Ijtimoiy tarmoqlardagi diniy materallar: video, audio, matn va boshqa turdagi kontentlarga "layk" bosganlik yoki boshqalarga “ulashganlik” uchun javobgarlik bormi?
Tekshirilmagan audio-, foto- va videomateriallarni internetdan yuklab olishga ehtiyot bo'ling!
Ijtimoiy tarmoqlardagi tekshirilmagan diniy mazmundagi materiallarga “layk” bosish yoki “ulashish”dan saqlaning!
Buxoro shahridagi "Sayfiddin Boxarziy" (Shayx ul-Olam) jome masjidida zamonaviy talablar asosida barpo etilgan yangi tahoratxona namozxonlar ixtiyoriga topshirildi.
Mazkur inshoot bir vaqtning o‘zida 70 nafargacha namozxonga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega. Shuningdek, unda imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maxsus jihozlangan 4 ta alohida xona ham tashkil etilgan.
Inshoot yozgi va qishki mavsumlarda ibodat qiluvchilar uchun maksimal darajada qulay bo‘lgan barcha zarur sharoitlar, jumladan, isitish va sovitish tizimlari bilan to‘liq ta’minlangan.
Alloh taolo ushbu xayrli ishga hissa qo‘shgan homiylar, mehnat qilgan quruvchi va ustalarning ezgu amallarini dargohida husni qabul aylasin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati