Hozirgi kunda soxta salafiylikka mansub deb hisoblanadigan yuzdan ortiq tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ular qatorida «at-Tavhid val-jihad» («Yakkaxudolik va jihod», Falastin), «At-tali'a al-muqatila» («Jangchi avangard», Suriya), «Fath al-islam» («Islom fathi», Livan), «Jaysh al-Quds al-islamiy» («Muqaddas islom armiyasi», Iordaniya), «Harakat ash-shabab al-mujahidin» («Mujohid yoshlar harakati», Somali), «Jaysh Abi Bakr as-Siddiq as-salafiy» («Abu Bakr Siddiq salafiy armiyasi», Iroq), «Humaat ad-da'va as-salafiya» («Salafiy da'vat himoyachilari», Jazoir), «al-Jihadiya as-salafiya» («Salafiylik jihodi», Marokash), «Tolibon» («Talabalar», Afg'oniston), «Turkiston islom harakati» («TIH», sobiq «O'zbekiston islom harakati»), «Ittihad al-jihad al-islamiy» («Islom jihodi uyushmasi», «TIH» tarkibidan ajralib chiqqan guruh), «Jamaat Ansarulloh» («Ansorulloh jamoati», Tojikiston), «Jundul xilofa» («Halifalik lashkarlari», Qozog'iston), «Jayshul-Mahdiy» («Mahdiy armiyasi», Qirg'iziston) va boshqa bir qator tashkilotlarni sanab o'tish mumkin.
Qanday shaklda chiqmasin va qanday g'oya ostida harakat qilmasin soxta salafiylikning buzg'unchi mohiyati o'zgarmay qolmoqda. Buni uning islom asoslari buzilishiga olib boradigan:
– Qur'on oyatlarini so'zma-so'z talqin qilish, oyatlarning majoziy ma'nosi borligini rad etish;
– tavhidning yaxlit, bo'linmasligini inkor etish;
– mavludni nishonlash va Rasulullohning shafoatidan umidvor bo'lishni inkor etish;
– o'zlariga ergashmagan musulmonlarni kofirlikda ayblash;
– jihodni islomning oltinchi arkoni, deb e'lon qilishdek g'oyalar misolida ham ko'rish mumkin.
Chust tumani bosh imom-xatibi B.Sharipov
Bugun, 2 sentyabr chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazib, yurtdoshlarimizning murojaat va takliflarini atroflicha tingladi.
Ochiq va samimiy ruhda kechgan qabul jarayonida Toshkent shahri, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan tashrif buyurgan fuqarolarning diniy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish, Umra ziyorati tartibi hamda masjidlar faoliyatiga doir murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida bildirilgan masalalar yuzasidan fuqarolarga shar’iy va huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli mas’ul xodimlarga murojaatlarni qisqa fursatlarda qonuniy hamda ijobiy hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar yuklatildi.
Eslatib o‘tamiz, aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlashga qaratilgan bu kabi fuqarolar qabullari O‘zbekiston musulmonlari idorasi, uning hududiy vakilliklari hamda yurtimizdagi barcha jome masjidlarida har haftaning chorshanba kuni muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati