Surxondaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida boshlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostidagi ezgulik chellenji davom etmoqda.
Mazkur ezgu tashabbus doirasida Qumqo‘rg‘on tumanida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj, e’tibor va ko‘makka ehtiyojmand oilalarning 51 nafar farzandlariga maktab o‘quv qurollari va so‘mkalar topshirildi.
Xususan, ushbu ezgu tadbir Qumqo‘rg‘on tumani "Shah Mashrab" jome' masjidida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyati vakili R.Abdullayev, Surxondaryo viloyati hokimligi kotibiyat mudiri D.O’roqov, tuman Bosh imom-xatibi H.Zayniyev hamda tumandagi barcha masjid imom-xatiblari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Bunday ezgu tashabbuslar orqali yurtdoshlarimizga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularning og‘irini yengil qilish, muammolariga yechim topish hamda xonadonlarga bayramona kayfiyat ulashishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Zero, inson qadri, mehr-oqibat va saxovat bor joyda ezgulik bardavom bo‘ladi.
Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati
Buxoro shahridagi «Abu Bakr as-Siddiq» jome’ masjidida imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy suhbat bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda imom-noib Dilshod domla Hodiyev hamda malakali surdo tarjimon ishtirok etdi.
Gapirish va eshitishida nuqsoni bo‘lgan fuqarolar uchun o‘tkazilgan mazkur suhbat «Sog‘lom turmush tarzi» mavzusiga bag‘ishlandi.
Suhbat davomida ishtirokchilar aqida, fiqh va ijtimoiy hayotga doir savollariga atroflicha javob oldilar. Barcha ma’lumotlar surdo tarjimon orqali yetkazildi. Shuningdek, tadbir yakunida qatnashchilarga ehsonlar tarqatildi.
Alloh taolo bunday xayrli va savobli ishlarimizni bardavom aylasin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi Matbuot xizmati