Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Sentabr, 2026   |   5 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:44
Quyosh
06:04
Peshin
12:18
Asr
16:41
Shom
18:35
Xufton
19:51
Bismillah
16 Sentabr, 2026, 5 Rabi`us soni, 1448

Ixtilofdan saqlanaylik!

09.01.2023   3222   4 min.
Ixtilofdan saqlanaylik!

Insonning oilasi tinch, yashab turgan manzil-makoni osoyishta ekan unga oilani ravnaqi, farzandlarining ta'lim-tarbiyasi, kelajagi va istiqboliga olib boruvchi barcha omillarga muyassar bo'lajak. Bundan tashqari jamiyatda hayot kechirayotgan odamlarning o'zaro bir-birlariga bo'lgan ishonch va sadoqatlari, mexr-muruvvatlarining samimiy bo'lishi asosan xotirjam bo'lishlikka bog'liqdir. Shu ma'noda Payg'ambarimiz (sollallohu alayxi va sallam) hadislarining birida tinchlik xotirjamlik eng katta ne'mat ekanligini ta'kidlab: "Ikki ne'mat borki, ko'pchilik insonlar uning qadriga etmaydilar, u-xotirjamlik va sihat-salomatlikdir"-deganlar. Demak insonlar uchun xavodek zarur sihat-salomatlik va tinchlik-osoyishtalik ne'matlarning qadr-qimmatiga o'ta axamiyat berish kerak ekanligini xadisi sharifda ta'kidlanmokda.

Ammo, besh panja bir bo'lmaganday, odamlarning ba'zilari qalb xastaligiga uchrab, Yurtimiz ravnaqini ko'ra olmaslik illatiga chalinganlarni borligi kishining afsuslantiradi. Ular xar xil ko'rinishda bo'lishi, xususan diniy okimlarga mansub bo'lishi kishini xavotirga soladi. Vaxolangki, Alloh taolo o'zining kalomida, "Oli Imron" surasining 103-oyatida "(Ey musulmonlar), Allohning arqoniga (diniga) bog'laningiz va bo'linmangiz!" deb xitob qiladi. Demak, barcha mo'min-musulmonlar sof aqida va e'tiqodga ishonib bizlargacha joriy bo'lib kelgan to'g'ri yo'ldan adashmasligimizni ta'kidlamoqda.

Zero, dinda adashish, noto'g'ri aqidalarga ergashish mukaddas dinimizni   ko'rsatmalarini   inkor  qilishlik  bo'lib, natijada insonning o'ziga va o'zgalarga zulm qilishligiga sabab bo'ladi. Oli Imron surasi, 108-oyatda "Alloh olamda hech qanday zulmni bo'lishini xohlamaydi" –deyilgan.

Yuqoridagi ilohiy dalillardan zulm va yomonlik Alloh qaytargan va qilinishi mumkin bo'lmagan tuban amal ekani ko'rinib turibdi.

Haqiqatda islom dini xar qanday sharoitda ekstremistik xarakatlarning zulm keltiruvchi xarakatlarni amalga oshirishiga mutlako qarshi. Purma'no insonparvarlik ta'limotlari o'zida ifoda qilgan dinimiz bo'la turib afsuski, Alloh taoloni ulug' ne'mati bo'lmish tinchlikdan xamma ham barobar bahramand emas. Chunki dunyoni turli burchaklarida qon tukilishlar sodir bo'lmokda. Bu xunrezliklarni dunyo bo'ylab amalga oshirilishi terroristik kuchlarning mukaddas islom dini niqobi ostida sodir etishi sir emas.

Bunday buzg'unchilikdan Kur'oni karimda: "...Alloh bog'lanishga buyurgan narsalarni buzadigan va er yuzida buzg'inchilik kilib yuradigan kimsalar xam borki, ular uchun (Allohdan) la'nat bo'lur va ular uchun noxush diyor (jaxannam) bordir"- deb qaytarilgan. (Ra'd surasi, 25 oyat)

Achinarli tomoni shundaki, ular dinni niqob kilib olgan, uning mohiyatini o'z manfaatlari yo'lida buzib talqin qilayotgan jinoyatchi, qallob, adovat va nizo urug'ini sochayotgan kimsalarning buyruqlarini ijro qilayotganlarini o'zlari xam bilmaydilar. Alloh bo'linmanglar desa, nega musulmonlar bo'linib ketyapti degan tashvishli savol ma'rifatli musulmon kishisida paydo bo'lishi tabiiydir. Shundan kelib chikib xar bir mo'min musulmon kishi bo'linish yomonligini anglab etishi lozim. Zero, bo'linmaslik ahli sunna val jamoa yo'lini tanlash va unga ergashish imon amridir. Ma'lumki, keyingi davrda, paydo bo'layotgan Islom nomi bilan bog'liqligi aytiladigan, lekin aslida musulmonlarning oralariga tafriqa soladigan toifalar bizning yurtimizga begonadir.

            Hozirgi kunda yurtimizga uzoq va yaqin ayrim mamlakatlarda bo'layotgan notinchliklarni qoralaymiz, tez kunlarda tinchlik xotirjamlik va ofiyat ne'matidan baxramand bo'lishliklarini Allox taolodan so'raymiz.      

            Yurtimizdagi omonlik va ofiyat ne'matlari bardavom bo'lsin.  

Bahodir Sharipov,
O'zbekiston Musulmonlari idorasining
Chust tuman vakili

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“The Jordan Times”: Toshkentda islom sivilizatsiyasi va yangi kashfiyotlarga bag‘ishlangan xalqaro media forumi o‘tkaziladi

24.08.2026   47387   1 min.
“The Jordan Times”: Toshkentda islom sivilizatsiyasi va yangi kashfiyotlarga bag‘ishlangan xalqaro media forumi o‘tkaziladi

Iordaniyaning  nufuzli “The Jordan Times” nashrida 24–29 avgust kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh, yangi kashfiyotlar” xalqaro media forumi haqida maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Maqolada yozilishicha, tadbirning asosiy qismi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tadi. Unda xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari, yetakchi ekspertlar va media sohasi mutaxassislari ishtirok etadi.

O‘zbekistonning Iordaniyadagi elchixonasining ma’lum qilishicha, ushbu forum dasturidan yalpi majlislar, media ko‘rgazmalar, matbuot brifinglari va ikki tomonlama uchrashuvlar o‘rin olgan. Uchrashuvlarda hujjatli kino va tarixiy xotira, nashriyot loyihalari va zamonaviy texnologiyalar, xalqaro media loyihalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik talabalar uchun jahon media sanoatining yetakchi vakillari ishtirokida mahorat darslari tashkil etiladi. Ishtirokchilar zamonaviy jurnalistika, media ishlab chiqarish va xalqaro axborot makonida samarali hamkorlik qilish bo‘yicha tajriba almashadi.

Nashrda qayd etilishicha, forum ishtirokchilari 27 avgust kuni Samarqandga sayohat qilishadi. Safar doirasida mehmonlar Imom al-Buxoriy majmuasiga tashrif buyurib, shaharning boy tarixiy-madaniy merosi bilan tanishadi. Shuningdek, Toshkentda xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari uchun maxsus mediatur o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Forum 28 avgust kuni yakuniy yalpi majlis va rasmiy yopilish marosimi bilan yakunlanadi. Mehmonlar O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ham ishtirok etadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari