Firqalar haqida gapirar ekanmiz, buzg'unchi oqimlardan biri bo'lmish Soxta salafiylardir. Bu oqim mutaassib oqimlar toifasiga kiradi. So'nggi vaqtlarda «salaf solihlarga ergashish» shiori ostida "Salafiylik" mafkurasini bayroq qilib olgan, o'zlarini go'yoki salaflarning izdoshlarimiz deb hisoblaydigan mutaassib soxta salafiylar paydo bo'lganini alohida qayd etish lozim.
Hozirgi kunda soxta salafiylarning umumlashtirib, ikki guruhga ajratish mumkin.
• Birinchisi, davlat boshqaruvida shariatning ustuvorligiga erishish yo'lida jangu jadallar bilan xarakat qiladigan «radikal salafiylar». Bu toifadagi soxta salafiylar jihod g'oyasining mazmunini buzib talqin qilib, unga jangarilik, qo'poruvchilik tusini bermoqdalar. Ular nafaqat boshqa din vakillari, balki musulmonlarga qarshi zo'ravonlik, qo'poruvchilik hamda bosqinchilik xatti - harakatlarini asoslash va oqlash uchun «jihod» tushunchasidan foydalanmoqdalar.
• Ikkinchisi, o'zlarini go'yoki davlatdagi mavjud qonun qoidalarga bo'ysinadigan va ularga qarshi chiqmaydigan qilib ko'rsatadigan, biroq jangarilik faoliyati bilan shug'ullanmaydigan, go'yoki mo''tadil salafiylar hisoblanadi. Ular o'zlarining mutaassib fikrlaridan qaytmagan holda, muayyan mazhabga mansub bo'lishni yoqlamaydilar. Ular bu g'oya ostida an'anaviy mazhablardan voz kechish va islomning ilk davriga qaytishni da'vat qiladilar.
Manbalar asosida So'fiyev Abdulhakim tayorladi
Eng ulug‘, eng aziz bayram – Mustaqillik shodiyonalariga sanoqli kunlar qoldi. Ayyom arafasida kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj bemorlar, keksalar holidan xabar olinib, ularga bayram tuhfalari yetkazib berilyapti.
Bugun Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov boshchiliklarida imom-domlalar, homiylar poytaxtimizning Olmazor tumanidagi "Islomobod" masjidida yig‘ilib, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olishdi.
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Toshkent shahar filiali hamda homiylar ko‘magida tayyorlangan oziq-ovqatlar jamlanmasi, shirinliklardan iborat ehsonlar bilan xonadonlarga kirib borildi.
Ko‘ngli o‘ksik insonlar bayram tuhfalarini olib, aziz yurtimizda hech kim mehr va e’tibordan chetda emasligiga yana bir karra amin bo‘lishdi.
Alloh taolo ehsonlarni qabul qilsin. Savoblarini ko‘paytirib bersin!
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati