Alloh taolo Islom dinini yuborishi va Qur'oni karimning bosqichma-bosqich nozil bo'lishi, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari bilan musulmonlar axloq va odatlari yaxshilandi, jamiyat gullab yashnay boshladi.
Qur'onda kelgan go'zal axloq va odoblar bugungi kunda ham dolzarb bo'lib, ular nafaqat mo'minlar, balki barcha insoniyat uchun ham foydalidir.
Qur'on mo'minlarga va umuman insoniyatga nimalarni buyuradi?
Davron NURMUHAMMAD
Shu munosabat bilan Samarqand viloyati hokimligi va viloyat vakilligi hamkorligida Qo‘shrabot tumanida keng qamrovli mehr-saxovat tadbiri tashkil etildi. Unda viloyat va tuman hokimligi mutasaddilari, bosh imom-xatib o‘rinbosarlari hamda joriy yilda muqaddas Haj ibodatini ado etib qaytgan hoji otalar ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida tumandagi 16 ta mahallada istiqomat qiluvchi 250 dan ortiq ehtiyojmand xonadonga tashabbuskor hojilar homiyligida maktab formalari va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Muborak safardan qaytgan hojilarimizning bu kabi ezgu ishlarga bosh-qosh bo‘layotgani xalqimiz orasida mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
Matbuot xizmati