Yurtmizdagi xotirjamlik va barqarorlik tufayli xalqimiz barcha ibodatlarni emin Erkin qilmoqdalar, xrnodonlarda to'yu tomoshalar, bayramu shodiyonalap bo'lmoqda. Bu ne'matlarga chin ma'noda shukrona qilish va ularning qadriga etish kerak.
Din niqobidagi turli buzg'unchi oqim va firqalar mamlakatdagi tinchlik, osoyiishtalik, millatlar va dinlar o'rtasidagi ahillikka raxna solish maqsadlardan qaytganlari yo'q Bu esa xar birimizdan doimo xushyorlik va ogohlikni, yoshlar tarbiyasiga ma'suliyat bilan yondoshishni, ularning diniy bilimi va savodxonligini tinmay oshirib borishni, shu yo'l bilan jaxolatga qarshi ma'rifatni qarshi qo'yib ular qalbini chetdan bo'layotgan barcha xurujlardan qat'iy himoya etishni talaba etadi.
Yoshlarimizni turli xil yot oqimlardan himoya qilish dinda mutaassibona e'tiqodda bo'lish va sof islomiy e'tiqoddan bexabarlik sabab jamiyatda beqarorlik va fitnalarni keltirib chiqaradi. Jaholatdan o'zini asrash har bir e'tiqodli insonning musulmon sifatidagi burchidir.
Bugungi kundagi ko'plab muammolarning ildizi mutaassiblik va haddan oshish ekanligini hammamiz chuqur anglashimiz lozim. Dinda mutaassibona harakat, dinda chuqur ketish, haddan oshish, Qur'on va Sunnatda kelgan ta'limotlarga zid ravishda o'z fikriga ergashishdir.
Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam esa: “Dinda haddan oshishdan ehtiyot bo'linglar. Chunki, sizlardan oldin o'tganlarni dinda haddan oshishlik halok qilgandir” deb uqtirganlar.
Diniy mutaassiblik ikki ko'rinishda namoyon bo'ladi. Birinchisi, boshqa dinlarga nisbatan mutaassiblik. Ikkinchisi, dinda mutaassibona harakat qilishdir.
Dindagi mutaassiblik - kufr va shirk, asossiz takfir, nohaq qon to'kishning sababidir. Mutaassibning ishi esa ilohiy ta'limot bir yonda qolib shaxsiy tor tushunchalar uchun kurashish, shu yo'lda o'ziga qarshi chiqqanlarni ko'r-ko'rona dushman e'lon kilish, bu yulda diniy shiorlardan foydalanish va aslida esa ilohiy dinga emas, balki shaxsiy fikrlarga boshqalarni kuch bilan majburlashdir.
Uchqo'rg'on tuman Saidxon eshon jome masjidi imom xatibi Akbarali Yusufjonov
Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami arafasida Buxoro viloyatida jamiyatda milliy-diniy qadriyatlarni mustahkamlash, el-yurt ma’naviyati va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan diniy-ma’rifiy soha xodimlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbarining tegishli farmonlariga muvofiq, diniy sohada samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh soha xodimlari yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar. Marosimda Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari Azizbek Qalandarov ishtirok etib, yig‘ilganlarni qutlug‘ ayyom bilan samimiy qutladi va davlat mukofotlarini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan viloyat hokimligi tashabbusi asosida soha fidoyilariga maxsus vaucherlar taqdim etildi. Tadbirda so‘z olganlar davlatimiz tomonidan ma’naviy-ma’rifiy soha xodimlariga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirdilar.
Bundan tashqari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Jobir domla Elov tomonidan viloyat vakilligi tasarrufida samarali xizmat ko‘rsatib kelayotgan bir guruh diniy soha xodimlariga tashakkurnomalar topshirildi.
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan marosimlarda bunday yuksak e’tibor va ehtirom soha fidoyilarini el-yurt farovonligi va dinimiz sofligini targ‘ib etish yo‘lidagi xayrli faoliyatga yanada kuch-g‘ayrat bilan kirishishga ruhlantirishi ta’kidlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati