Muayyan mazhablarga ergashishning go'yoki musulmonlar yaxlitligini buzuvchi amal sifatida tanqid qilinishi. Islom olamidagi etakchi fiqhiy ulamolar hozirgi kunda to'rtta sunniy mazhab asoschilari kabi shar'iy dalillardan hukm chiqara oladigan mujtahid imomlar yo'qligi sababli musulmonlar ushbu imomlardan biriga, ya'ni o'z yurtida keng tarqalgan mazhabga ergashishlari lozimligini aytishadi. Buning sababi shuki, diniy masalalarda etarli bilimlarga ega bo'lmagan odam Qur'on va hadislardan mustaqil shar'iy hukm chiqara olmaydi. Mazhablarda esa shar'iy masalalar islom ta'limoti, xalqning urf-odatlari, qadriyatlari, milliy xususiyatlaridan kelib chiqib, eng mos ko'rinishda hal qilinadi.
Ekstremistik guruhlar “kimki o'zini biror-bir qavmga o'xshatsa, u o'shalardan” degan hadisni musulmonlarga ahli kitob (yahudiy va nasroniy vakillari) bilan aloqa qilish, ular kiygan kiyim (kostyum-shim, kepka va h.k.)larni kiyish man etilgan, degan ma'noda buzib talqin qiladi. Aslida hadis aqidaviy mazmunga ega bo'lib, unda imon asoslaridan chetga chiqmaslik nazarda tutilgan. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam boshqa din vakillari bilan shaxsan yaxshi aloqada va muomalada bo'lganliklari. Jumladan, ularga hadyalar berib, ular qilgan hadyalarni qabul qilganlar. Boshqa din vakillari tomonidan hadya qilingan kiyimlarni kiyganlar. Bundan ekstremistlar o'z g'oya va faoliyatini asoslash maqsadida Islom manbalaridan iqtiboslar olib, etarli ilm va tajribaga ega bo'lmagan izdoshlarini mutaassibona tarbiyalashda foydalanganligini xulosa qilish mumkin.
Yangiqo'rg'on tumani "Shoxo'jaboy" jome masjidi imom xatibi Toxirjon Boltaboyev
Dunyo ko‘zingizga tor bo‘lib ketganda ushbu voqeani eslang
Yetti farzandning otasi edi. Uch o‘g‘il, to‘rt qiz. Katta o‘g‘il ikki yoshdan o‘tar o‘tmas vafot etdi. Ikkinchi o‘g‘il bir yarim yoshida vafot etdi. Uchinchi o‘g‘il ham emizikli vaqtida, o‘n yetti oyligida vafot etdi. Katta qizi turmushga chiqdi va lekin 28 yoshida bandalikni bajo keltirdi. Ikkinchi qizi ham turmushga chiqib, 21 yoshida u ham vafot etdi. Uchinchi qizi 27 yoshida vafot etdi. O‘g‘illari Qosim, Abdulloh, Ibrohim, qizlari Zaynab, Ruqayya, Ummu Kulsum hammalarini o‘z qo‘llari bilan yerga qo‘ydilar. Faqatgina, kenja qizlari Fotimagina o‘zlaridan keyin olti oygina yashadi.
Boshingizga biror tashvish yoki g‘am tushsa, yuqoridagi voqeani eslang. Voqea egasini tanigandirsiz?
Allohumma solli va sallim va barik ’ala Sayyidina Muhammad.