Saudiya Arabistonida birinchi marta islom san'ati asarlari Islom san'ati Biyennalesida namoyish etilmoqda. Ko'rgazma Jidda shahridagi Qirol Abdul Aziz xalqaro aeroportida Hajning G'arbiy terminalida joylashgan bo'lib, u butun dunyodagi islom merosini jahonga taqdim etdi. Unda zamonaviy va o'tmishdagi rassomlarning asarlari, shu jumladan, 60 ta noyob san'at buyumlari va 280 ta tarixiy asarlar namoyish etilmoqda.
Ko'rgazmada namoyish etilgan san'at asarlari asosan kundalik buyumlar Haj, Payg'ambarimiz Muhammad sallolu alayhi vassalamning Makkadan Madinaga ko'chishlariga oid ashyolar, Makka va Madina shaharlariga bag'ishlangan asarlardir, deb xabar bermoqda islam.kz.
Ko'rgazmaga tashrif buyuruvchilar 12000 kvadrat metrdan ortiq maydonni egallagan beshta galereya bo'ylab hayajonli sayohatga ega bo'ladi.
Ko'rgazma kuratori Saad Alrashidning so'zlariga ko'ra, Saudiya Arabistoni Sharq va G'arb o'rtasidagi tsivilizatsiyalar kesishgan joy bo'lib, bu erda Islom biyennalesining o'tkazilishi dunyoga barcha musulmonlar va boshqa madaniyatlar o'rtasidagi bog'liqlikni taqdim etadi.
Biyennalenida Saudiya Arabistoni va ko'plab davlatlar qatori xalqaro institutlar, shuningdek, Afinadagi Benaki muzeyi, Oksford universitetidagi Fan tarixi muzeyi, Parijdagi Luvr va Londondagi Viktoriya va Al'berta muzeyi ishtirok etmoqda.

Foto: Marco Cappelletti
Foto: Diriyah Foundation

Stranitsa rukopisnogo Korana (Foto: arabnews.com)

Dver' Kaabie, 1947 god (Foto: Ali Khamaj)

Foto: decor.design

"Put' Solntsa". Ot Radjaba do Shavvalya, 1444 (Foto: arabnews.com)

Astrolyabii XVII veka (Foto: Diriyah Biennale Foundation and the Islamic Art Biennale)
Ko'rgazma shu yilning aprel' oyiga qadar davom etadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekiston va YUNЕSKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyasi kotibiyati vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Mamlakatimizning YUNЕSKO huzuridagi Doimiy vakolatxonasi ko‘magida tashkil etilgan muloqotda mahalla bilan bog‘liq madaniy an’ana va urf-odatlar, ularni xalqaro darajada targ‘ib qilish istiqbollari muhokama qilindi.
YUNЕSKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyasi kotibi Fumiko Oxinata va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi uchun mas’ul dastur mutaxassisi Nikolas Tan mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi.
O‘zbekiston tomonidan Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda YUNЕSKO huzuridagi Doimiy vakolatxonasi vakillari mahallaning ko‘p asrlik tarixi, uning jamiyat hayotidagi alohida o‘rni va milliy an’analarni saqlashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Uchrashuvda mahalla O‘zbekiston xalqi turmush tarzining ajralmas qismi ekani ta’kidlandi. U insonlarni yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro yordam, hamjihatlik va katta avlod vakillariga hurmat tamoyillari asosida birlashtiradi.
YUNЕSKO Kotibiyati vakillari taqdim etilgan materiallarga katta qiziqish bildirdi. Ular O‘zbekistonda mahalla bilan bog‘liq shakllangan jamoat hayoti tartibining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tirof etdi.
Suhbat davomida O‘zbekistonning nomoddiy madaniy merosni targ‘ib qilishdagi roli alohida qayd etildi. Shu nuqtayi nazardan, o‘zbek mahalla tizimi tajribasi YUNЕSKO Kotibiyati mutaxassislarida katta qiziqish uyg‘otdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati