Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Sentabr, 2026   |   15 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:56
Quyosh
06:14
Peshin
12:14
Asr
16:27
Shom
18:18
Xufton
19:32
Bismillah
26 Sentabr, 2026, 15 Rabi`us soni, 1448

Ixtilof

13.01.2023   4799   1 min.
Ixtilof

Ba'zi shaxs va jamoalar o'zlaridan islom etakchilari yasab olishadi. Ular o'z mabda'larini, fikrlarini, rejalarini va strategiyalarini tuzib olib so'ngra Qur'oni karimdan o'sha mabda'larini qo'llab quvvatlaydigan hujjat qidirishadi. Ular o'zlarini islom etakchilari deb hisoblashadi, dinga ergashuvchilar emas.

Aynan ana shu ish Allohga qarshi borishdir. Islomni soxtalashtirishdir. Ana shu kasofatlar sabab maydonda "mo''tadil islom", "radikal islom", "siyosiy islom", "islom ekstremizmi", "islom terrorizmi" kabi atamalar paydo bo'ldi.

Aslida islom bitta. Uni Qur'oni karim va sunnati nabaviyya ifoda etadi. Ana shu asl islomni ifoda etadigan Qur'oni karimni va sunnati nabaviyyani faqatgina pokizalar fahmlashi mumkin. Ya'ni, havoyi nafsidan pokizalar, shaxsiy g'arazlardan pokizalar...

Alloma Abul Hasan Nadviy rahimahulloh o'zining kitobi muqaddimasida aytadi:
"Bu kitobni yozishdan maqsadim bir g'oyaga asos solib so'ngra tarixni o'sha g'oyaga bo'ysundirish emas. Tarixni xolis (beg'araz) o'rganishdir".

Biz o'z qarashlarimizga dindan hujjat-dalil qidirishimiz kerak emas, balki qarashlarimizni dinga moslashtirishimiz lozim. Zero dinni biz emas, aksincha din bizni boshqaradi!



Manbalar asosida tayorlandi
Fazliddin Salimov

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xorazmda imomlar o‘rtasida "Zakovat" va sport musobaqalari o‘tkazildi

29.07.2026   33691   1 min.
Xorazmda imomlar o‘rtasida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakilligi tomonidan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida «Zakovat» intellektual bellashuvi hamda stol tennisi bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi.


Diniy soha xodimlarining intellektual va jismoniy salohiyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirlar qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi.


Musobaqalar yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlandi:


«Zakovat» bellashuvida:

  • 1-o‘rin — Urganch shahri jamoasi;

  • 2-o‘rin — Bog‘ot, Tuproqqal’a va Gurlan tumanlari jamoalari;

  • 3-o‘rin — Yangiariq va Shovot tumanlari jamoalari.


Stol tennisi turnirida:

  • 1-o‘rin — Jumamurodov Jumamurod (Urganch shahri «Oxun bobo» masjidi imom-noibi);

  •  2-o‘rin — Otajonov Davronjon (Qo‘shko‘pir tumani «Shayx Abdulla» masjidi imom-xatibi);

  • 3-o‘rin — Rahmatullayev Ziyovuddin (Bog‘ot tumani «Bejganik bobo» masjidi imom-noibi).

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, esdalik sovg‘alari hamda qimmatbaho tuhfalar bilan munosib rag‘batlantirildi.

Alloh taolo yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qilayotgan diniy soha xodimlarining ezgu sa’y-harakatlariga muvaffaqiyatlar ato etsin. 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Xorazm viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Xorazmda imomlar o‘rtasida Xorazmda imomlar o‘rtasida Xorazmda imomlar o‘rtasida Xorazmda imomlar o‘rtasida
O'zbekiston yangiliklari