Jaloliddin Suyutiy (849-911)
Olimning to'liq ismi Abdurahmon ibn Abu Bakr Jaloliddin bo'lib, ona diyorlari bo'lmish Misrning janubidagi Asyut shahriga nisbat berilib, Suyutiy deb nomlandi.
Hadis, tafsir, tilshunoslik, tarix, adabiyot, fiqh va boshqa ko'plab ilm sohalarining mohir bilimdoni bo'lgan qomusiy olimlardan sanaladi. Hijriy 849 (milodiy 1445) yilda Qohirada tug'ildi va shu shaharda o'sib-ulg'aydi.
Imom Suyutiy Shom, Hijoz, Yaman, Hindiston hamda G'arbiy Afrikaning bir qator mamlakatlariga safar qildi. Misrda bir qancha nufuzli mansablarda faoliyat ko'rsatgan. 40 yoshida barcha mansablardan voz kechib, qolgan umrini kitob yozishga bag'ishladi. Butun umri davomida 600 ga yaqin kitob yozgani rivoyat qilingan. Misrlik mashhur professor Ahmad Sharqoviy o'zining "Jalol Suyutiy kutubxonasi" kitobida allomaning yozgan asarlari 725 taga etishini qayd etgan.
Olimning mashhur asarlari:
Bundan tashqari bir qancha she'riy devonlari ham bo'lgan. Alloma Jaloliddin Suyutiy hijriy 911 (milodiy 1505) yilda Qohirada vafot etgan.
Muftiy Ibrohim Desai rahimahullohning "Hadis ilmiga kirish" kitobidan olindi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning ko‘ngliga quvonch ulashishga qaratilgan xayriya tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, joriy yilning 9 avgust kuni «Vaqf» xayriya jamoat fondi Buxoro viloyati filiali, hududdagi masjidlar xodimlari va saxovatpesha homiylar hamkorligida ehtiyojmand oilalarning 35 nafar farzandi uchun sunnat to‘ylari tashkil etildi.
Tadbir doirasida to‘ybolalarning har biriga 35 ta velosiped, 35 to‘plam o‘quv qurollari hamda yangi kostyum-shim, ko‘ylak va oyoq kiyimlar to‘plami tantanali ravishda topshirildi.
Tantanali marosimda so‘z olganlar bolajonlar va ularning ota-onalariga ezgu tilaklar bildirib, farzandlarni sog‘lom, barkamol va dinu diyonatli insonlar etib tarbiyalash, ularga munosib ta’lim berish eng muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidladilar.
Dinimiz va xalqimizga xos bo‘lgan mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik fazilatlarining amaliy ifodasi bo‘lgan bu kabi xayrli tadbirlarni «Vaqf» fondi tomonidan izchil davom ettirish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati