovud payg‘ambarga kelgan yosh-qarining hammasi, suv quyib turgan Sulaymonga “Yuzga kir, bolam!”,  “Qo‘ling dard ko‘rmasin!”, “Katta olim bo‘lgin!”, “Podsho bo‘lgin!”, “Ulug‘ inson bo‘lgin!”, “Umring uzoq, rizqing butun bo‘lsin!”, deb rahmatlar aytardi.

 

Bir kuni Sulaymon to‘qqiz yoshga to‘ldi.

U paytlarda bolasi to‘qqizga to‘lgach, uni bir qizga unashtirib qo‘yish lozim edi. ...Lekin Allohning “bolaga faqat to‘qqiz yil umr beraman” degani Dovud alayhissalomning eslarida edi.

Bir kuni Dovud payg‘ambar saharda Allohni zikr qilib o‘tirar edilar... Sulaymonning yoshi to‘qqizdan oshdi. U endi jon taslim qilishi kerak edi. Buning tirik qolganining sababini so‘radi va agar jonini olmaydigan bo‘lsa, bolani unashtirish lozimligini aytdi...

Shunda Xaq Taolo:

  • Mening ismlarimdan biri – Rahimdur! Minglab odamlar sizning bolangizga uzoq umr tiladi. Men shuncha xalqning duosini qaytara olmayman... Sulaymon uzoq umr ko‘radi, U barcha yerdagi maxluqlarni, osmondagi qushlarning va barcha dengizdagi baliqlarning tilini biladigan bo‘ladi. Barcha odamlar va jinlarga hukmronlik qiladi, – deb javob berdi.

 

Ana shundan boshlab yosh bolalar qariyalarning duosini olsin, deb, to‘y-marosimlarda ularga suv quydirib qo‘yadigan betakror va beqiyos go‘zal urf-odat paydo bo‘libdi...

 

  1. «Sunnat ermish, kofir bo‘lsa, berma ozor,

Ko‘ngli qottig‘, dil ozordin Xudo bezor,

Alloh haqi, ondog‘ qulg‘a sijjin tayyor,

Donolardin eshitib, bu so‘z aydim mano».

(Hoja Ahmad Yassaviy)

 

  1. «Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay,

Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay».

  •  

 

  1. «Agar bo‘lsang ipak kabi muloyim,

Muloyim sen bo‘lsang, quling bo‘layin.

Qulog‘imga bergan panding olayin,

Kishiga qattiq so‘z aytuvchi bo‘lma».

  1.  

 

  1. «Agarchi ul oyoq ostidadur xor –
    Xudo maxluqidur, og‘ritma zinhor!
    Takabbur qilmag‘il, ey, bema’oniy,
    Faloniy o‘g‘lidurman deb faloniy!
    »
                                                                           (So‘fi Ollohyor quddisa sirruhu)

 

  1. «Burung‘i holig‘a qilma nazzora,
    Ani Tangrim aziz etsa na chora?!?
    Ishonma otag‘a, qolma talabdin!
    Qiyomatda so‘ralmasdir nasabdin
    ».
  2. So‘fi Ollohyor quddisa sirruhu)

 

  1. «Agar sen qiblaga burmasang yuzni,

Besh mahal sajdayu namozing bekor.

Jannatga hech qachon tikmagil ko‘zni

Agar bir mo‘minga yetkazsang ozor».

(Abdulla Oripov)

 

  1. «Makkaga yetti qat borgancha bo‘lur,

Boshini silasang o‘ksik insonni».

(Abdulla Oripov).

 

 

ULAMOI KIROMLAR AYTADILARki...: 

  • Har bir harakatlarimizni Xudo ko‘rib turganini doim esda tutishlik darkor!
  • Hatto ilm ham go‘zal insoniylik uchun kifoya qilmaydi. Chunki insonning go‘zalligi uning odob-axloqi bilan namoyon bo‘ladi.
  • Ulamolar faqat ilmning o‘zi olimga naf bermasligiga, balki uning odob bilan ziynatlanishi zarurligiga shaytonni misol qilib keltirganlar. Ya’ni shaytonda ham ilm bo‘lgan, ammo unda go‘zal axloq bo‘lmagan. Shuning uchun odob insonning qadr-qimmatini belgilovchi mezon hisoblanadi.
  • Dinimiz ko‘rsatmalari inson hayotining hamma jihatini o‘z ichiga qamrab oladi va uning shaxsiy, oilaviy va ijtimoiy hayotidagi o‘rnini belgilab bergan.
  • Musulmon kishi o‘zgalar bilan muomala qilishda chiroyli xulqli bo‘lishi – ayni dinimiz talabi!
  • Turli ulov va transport vositalari – Alloh taoloning bizga bergan ne’matlari.
  • Har bir ne’matning shukri – uni shariatga muvofiq, go‘zal holatda ishlatishdir. Shuning uchun inson ulovda yurganida qo‘lidan kelganicha o‘zi va o‘zgalarni xatarga qo‘ymasligi, piyodalar, yo‘lovchilar va boshqa haydovchilar hayotiga xavf solmasligi kerak. Buning uchun esa yo‘l harakati qoidalariga, svetofor chiroqlari ishoralariga rioya qilishi lozim bo‘ladi. 
  • Moshinaga minishni yaxshi niyat bilan boshlash, yo‘l davomida o‘zgalar bilan chiroyli muomala qilish – yuksak odob namunasidir.
  • Jumhur ulamolar yo‘l harakati qoidalariga amal qilish vojib ekanini ta’kidlashadi. 
  • Chunki yo‘l harakati qoidalaridan hamma odamlarning foydasi ko‘zlanadi va qoidalarga amal qilish – vojib sanalanadi. 
  • Moshina haydash, avtoulov boshqarish uchun belgilangan tartibda, o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq tegishli tashkilot tomonidan berilgan rasmiy hujjat (haydovchilik guvohnomasi, maxsus ruxsatnoma) bo‘lmasdan avtoulovni haydash yaxshilikka olib kelmaydi.
  • Haydovchilik guvohnomasi (maxsus ruxsatnoma) bo‘lmasdan avtoulovni boshqarishning oqibati haydovchi insonning o‘zi uchun ham, oila a’zolari uchun ham, boshqa odamlar uchun ham juda ayanchli, o‘ta zararli va nihoyatda achinarli bo‘lib, ba’zi holatlarda esa bu dunyodan tezroq ketishiga ham sabab bo‘ladi.
  • O‘zini tanigan, aql-zakovatli, uzoqni ko‘zlagan, o‘zi, oila a’zolari, yaqinlari va atrofdagilariga zarar yetkazishni xohlamagan insonlar o‘zlarini ehtiyot qilib, avtoulovni haydovchilik guvohnomasi (maxsus ruxsatnoma)siz boshqarishdan jiddiy va qattiq saqlanadilar.
  • Shar’iy qoidalarimizga ko‘ra haydovchi o‘zgalarning joni, moliga yetkazgan zarari uchun javobgar bo‘ladi. 
  • Haydovchiga bog‘liq bo‘lmagan, uning aybi yo‘q holatlar – bundan mustasno.
  • Janobi Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam quyidagi narsalarni “yo‘lning haqqi” deganlar: “ko‘zni tiyish, aziyat bermaslik, salomga alik olish, yaxshilikga buyurish va yomonlikdan qaytarish” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari).
  • Hadisi sharifdagi “aziyat” so‘zi ko‘p narsalarni o‘z ichiga oladi. Eng yomonlaridan biri – o‘zgalarga til bilan ozor yetkazishdir. Ayniqsa haqorat, so‘kish – musulmonlik odoblariga mutlaqo ziddir!
  • Janobi Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bu xususda shunday deganlar: “Musulmon kishini so‘kish – fosiqlikdir. U bilan urushish – kofirlikdir” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari).
  • Ochiq oydin gunoh qiladigan odamni “fosiq” deyiladi. Bir musulmonni joniga qasd qilish katta gunohligini bilib turib, uni qonini halol sanash – kufrdir.
  • Asl qoida – transport vositasi haydovchisi harakat davomida moshinasi bilan sodir qiladigan har bir hodisaga mas’uldir. Chunki moshina uning qo‘lidagi vosita va haydovchi uni boshqarishga qodir. Moshina o‘zicha harakatlanmaydi. Shuning uchun haydovchi moshinaning oldi, orqasi va yon tomonlari bilan yetkazgan zararga zomin, javobgar bo‘ladi.
  • Haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan haddan oshib o‘zgaga zarar yetkazsa, javobgar bo‘lishida shubha yo‘q. Chunki haddan oshuvchi doimo javobgar hisoblanadi.
  • Mo‘min-musulmonlar yo‘l harakati qoidalariga va yo‘l odoblariga kuzatuv kameralari yoki yo‘l patrul xizmati inspektori qarab turgani uchungina emas, balki shariatimiz talabi ekanligini inobatga olish lozim.
  • Bugungi kunda yo‘ldagi tartibsizliklar, dilxiraliklar va o‘lim holatlari bo‘yicha “birinchilik”ni musulmon yurtlari qo‘ldan bermay kelmoqdalar. Aslida esa yo‘l madaniyati borasida musulmonlar emas, balki boshqalarning peshqadam bo‘lishi biz uchun or hisoblanmog‘i darkor.
  • Aslo shoshilib yurmang! Halokat uchun 100 martta emas, 1 martta xatoga yo‘l qo‘yish qifoya qiladi.
  • Besh (5)  narsada  shoshilish  tavsiya  etiladi:
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  • Ayollar, yoshlari kattalar, yosh bolalar va nogironlar yo‘ldan o‘tayotganda imkon qadar ularga yo‘l berish va ularni cho‘chitmaslikka bor kuch bilan harakat qilish kerak! Zero hadisi shariflarda “Kim musulmonni qo‘rqitsa, Qiyomatda Alloh uni qo‘rqitadi” deyiladi.
  • Yo‘lda bilib-bilmay sizga ozor yetkazgan insonga javob qaytarishga harakat qilmang!

Islom odobi yomonlik qilganga yomonlik qaytarishga buyurmaydi!

Balki yaxshilik qilishga buyuradi!

  • Agar o‘z hayotingiz qadriga yetmasangiz, siz bilan bo‘lgan hamrohlaringiz hayotini, moshinangiz atrofidagilarni hayotlarini o‘ylang! Vaholanki, o‘z hayotingiz qadriga yetmaslikka ham haqqingiz yo‘q!
  • Ko‘chadan o‘tish yoki unda to‘xtab turish haqqi – umumiy. Undan piyoda ham, avtomoshinada ham foydalanish mumkin. Bunda salomatlik, ya’ni o‘ziga ham, o‘zgaga ham zarar bermaslik shart qilinadi.
  • Piyodalar ham yo‘l qoidalariga amal qilishlari lozim.
  • Qizil chiroqda o‘tish – boshqa bir yo‘l harakati ishtirokchisi haqqini poymol qilish hisoblanadi. 
  • Yo‘lning qatnov qismida, shuningdek piyodalar o‘tish joylarida harakatlanayotgan piyodalarning telefondan foydalanish, tele-video mahsulotlarni ko‘rish-eshitish, radio, audio mahsulotlarni eshitish, kitob yoki davriy matbuot o‘qish hamda e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanishlari mutlaqo man etiladi.
  • Muborak dinimizning yo‘l harakatidagi ENG ASOSIY 4 (to‘rt) ta talabi:
  1. Har bir yo‘l harakati ishtirokchisi yo‘l harakat qoidalariga qat’iy rioya etish;
  2. Yo‘lda yurish odoblarini so‘zsiz bajarish;
  3. Bir-birlariga nisbatan hurmat va bag‘rikenglik bilan muomala qilish;
  4. O‘zi yaxshi ko‘rganni o‘zgalarga ham ravo ko‘rish.
  • Shariat man etgan narsalarni iste’mol qilib avtomobilni boshqarishda bandasidan emas, gunohi ikki karra bo‘lishidan avvalo Xudodan qo‘rqish kerak!
  • Imkon qadar farzandlariga ham moshina haydashni o‘rgatmoqlik lozim.
  • Birovning shaxsiy moshinasiga mingan odam xuddi uning uyiga kirgan kabidir. O‘zini shunga xos va mos tutishi lozim.
  • Kim musulmon?!?
    • kishi kim o‘zi aslida?!?

Buning javobini Janobi sevikli Payg‘ambarimiz Allohning Habibi Muhammad mustafo Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bizlarga o‘rgatib, muborak ta’lim-tarbiyalarini berdilar: «Tilidan va qo‘lidan musulmonlarga zarari yetmaydigan kishi – haqiqiy musulmondir» (Imom Buxoriy rivoyatlari);

  • O‘zining moshinasidan afzalroq moshinani ko‘rsa, o‘zidan pastroqqa qarasin!
  • O‘zining moshinasidan afzalroq moshinaga hasad emas, havas bilan, o‘zidan pastroqqa esa mehr bilan qarash darkor, Yaratganga shukr va istig‘forni ko‘paytirish lozim.

 

«YO‘LNING  KO‘RINMAS  QONUNLARI»

 

Faqat haydovchilar emas,

balki har bir inson –

HAYDOVCHI ham,

PIYODA ham,

YO‘LOVCHI ham,

OTA-ONA ham

bilishi shart bo‘lgan

 

«YO‘L HARAKATINING IKKINCHI ALIFBOSI»

yoxud

«BIR YO‘L – MINGLAB TAQDIRLAR: HAMMA BILISHI SHART BO‘LGAN QOIDALAR»

yoki

«YO‘LNING YOZILMAGAN QONUNLARI»

 

Har bir inson bir haqiqatni esda tutishi lozim –

yo‘ldagi har bir xatoning ortida

bir odamning hayoti, bir oilaning taqdiri turishi mumkin...

 

  • «YO‘LDAGI BIR LAHZA – UMRBOD ARMON...»
  • «BIR LAHZALIK XATO – BIR UMRLIK AZOB»
  • «YO‘L QOIDASI – HAYOT QOIDASI»
  • «HAYOT BILAN O‘LIM ORASIDAGI MASOFA – BIR QADAM...»
  • «BIR LAHZA – BIR UMR TAQDIRI...»
  • «YO‘L XATONI KЕCHIRMAYDI»
  • «YO‘LDA BЕPARVOLIKKA O‘RIN YO‘Q: HAR BIR QOIDA ORTIDA INSON HAYOTI BOR»
  • «YO‘L – HAYOT MAYDONI, BЕPARVOLIK ESA FOJIA BOSHLANISHI...»
  • «YO‘LDA BЕGONA INSON YO‘Q!»
  • «YO‘LDA HAMMAMIZ MAS’ULMIZ!»
  • «BIR LAHZALIK BЕPARVOLIK – BIR UMRLIK ARMON»
  • «YO‘LDAGI BIR INSONNING XATOSI –

BOSHQA BIR INSONNING BUTUN UMRIGA TATISHI MUMKIN...»

  • «HAYOT YO‘LDA SINALADI»
  • «MANZILGA YETISH EMAS, OMON YETISH MUHIM!»
  • «YO‘LDA HAQLI BO‘LISH EMAS, OMON QOLISH MUHIM!»

 

 

AVTOAVARIYANING ENG JIDDIY 91 + 40 ta OQIBATI

yoxud

Yo‘l harakati qoidalariGA “QO‘SHIMCHALAR”

yoki

HAMMA BILISHI SHART bo‘lgan QOIDALAR

 

  1. . INSON HAYOTI VA SOG‘LIG‘IGA OID OQIBATLAR
  1. Inson hayotiga bevosita xavf tug‘ilishi.
  2. O‘lim holatlarining yuzaga kelishi.
  3. Haydovchining tan jarohati olishi.
  4. O‘z avtomobil salonidagi yo‘lovchilarning jarohatlanishi.
  5. Boshqa avtomobil salonidagi haydovchi va yo‘lovchilarning jarohatlanishi.
  6. Boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarining tan jarohati olishi.
  7. Inson sog‘lig‘iga yengil, o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir darajada zarar yetkazilishi.
  8. Nogironlik holatlarining kelib chiqishi.
  9. Jabrlanuvchilarning uzoq muddat davomida davolanishga muhtoj bo‘lib qolishi.
  10. Jarrohlik amaliyotlari va qimmatbaho tibbiy muolajalarga ehtiyoj tug‘ilishi.
  11. Jabrlanuvchilarning mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki doimiy yo‘qotishi.
  12. Jabrlanuvchilarning kundalik ehtiyojlarini mustaqil qondira olmaydigan holatga tushib qolishi.
  13. Jabrlanuvchilarning hayot sifati pasayishi.
  14. Dori-darmon, reabilitatsiya va parvarishga ehtiyoj ortishi.
  15. Insonning hayot davomiyligi qisqarishi yoki umriga zomin bo‘lishi.

 

2. OILA VA YAQIN INSONLARGA YETKAZILADIGAN OQIBATLAR

  1. Haydovchining oila a’zolari otadan, erdan, o‘g‘ildan, aka yoki ukadan ayrilib qolishi.
  2. Jabrlanuvchilarning oila a’zolari otadan, erdan, o‘g‘ildan, aka yoki ukadan, yaqin insonlaridan ayrilib qolishi.
  3. Oilaviy munosabatlarning yomonlashishi va oilada kelishmovchiliklar kelib chiqishi.
  4. Farzandlar va oila a’zolarining ruhiy-psixologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatilishi.
  5. Oila a’zolarida kuchli ruhiy iztirob, qayg‘u, tushkunlik va doimiy xavotir paydo bo‘lishi.
  6. Oila boquvchisining vafot etishi yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotishi natijasida oilaning daromad manbaidan ayrilishi.
  7. Qarindoshlar va yaqin insonlar zimmasiga qo‘shimcha moddiy hamda ma’naviy mas’uliyat yuklanishi.
  8. Oila a’zolarining jabrlanuvchini parvarish qilish uchun o‘z ishi va kundalik faoliyatini cheklashga majbur bo‘lishi.
  9. Oilaning ijtimoiy va iqtisodiy ahvoli yomonlashishi.
  10. Farzandlarning ta’lim olishi, tarbiyasi va kelajak rejalariga salbiy ta’sir ko‘rsatilishi.
  11. Jabrlanuvchi va uning oila a’zolariga bevosita moddiy zarar yetkazilishi.
  12. Haydovchi va jabrlanuvchilarning oila a’zolari o‘rtasida jiddiy kelishmovchiliklar, turli muammolar va har xil nizolar kelib chiqishi.

 

3. MODDIY VA MOLIYAVIY OQIBATLAR

  1. Avtomobil transport vositalarining shikastlanishi.
  2. Transport vositalarining butunlay yaroqsiz holga kelishi.
  3. Avtomobilning bozor qiymati pasayishi.
  4. Avtomobildan foydalanish imkoniyatining vaqtincha yoki doimiy yo‘qolishi.
  5. Moddiy zararlarning yuzaga kelishi.
  6. Moliyaviy yo‘qotishlarning paydo bo‘lishi.
  7. Tibbiy yordam, davolanish va reabilitatsiya xarajatlarining ortishi.
  8. Avtomobilni ta’mirlash, tiklash yoki yangisiga almashtirish xarajatlarining paydo bo‘lishi.
  9. Dori-darmon va parvarish xarajatlarining ortishi.
  10. Sud jarayonlari, advokat va yuridik xizmatlar bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar paydo bo‘lishi.
  11. Ma’naviy zararni qoplash bilan bog‘liq moliyaviy majburiyatlar yuzaga kelishi.
  12. Avtomobil krediti, lizingi yoki boshqa moliyaviy majburiyatlarni bajarishda qiyinchilik va turli muammolar paydo bo‘lishi.
  13. Sug‘urta to‘lovlari va zararni qoplash bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishi.
  14. Avtoavariya natijasida jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararni qoplash majburiyati yuzaga kelishi.
  15. Avtomobildan foydalanish imkoniyati yo‘qolishi natijasida qo‘shimcha transport xarajatlari paydo bo‘lishi.
  16. Ko‘zda tutilmagan qo‘shimcha xarajatlar va moliyaviy majburiyatlarning yuzaga kelishi.

 

4. RUHIY-PSIXOLOGIK OQIBATLAR

  1. Jabrlanuvchilar va ularning oila a’zolariga katta shikast va jiddiy ruhiy-psixologik zarar yetkazilishi.
  2. Ruhiy tushkunlik, qo‘rquv, stress va doimiy xavotir holatlarining paydo bo‘lishi.
  3. Haydovchida avtomobil boshqarishga nisbatan qo‘rquv va ishonchsizlik paydo bo‘lishi.
  4. Yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq ruhiy jarohatlarning uzoq vaqt saqlanib qolishi.
  5. Insonning o‘z kuchiga, imkoniyatlariga va kelajagiga bo‘lgan ishonchi pasayishi.
  6. Haydovchi va jabrlanuvchilar o‘rtasida kelishmovchilik va nizolar kelib chiqishi.
  7. Haydovchi va jabrlanuvchilarning oila a’zolari o‘rtasida ham nizolar paydo bo‘lishi.
  8. Haydovchi va jabrlanuvchilar o‘rtasidagi nizolar natijasida uzoq muddatli ruhiy bosim va kelishmovchiliklar paydo bo‘lishi.

 

5. HUQUQIY VA JAVOBGARLIK BILAN BOG‘LIQ OQIBATLAR

  1. Haydovchi va boshqa ishtirokchilar o‘rtasida huquqiy nizolar kelib chiqishi.
  2. Aybdor shaxslarga nisbatan ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik choralarining qo‘llanilishi.
  3. Haydovchining jarima va boshqa moliyaviy sanksiyalarga duch kelishi.
  4. Haydovchining transport vositasini boshqarish huquqidan belgilangan tartibda mahrum qilinishi.
  5. Haydovchining jinoiy javobgarlikka tortilishi.
  6. Haydovchining ozodlikdan mahrum etilishi yoki boshqa jazo choralariga duch kelishi.
  7. Zararni qoplash va kompensatsiya to‘lash majburiyatlari yuzaga kelishi.
  8. Uzoq davom etadigan sud jarayonlari va huquqiy nizolarning kelib chiqishi.
  9. Haydovchining shaxsiy va ishchanlik obro‘siga putur yetishi.
  10. Haydovchining sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi natijasida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha qonuniy majburiyatlari yuzaga kelishi.

 

6. ISH VA MЕHNAT FAOLIYATIGA OID OQIBATLAR

  1. Haydovchi yoki jabrlanuvchining ish joyidan vaqtincha yoki doimiy ajralib qolishi.
  2. Doimiy daromad manbaidan ayrilish.
  3. Mehnat faoliyatini davom ettirish imkoniyatining cheklanishi.
  4. Ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik faoliyatida uzilishlar yuzaga kelishi.
  5. Ish beruvchi, buyurtmachi yoki hamkorlar oldidagi shartnomaviy majburiyatlarni bajarish imkoniyati cheklanishi.
  6. Tadbirkorlik faoliyati va biznesga moddiy zarar yetkazilishi.
  7. Kasbiy rejalar va kelajakdagi mehnat faoliyatining o‘zgarib ketishi.
  8. Haydovchining ish joyi, lavozimi yoki kasbiy faoliyatini yo‘qotish xavfi paydo bo‘lishi.

 

7. YO‘L HARAKATI VA ATROF-MUHITGA OID OQIBATLAR

  1. Yo‘l-transport infratuzilmasiga zarar yetkazilishi.
  2. Yo‘l harakatida tirbandlik va harakatlanishda uzilishlar paydo bo‘lishi.
  3. Boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarining hayoti va xavfsizligiga tahdid yuzaga kelishi.
  4. Yong‘in chiqishi xavfi paydo bo‘lishi.
  5. Yoqilg‘i yoki boshqa xavfli moddalarning yonishi natijasida portlash xavfi yuzaga kelishi.
  6. Atrof-muhitning ifloslanishi.
  7. Yoqilg‘i, moy va boshqa kimyoviy moddalarning tuproq yoki suvga tarqalishi.
  8. Ekologik zarar yetkazilishi.
  9. Qutqaruv va maxsus xizmatlarni jalb qilish zarurati paydo bo‘lishi.

 

8. JAMIYAT VA IJTIMOIY-IQTISODIY OQIBATLAR

  1. Oila va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatilishi.
  2. Davlat va jamiyat zimmasiga qo‘shimcha tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy xarajatlar tushishi.
  3. Tibbiyot muassasalari va tez tibbiy yordam xizmatlariga qo‘shimcha yuklama tushishi.
  4. Inson resurslari va mehnat salohiyatining yo‘qotilishi.
  5. Jamiyatda yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarning ortishi.
  6. Bir nechta oila va insonlarning hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatilishi.

 

9. KUTILMAGAN VA UZOQ MUDDATLI OQIBATLAR

  1. Insonning butun hayot tarzi, kelajak rejalari va ijtimoiy faoliyati o‘zgarib ketishi.
  2. Haydovchi yoki jabrlanuvchining shaxsiy hayotida jiddiy o‘zgarishlar yuzaga kelishi.
  3. Oila a’zolarining kelajakdagi rejalari va maqsadlari barbod bo‘lishi.
  4. Insonning jamiyatdagi mavqei va ijtimoiy faolligi o‘zgarishi.
  5. Yo‘l-transport hodisasi oqibatlarining yillar davomida saqlanib qolishi.
  6. Birgina avtoavariya tufayli bir nechta inson va oilalarning hayot tarzi, kelajak rejalari va ijtimoiy faoliyati o‘zgarib ketishi.
  7. Ko‘zda tutilmagan, oldindan hisob-kitob qilinmagan va xayolga ham kelmagan boshqa muammolar paydo bo‘lishi.

 

 

 

 

AVTOAVARIYA OQIBATIDA INSONNING

QAYTARIB BO‘LMAYDIGAN YO‘QOTISHLARI:

 

  1. Avtoavariya natijasida inson nafaqat moddiy zarar ko‘radi,

balki hayoti davomida qayta tiklab yoki

qaytarib olib bo‘lmaydigan qadriyatlaridan ham ayrilishi mumkin.

 

  1. .       HAYOT BILAN BOG‘LIQ QAYTARIB BO‘LMAYDIGAN YO‘QOTISHLAR
  1. O‘z hayotidan ayrilish.
  2. Ota-onasidan ayrilish.
  3. Turmush o‘rtog‘idan ayrilish.
  4. Farzandidan ayrilish.
  5. Aka-uka yoki opa-singillaridan ayrilish.
  6. Bobo va buvisidan ayrilish.
  7. Yaqin qarindoshlari va qadrdon insonlaridan ayrilish.
  8. Oilasining bir butunligini yo‘qotish.
  9. Farzandlarining ota yoki ona mehridan mahrum bo‘lishi.

 

  1. .       SOG‘LIQ BILAN BOG‘LIQ QAYTARIB BO‘LMAYDIGAN YO‘QOTISHLAR
  1. Sog‘lig‘ini to‘liq yoki qisman yo‘qotish.
  2. Qo‘l yoki oyoqlaridan ayrilish.
  3. Ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish.
  4. Eshitish qobiliyatini yo‘qotish.
  5. Gapirish qobiliyatini yo‘qotish.
  6. Yurish qobiliyatini yo‘qotish.
  7. Mustaqil harakatlanish qobiliyatini yo‘qotish.
  8. Xotira va aqliy faoliyat bilan bog‘liq qobiliyatlarni yo‘qotish.
  9. Mehnat qilish va kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini yo‘qotish.
  10. Mustaqil hayot kechirish imkoniyatini yo‘qotish.
  11. Ilgarigi jismoniy imkoniyatlari va hayot sifatiga qaytish imkoniyatini yo‘qotish.

 

  1. .     OILA VA SHAXSIY HAYOT BILAN BOG‘LIQ YO‘QOTISHLAR
  1. Farzandlarining voyaga yetishida ishtirok etish imkoniyatini yo‘qotish.
  2. Farzandlarining to‘yi va baxtli kunlarini ko‘rish imkoniyatidan mahrum bo‘lish.
  3. Nabiralarini ko‘rish va ularning kamol topishida ishtirok etish imkoniyatini yo‘qotish.
  4. Oilasi bilan birga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan baxtli kunlarni yo‘qotish.
  5. Yaqin insonlari bilan birga yashash va birga vaqt o‘tkazish imkoniyatini yo‘qotish.
  6. Oilasiga g‘amxo‘rlik qilish va ularni moddiy ta’minlash imkoniyatini yo‘qotish.
  7. Oilaviy xotiralar va birgalikdagi kelajak rejalarining amalga oshmay qolishi.

 

  1. .     KЕLAJAK VA ORZU-MAQSADLAR BILAN BOG‘LIQ YO‘QOTISHLAR
  1. Kelajakdagi orzu va maqsadlarini amalga oshirish imkoniyatini yo‘qotish.
  2. Tanlagan kasbi va sevimli ishi bilan shug‘ullanish imkoniyatini yo‘qotish.
  3. Ta’lim olish va o‘z ustida ishlash imkoniyatlarini yo‘qotish.
  4. Tadbirkorlik va biznes rejalarini amalga oshirish imkoniyatini yo‘qotish.
  5. Uy-joyga ega bo‘lish va oilaviy farovonlikka erishish rejalarining barbod bo‘lishi.
  6. Kelajakdagi muhim voqealar va hayotiy marosimlarda ishtirok etish imkoniyatini yo‘qotish.
  7. Jamiyatda o‘z o‘rnini topish va shaxsiy salohiyatini namoyon etish imkoniyatini yo‘qotish.

 

  1. .      VAQT VA HAYOT BILAN BOG‘LIQ YO‘QOTISHLAR
  1. Hayotning qaytarib bo‘lmaydigan yillarini yo‘qotish.
  2. Davolanish va reabilitatsiya jarayonlariga ko‘p yillar sarflash.
  3. Oila va yaqinlar bilan o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan qimmatli vaqtni yo‘qotish.
  4. Hayotdagi muhim va unutilmas lahzalardan mahrum bo‘lish.
  5. Ilgarigi hayot tarziga qaytish imkoniyatini yo‘qotish.

 

 

 

«QOIDALAR DOIRASIDAN TASHQARIDA:

HAYOTNI SAQLASHNING QOIDALARI.

HAR BIRIMIZ BILISHIMIZ SHART BO‘LGAN HAQIQATLAR»

 

E N G O G‘ I R H A Q I Q A T

  • Pul bilan yo‘qotilgan avtomobilni sotib olish mumkin, ammo inson hayotini qaytarib bo‘lmaydi.
  • Shikastlangan avtomobilni ta’mirlash mumkin, ammo yo‘qotilgan sog‘liqni har doim ham tiklab bo‘lmaydi.
  • Moddiy zararni qoplash mumkin, ammo vafot etgan yaqin insonning o‘rnini hech narsa bilan to‘ldirib bo‘lmaydi.
  • Yo‘qotilgan mol-mulkni qayta topish mumkin, ammo o‘tgan umr va vaqtni qaytarib bo‘lmaydi.
  • Buzilgan rejalarni qayta tuzish mumkin, ammo amalga oshmay qolgan orzular va boy berilgan imkoniyatlarni to‘liq qaytarish mumkin emas.

 

 

YODDA TUTING!

  • Avtoavariya bir lahzada insonning butun kelajagini o‘zgartirib yuborishi mumkin!
  • Rulga o‘tirganda faqat manzilga yetib borishni emas, balki o‘z hayotingizni, oilangizni va boshqa insonlarning hayotini asrashni ham o‘ylang.
  • Inson hayoti – bebaho. Uni xavf ostiga qo‘yishga arziydigan hech qanday shoshilinch ish yoki manzil yo‘q.

 

ENG MUHIM OGOHLANTIRISH!

  • Bir lahzalik e’tiborsizlik yoki beparvolik – bir umrlik pushaymonlikka sabab bo‘lishi mumkin!
  • Ruldagi har bir harakatingiz uchun nafaqat o‘z hayotingiz, balki boshqa insonlar hayoti va taqdiri ham mas’uliyatini his qiling.
  • Yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling, tezlikni me’yordan oshirmang, diqqatingizni yo‘ldan chalg‘itmang.
  • Manzilga bir necha daqiqa kechroq yetib borish – inson hayotini xavf ostiga qo‘yishdan 1000 marta afzal.

 

MUHIM XULOSA

  • Avtoavariya – bu faqat avtomobilning shikastlanishi yoki uni ta’mirlash xarajatlari emas.
  • Avtoavariya inson hayoti, sog‘lig‘i, oilasi, moddiy ahvoli, kelajagi va jamiyat xavfsizligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hodisadir.
  • Avtoavariya natijasida nafaqat haydovchi va yo‘lovchilar, balki ularning oila a’zolari, qarindoshlari, yaqinlari va boshqa insonlar ham jabr ko‘rishi mumkin.
  • Avtoavariyaning ayrim oqibatlarini moddiy mablag‘ bilan qoplash mumkin, ammo inson hayotini qaytarish, yo‘qotilgan sog‘liqni to‘liq tiklash yoki yaqin insonning o‘rnini to‘ldirish mumkin emas.
  • Avtoavariyaning oqibatlari bir necha daqiqa, bir necha kun, oy yoki yillar davomida emas, balki ba’zi hollarda insonning butun umri davomida sezilishi mumkin.
  • Ba’zan bir necha soniyalik ehtiyotsizlik yoki e’tiborsizlik inson va uning oilasi hayotini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin.
  • Natijada ko‘zda tutilmagan, oldindan hisob-kitob qilinmagan va hatto xayolga ham kelmagan turli muammolar paydo bo‘lishi mumkin.

 

Ibrohimjon Inomov

Maqolalar