Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Avgust, 2026   |   16 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:22
Quyosh
05:46
Peshin
12:24
Asr
17:05
Shom
19:05
Xufton
20:25
Bismillah
29 Avgust, 2026, 16 Rabi`ul avval, 1448

Dinimizda takfir tushunchasi

17.02.2023   2748   1 min.
Dinimizda takfir tushunchasi

Hozirgi biz yashab turgan musulmonlar jamiyatini ichidan buzib va tafriqalarga sabab bo'ladigan taxdidlardan biri takfir hisoblanadi. Takfir – musulmon insonni gunohi yoki xatosi sabab kofirga chiqarishga aytiladi. Takfir xodisasi dastlab hazrati Ali halifalik davrida unga qarshi chiqqan xavorijlardan sodir bo'lgan. Ular o'zlariga qo'shilmagan yoki ergashmagan musulmonlarni kofirga chiqarib, ularni jonlarini va mollarini halol sanab ularni o'ldirishgan va mollarini talon-taroj qilishgan. Hatto xulofoi roshidin bo'lgan Usmon ibn Affon va xazrati Ali roziyallohu anhuni ham kofirlikda ayblashgan.

Afsuski hozirgi kunda ham havorijlarni yo'lini tutgan turli diniy mutaassib tashkilotlar vakillari musulmonlar yashayotgan o'lkalarni kofirlar yurti deb, o'zlariga ergashmagan yoki qo'shilmagan, u erlarda tinch omonlikda, ibodatlarini to'la to'kis bajarib kelayotgan musulmonlarni ham kofirga chiqarib ularni jonlarini va mollarini halol sanab, ularni o'ldirib mol-mulklariga ega chiqishmoqdalar.

Darhaqiqat islom dinimiz kalimani aytib uni tasdiq qilgan musulmonni kofir deb aytishdan qaytaradi. Payg'ambarimiz alayhissalom muborak hadislarini birida shunday deydilar – “Uch narsa iymonni aslidandir: “Laa ilaha illalloh” degan kishiga tegmaslik. Gunohi sababli kofirga chiqarmaymiz. Amali sababli uni islomdan chiqarmaymiz”. Demak gunohi kabira qilib qo'ygan musulmon madomiki o'sha gunohni halol sanamasa ahli sunna valjamoa nazdida u kishini kofirlikka hukm qilinmaydi. Agar tavba qilmay vafot etsa gunohiga yarasha azoblanadi, lekin abadiy do'zaxda qolmaydi.

Norin tumani “Qozokovul” jome
masjidi imom xatibi R. Alixonov

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bugun Sirdaryoda imomlar o‘rtasida “Zakovat” turniri o‘tkazildi

17.08.2026   46692   1 min.
Bugun Sirdaryoda imomlar o‘rtasida “Zakovat” turniri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida “Qur’on tinchlikka buyuradi” shiori ostida “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.

Bellashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — diniy soha xodimlarining ilmiy-ma’rifiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ular o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni yanada oshirishdan iborat.

Musobaqada shahar va tumanlardan jamlangan jamoalar Qur’oni karim, hadisi shariflar, islom tarixi, milliy qadriyatlar va mamlakatimiz qonunchiligiga oid savollar bo‘yicha o‘z bilim va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin — “Tafakkur” jamoasi
2-o‘rin — “Ittifoq” jamoasi
3-o‘rin — “Hikmat” jamoasi


G‘oliblar O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligining maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari