Musulmon odamning Qur'on va sahih Sunnatda kelgan nass(shar'iy matn)ga ergashmog'i,
u ikkalasidan hech birida mavjud bo'lmagan narsalarni yaratib olishlikdan saqlanmog'i farz ekanligi borasida musulmonlar orasida ular qaysi firqa yoki qaysi mazhabdan bo'lsalar ham biror bir ixtilof borligini bilmayman. Demak bu turli firqa va mazhablarda bo'lgan va turli asrlarda yashab o'tgan musulmonlarning o'rtasidagi ularning barchalari ittifoq qilgan mushtarak me'yordir.
Shunday ekan ixtilof ularning oralariga qayerdan kelib qolgan va qanday qilib har xil firqa va mazhablarga bo'linib ketganlar? Nima uchun ana o'sha mushtarak me'yor ularni bitta to'g'ri yo'l va to'g'ri so'zga jalb qila olmagan?
Buning javobi shuki, ular ibtido' (dinga yangilik kiritish)ning ma'nosi va undan qilingan iroda haqida ixtilofga borganlaridek ittibo(shar'iy nassga ergashmoq)ning ma'nosi va qoidalari atrofida ham ixtilofga borganlar. Ularni ana o'sha mushtarak me'yor boshqaruvi ostida birlik va ahillikda ish qilmoqdan chiqarib yuborgan asosiy omil ana shudir. Men hozir bu borada shaxsiy mutaassiblik va tashqi omillarning roli borligini tasavvur qilolmayman.
Biroq ittiboning ma'nosini va uning vojibligini anglab etishdagi kelishmovchilikning sababi nimada? Axir bu kalimaning ma'nosi hech bir noaniqlik va ishtibohning belgisi yo'q darajada aniq va ravshan bo'lsa? Ibtido'dan murod nima ekanligidagi kelishmovchilikning sababi nima? Kalimaning “ibdo'” (yangilik kiritish) ekanligi hammaga ma'lumku! Avval bo'lmagan narsani paydo qilish!
Biz ana shu savollarga javob berish uchun ittibo va ibtido'larning ma'nosini alohida -alohida qilib javob bersak.
Birinchi: nassga ergashmoqning ma'nosi.
Biz Qur'ondagi matnga ergashmoq deganda uning lafzlari, jumlalari va iboralarini taammul qilishni nazarda tutishimiz shubhasiz. Bu orqali biz o'sha matnlardan iroda qilingan ma'noni Shore'ning maqsadi va amriga muvofiq keladigan to'g'ri yo'l bilan bilishni, keyin esa o'sha o'zimiz o'rganib chiqqan va iroda qilingan ma'nolarga amal qilishni istaymiz.
Qur'onda kelganlarga ergashmoqni o'ziga qaror qilgan olim ana shu joyda nasslarni sharhlashda qo'llaniladigan, agar o'shalardan foydalanilmasa arab kishisi ham arabiy iboralarning ma'nosini tushuna olmaydigan arab tili qoidalarini yaxshi bilishga majbur bo'ladi.
Ana shu qoidalar hammasi bo'lib ikki qismga dalolatlar va bayonga bo'linadi.
Dalolat haqida gapiradigan bo'lsak, ulardan maqsad so'zlarning ma'nolarga dalolat qilishi asoslaridir. Agar kayfiyat nuqtai nazaridan bo'lsa, ularni haqiqat, majoz va mushtarak, nutqning va tushunchaning dalolati va hokazolar deb ataydilar. Agar kuchlilik va kuchsizlikdagi tafovut yuzasidan bo'lsa, muhkam, mufassar, nass, zohir, xafiy, mushkil va mujmal deb ataydilar.
Shuningdek ularga aloqador qoidalar, hukmlar va shartlar ham borki ularni yaxshi bilish, ana shu dalolatlarga e'timod qiladigan vaqtda ulardan foydalanish lozim bo'ladi.
Endi bayonga kelsak, bas, undan maqsad quyidagi holatlarda arab tilida rioya qilinadigan qoidalar va asoslarni mulohaza qilishlikdir:
A) xoss dalolatli ibora bilan umumiy dalolatli boshqa bir iboraning o'rtasida ayni hukm borasida juz'iy qarama-qarshilik voqe bo'lib qolganida. Ana shu joyda bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan bu ikki jumlalar o'rtasini muvofiqlashtirishga asos bo'ladigan qoidalar mavjuddir.
B) mutlaq bilan muqayyadning orasida juz'iy qarama ¬ qarshilik uchrab qolgan paytda. Bu joyning ham boshqa bir qoidalari borki ularning ishi o'sha ikki jumlalarning o'rtasidagi muvofiqlikni o'z o'rniga qaytarishdir.
J) qaysidir so'zni ta'vil qilishni va uni o'zining zohiriy asl ma'nosidan chiqarib olishni talab qiladigan sabablar vujudga kelgan vaqtda. Zotan ana shu vaziyatning arab tiliga oid ma'lum qoidalariga e'timod qiladigan va ularga murojaat qilish vojib bo'ladigan mezonlari mavjuddir.
D) dalolati noaniq bo'lgan, ayni mavzuga aloqador boshqa iboralar va alomatlarga murojaat qilish orqaligina undan iroda qilingan ma'no aniq bo'ladigan (mujmal) kalimaga duch kelingan vaqtda.
Ammo nasslarning dalolatlari ilmi va ma'nolarining bayoni ilmiga poydevor vazifasini o'tab beradigan ana shu qoidalarning barchasida ham bu soha ya'ni arab tili va fiqh ulamolari hamfikr bo'lgan emaslar. Ma'lumki nasslarning tafsir qilish qoidalari dalolatlar va fiqhning tilga doir asoslaridan kelib chiqadigan neytral qoidalari ham bor. Uni esa arab tilining mutaxassis ulamolari yaxshi biladilar. Demak shunday ekan ana shu joyda lug'at ulamolari o'rtasidagi ixtilofli nuqtalar kalom ulamolari va Islom shariati ulamolaridan iborat bu borada bahs olib boradigan kishilarning ijtihodlarida o'z aksini ko'rsatgan bo'lishi lozimdir.
Kalom ulamolari nazdida ana shu qoidalar borasida bir ¬ biridan farq qilguvchi ijtihodlardan islomiy firqalar deb ataladigan gaplar chiqib kelgan bo'lishi kerak bo'ladi. Shariati Islom ulamolarining nazdida ana shu qoidalar borasida bir ¬ biridan farq qilguvchi ijtihodlardan fiqhiy mazhablar deb ataladigan gaplar kelib chiqqan bo'lishi kerak bo'ladi.
Nasslarga sharh berish qoidalari borasida bo'lgan ixtiloflarning natijasi ana shular va ular har xil mazhablar va firqalarning paydo bo'lishida namoyon bo'ladi.
Ulamolarning bid'at va uning ma'nosi borasidagi ixtiloflari, ana shu firqalarning Islomning borlig'ida mustahkam o'rnashib olishidagi ta'siri haqidagi so'zlar ham shunga yaqindir.
Endi men sizga ularni ayrim tafsilotlari bilan alohida tushuntirib beraman:
Ulamolar bid'atga juda ko'p ta'rif berganlar. Biroq bu o'rinda imomlar ixtilof qiladigan boshqa ta'riflarda o'zini ko'rsatadigan umumiy maxraji ham bor va ulamolarning barchalari bu masalada hamfikrdirlar. U ham bo'lsa: bid'at¬ dinning aqidaviy asoslari yoki suluk bilan bog'liq ahkomlariga hech bir dalil ¬ xujjat yo'q bo'lgani holda biror bir yangi narsani kiritishdir.
Ana shu ma'nodagi bid'atning harom ekanligi umumiy maxrajdir. Kim bo'lishlaridan qat'iy nazar musulmonlar orasida ixtilof mahalli bo'lmasligi lozim bo'ladi. Lekin musulmonlar, aslini olganda, ixtilof qildilar va shu sababli ularning ichida har xil firqalar va mazhablar vujudga keldi.
Bu boradagi ixtilof manbai ikki ishda o'z xulosasini topadi:
Birinchi ish: juz'iy voqealarga bid'atning muttafaqun alayhi bo'lingan ta'rifini ishlatishga bo'lgan urinish paytida voqe bo'ladigan xilof. Shu narsa ma'lumki bu narsa ko'pincha nazar, munoqasha ufqlarini ochib beradi va ehtimollik taraflarni harakatga keltiradi va natijada prinsiplar va ta'riflarga ittifoq bo'lingan tarafdan o'sha tatbiqotlarda xilof voqe bo'ladi. Ana shu tatbiqni usulul fiqh ulamolari tahqiqul manot(1) deb ataydilar.
Ana shular jumlasidan qazo va qadar tafsilotlari haqidagi bahslar, majburlik va ixtiyoriylik haqidagi savollarga sho'ng'ishlikning bid'at yoki bid'at emasligi haqida ixtilof sodir bo'lganidir.
Shuningdek din asoslari va Islom aqidasini himoya qilishda ilmi kalom, falsafa fanining istilohlari va mantiq ilmi qoidalaridan foydalanish haqida ham xilof sodir bo'lgani.
Shulardan yana biri mubtadi'lar bilan ular tutgan botil yo'llari haqida so'zlashish va munozara qilish bo'lib, bu ham ixtilofli masalalardandir.
Ana shular va shularga o'xshash juz'iy ishlarda ulamolar ijtihod olib borganlar: bid'at so'zining muttafiq bo'lingan ma'nosini ularga ham ishlatsa bo'ladimi yoki yo'qmi?
Ikkinchi ish: o'zlarini ilmli qilib ko'rsatayotganlardagi ilmsizlik. Ular hamma vaqt bor bo'lganlar. Zotan ularning ishlari bid'atni sharh qilishda o'zlari bilgan mazhabga yurishdir. Bunda ular hech qanday ilmiy qoidalarga amal qilmaydilar yoki bu borada imomlarning qarorlariga ergashmaydilar.
Oqibatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qilmagan har qanday yangi ish ularning nazarlarida bid'at bo'lib ko'rinadi. Shunday ekan unga qarshi, o'sha bid'atni qiladiganlarga qarshi kurashish kerak bo'ladi deydilar. Shunga binoan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kiymagan yangi liboslarni kiyish ham bid'at bo'lib chiqadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ishlatmagan duo iboralarini ishlatish bid'at. Rasululloh ishlatmagan salovot iboralarini ishlatish bid'at. Muayyan bir kunning biror soatida Allohning zikri uchun to'planish agar o'sha vaqtda Rasululloh o'tirmagan bo'lsalar, bid'at. Musulmonlarning iyd namozini ado etish uchun rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'qib yurgan namozgohdan boshqa jome' masjidlarga borishlari bid'at. Shunday ekan demak ana o'shalarning barchasi harom bo'lishi kerak. Chunki har qanday bid'at zalolatdir. Ichida zalolat bor ishni qilayotgan kishi harom ishdan boshqasini qilmayotgan bo'ladi.
Bid'at bu aqida yoki sulukka oid bir ishni dinga olib qirish ekanini va uning dindan bo'lmasligini yuqorida bilib oldingiz. Lekin Allohning zikri dindan¬ku! Duo qilish dindan-ku! Rasulullohga salovot aytish dindan¬ku! Ikki iyd namozlarini ado etishlik dindan¬ku! Rasulullohning biror bir ishni qilmagan ekanliklarining o'ziyoq o'sha ishni qilishlikning harom ekanligiga dalil ¬ xujjat bo'la olmasligini bilsangiz kerak. Ya'ni, u zotning ba'zi ishlarni qilmaganliklarining yolg'iz o'zi bilan o'sha ishlarni qilishlikning harom ekanligi kelib chiqmaydi. Bunda biz aytib o'tgan misollar ham boshqalari ham barobardir.
Bu narsaga ijtihodiy omillarning roli ittibo' va ibtido'ning ma'nolarini anglab etish masalasiga ixtilofning kirib kelishi doirasida cheklanib qolishi sabab bo'lgan. Biz har xil firqalar va mazhablarning vujudga kelishidagi eng muhim sabablardan biri ana shu omillar ekanligini bilgan edik.
Ammo biz ¬ana shu omillar haqida so'z yuritayotib¬ bu masalada shaxsiy mutaassiblikning ham, tashqi omillarning ham roli bo'lmaganligini faraz qilgan edik. Ana o'sha vaqtda shuni faraz qilishimizga sabab omillar ko'payib ketib, bir-birlariga o'xshab qolmasin uchun edi. Albatta ana shu ikki omilning ixtilofni paydo qilish hatto ixtilof qilishga vajh bo'lmagan ishlar yoki nuqtalarga ham olib kirishida kattagina roli bordir. Buning uchun ayrim misollar ustida to'xtalib o'tsak:
Masalan, ittibo' va ibtido' masalasida Qur'onda shunday nasslar kelganki ularni o'zlarining asl ¬ haqiqiy ma'nolaridan majoziy ma'noga olib chiqish zarur ekanligiga shar'iy ijmo' va lug'aviy yakdillik bordir.(Va bu ta'vil qilish deyiladi).
Masalan:
وَاصْبِرْ لِحُكْمِ رَبِّكَ فَإِنَّكَ بِأَعْيُنِنَا (Tur: 48- oyat)
(«Bas, Robbing hukmiga sabr qil. Albatta, sen ko'z o'ngimizdasan».)
Bu oyatdagi «أَعْيُنِنَا» kalimasi Nabiy sollallohu alayhi vasallam uchun makonlik vazifasini o'tab bera olmasligi, uning ma'nosi nazorat va himoya ekanligiga ijmo' bo'lingandir. Yana Qasos surasi 88-oyatida:
كُلُّ شَيْءٍ هَالِكٌ إِلَّا وَجْهَهُ
(«Undan o'zga har bir narsa halok bo'lguvchidir»)
kelgan «وَجْهَهُ» ni bir zotning juzi bo'lgan haqiqiy ma'nosi bilan tafsir qilib bo'lmaydi. Shunday ekan uni ta'vil qilish kerak bo'ladi.
Shunday bo'lsada bugun o'zlarini salafiy deb hisoblaydiganlarning ichida ana shu ikki kalima va ularga o'xshaganlarni haqiqiy ma'nosi bilan tafsir qiladiganlar, nochorlik yuzasidan ta'vil qilishga moyil bo'lganliklari uchun ash'ariylar va moturiydiylarni fosiq va mubtadi'larga chiqaradiganlar bor. Shu narsa aniqki biror shaxs va mazhabga mutaassiblik qilish ¬ ana shulargina ularni ijmo'ni buzishlariga etaklab kelgandir. Bunga dalil ¬ hujjat olamlar Robbisining zotidan yuzidan boshqasi ham foniy ekanligi kelib chiqishini ular to'g'ri tushunmasliklaridir. Ular Alloh taoloning «فَإِنَّكَ بِأَعْيُنِنَا» degan so'zining zohiriga muvofiq Rasulullohning «أَعْيُنِنَا» (ko'zlarimiz.tarj.) ga sig'ishib ketishlari kelib chiqishini to'g'ri anglab etmasliklaridir.
Biroq, mutaassiblik ta'vil qilishni taqozo qiladigan bo'lsa, uni ta'vil qilish juda engil ishdir. Zero, Alloh taoloning: «يُحِبُّهُمْ» degan so'zidagi Uning bandalariga bo'lgan muhabbatini ulardan rozi bo'ladi, deb, «يُحِبُّوْنَهُْ» dagi bandalarning Unga bo'lgan muhabbatlarini Unga itoat qiladilar, Uning amru farmonlariga bo'yinsunadilar, deb ta'vil qilinadi.
Buning aksi o'laroq boshqa bir firqa yoki firqalar borki ular Allohning Kitobidagi ta'vil qilib bo'lmaydigan, arab tili qoidasi bo'yicha faqat o'z haqiqatiga binoan tafsir qilishga ijozat beriladigan qat'iy nassdan yuz o'giradilar va o'zlarida o'rnashib qolgan mutaassibliklari talab qiladigan ma'noni deb uni e'tiborga olmaydilar.
Shulardan biri Alloh taoloning Kitobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan hammasiga yaxshilik va oliy maqomlik bilan shohidlik berishi, Huld jannatlaridagi doimiy farog'atda bo'lishlarini O'z zotiga qat'iy va'da qilib olishidir. Bu Alloh azza va jallaning: «Muhammad Allohning Rasulidir. U bilan birga bo'lganlar kofirlarga shiddatli, o'zaro rahimdildirlar», degan so'zida kelgandir. Biroq kuchli mutaassiblik va Uning o'rniga o'z mizojlarini hokim qilib olganliklari tufayli ayrim firqalar barcha sahobalar uchun bo'layotgan ana shu rabboniy shohidlikdan yuz o'giradilar. Oqibatda ana shu mizojlar Allohning Kitobidagi ana shu qat'iy va aniq ¬ ravshan iborani ko'rmaganlikka olib, Rasulullohning sahobalarini rizolik va qabullikka erishgan «tanlanganlar»ga hamda yomonlik va azobli iqob bilan ortga qaytgan «og'ishganlar»ga taqsimladilar.
Shulardan yana biri Allohning Kitobi Rasulullohning zavjai mutohharalariga ularning hammalarini mo'minlarning onalari deb atashlik bilan kiygazgan xil'atdir. Bu Uning: «Nabiy mo'minlar uchun o'zlaridan ko'ra haqlidir. Uning ayollari esa, ularning onalaridir», degan so'zida kelgan. Ana o'sha odamlar o'zlarining mutaassibliklari taqozosi bilan ish ko'rib rasulullohning zavjalari o'rtasini ham mutaassiblik va mizojlariga qarab taqsimladilar. Ya'ni, Oisha roziyallohu anho mo'minlar onalariga Alloh bergan ana o'sha xil'atdan mosivodir, dedilar va Rasululloh indamasdan jim turishlari mumkin bo'lmagan, Allohning Kitobidagi qat'iy aniq bo'lgan nassga muvofiq kelishi mumkin bo'lmagan tuhmatlarni qildilar.
Nihoyat, quyidagi xulosa ushbu bahsimiz ichidagi so'ngi so'z bo'ladigan, uning ustida to'xtalib bir tafakkur yuritiladigan eng asosiysi bo'lsa ajab emas:
Biz qat'iy nasslarga ergashish, ularga qarshi chiqmaslikning ma'nolari haqida tushuncha berayotib, sabablari va misollari bilan keltirgan ijtihodiy ixtiloflarda hech bir muammo yo'qdir.
Harom bo'lgan bid'atning ma'nosini belgilashdagi ijtihodiy ixtiloflarda ham hech qanday muammo mavjud emas. Modomiki ijtihod bir qancha ma'no va dalolatni qabul qiladigan nasslarda o'z ifodasini topgan bo'lsa yoki hamfikr bo'lingan qoidalar yo ijmo' bo'lingan ta'riflarni ko'plab juz'iyotlarga tatbiq qilishda namoyon bo'lgan bo'lsa. Va bu tanqihul manot(2) deb ataladi.
Shuning uchun ana shu har xil ilmiy yoki fiqhiy ijtihodlardan kelib chiqqan firqalar va mazhablar ixtilofning shar'iy doirasidan chetga chiqmaydilar. Shuning uchun ular o'zlarining islomiyliklarini yo'qotishlari mumkin emas. Ularga nazar solayotganimizda ularni o'z ijtihodlari borasida dindan bo'lmagan ishlar bilan shug'ullanayotganlar sifatida qarashimiz mumkin emas.
Lekin ahli sunnat va jamoatning mazhabi doirasida bo'lmagan ijtihod Qur'onda kelgan ta'vil qilib bo'lmaydigan nass yoki Rasulullohning ta'vilni qabul qilmaydigan darajadagi mutavotir hadislariga ochiq ¬ oydin qarshi chiqishga chaqirar ekan bu masala butunlay boshqacha tus oladi.
Musulmonlarning imomlarining mazhablaridan yuz o'girish orqasida berkilib yotgan omil ¬ bu nafsga yoki birovga, ba'zi paytlarda jamoatga mutaassiblik qilishdan boshqa narsa emas ekanligiga shubhamiz yo'qdir. Ba'zan ishning xatari ziyoda bo'lib ketganidan bir yoki ko'plab tashqi taraflarga o'tib ketadi. Keyin esa musulmonlarni bir birlari bilan qarama¬ qarshi qilib qo'yadigan sabablarni yaratish va fitnalar olovini yoqishlik uchun ana shu mutaassiblik manbalariga asos solinadi.
Doktor Muhammad Saiyd Ramazon Butiy
(1) Tahqiqul manot - nassning juz'iy ishga muvofiq kelishini aniqlash. Ya'ni, far'iy masalada illatning borligini isbotlashdir. Masalan, qabrlarni ochib o'g'irlik qiladigan kishining qo'lini kesish uchun uning o'g'ri ekanligini isbotlab berish. Bu erdagi illat o'g'irlikdir.
(2) Tanqihul manot- hukm chiqarish kerak bo'ladigan ishning aslidagi illatini o'rganishdir. Masalan, bir a'robiy o'zining ko'kragiga urib, sochlarini yulib: “Halok bo'ldim va halok qildim”, degancha Nabiy alayhissalomning huzurlariga keldi. Rasulluloh sollallohu alayhi vasallam: Seni halok qilgan narsa nima? dedilar. U: Ramazonda ayolimga yaqinlik qilib qo'ydim, dedi. Bir qul ozod qil, dedilar u zot. O'zimdan boshqa qulga kuchim etmaydi dedi u. Unday bo'lsa, ketma ¬ ket ikki oy ro'za tut, dedilar. Meni shu halokatga solib qo'ygan narsa ro'zaning o'zi ¬ku, dedi a'robiy. Bo'lmasa, oltmishta miskinga taom bergin, dedilar. Menda taom beradigan narsa yo'q, dedi u...
Demak, uning a'robiy ekani, “halok bo'ldim” deb dod¬ voy solgani, ko'ksiga urib, sochlarini yulgani hukmni o'zgartirmadi. Unda nima qoldi? Ramazon oyida yaqinlik qilishi. Demak ana shu illat bo'ladi.
Alouddin Hofiy
18 avgust Toshkentning nafaqat diniy, balki madaniy va ilmiy merosi tarixida muhim o‘rin tutuvchi sana. Qur’oni Karimning eng qadimiy qo‘lyozmalaridan biri sifatida e’zozlanadigan Usmon Mus'hafi asrlar davomida Markaziy Osiyo tarixining turli bosqichlariga guvoh bo‘lib kelgan, xabar bermoqda iccu.uz.
Ushbu nodir qo‘lyozma yirik hajmdagi pergament varaqlarga yozilgan bo‘lib, matni qadimiy Hijoz xatida bitilgan. Mus'hafda hozirgi arab yozuvidagi nuqta va harakat belgilari mavjud emas. Manbalarda uning saqlanib qolgan qismi 338 yoki 353 varaqdan iborat ekani haqida turli ma’lumotlar uchraydi. Ayrim yo‘qolgan pergament varaqlar keyinchalik qog‘oz bilan almashtirilgan. Qo‘lyozmaning aniq sanasi xususida ilmiy adabiyotlarda turli qarashlar mavjud.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Mus'haf uzoq yillar Samarqandda saqlangan. 1868–1869 yillarda u Sankt-Peterburgga olib ketilgan va Imperator xalq kutubxonasiga topshirilgan. 1905 yilda qo‘lyozmaning 50 ta faksimile nusxasi ko‘chirilgan. 1917 yildagi siyosiy o‘zgarishlardan keyin musulmon ulamolarining talabi bilan Mus'haf avval Ufaga, keyin esa O‘rta Osiyoga qaytarilishi jarayoni boshlangan.
1924 yilda Usmon Mus'hafi Tatariston, Boshqirdiston va Turkiston ulamolaridan tashkil topgan maxsus kuzatuvchilar hamrohligida maxsus poyezd orqali Ufadan Toshkentga olib kelindi. Toshkentga olib kelinganidan so‘ng Mus'haf bir muddat shahardagi masjidlardan birida saqlandi. Keyinchalik uning asrab-avaylanishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga topshirildi.
1989 yil 14 mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Musulmonlarning IV quriltoyida O‘zbekiston hukumati qarori bilan Usmon Mus'hafining musulmonlar ixtiyoriga qaytarilgani e’lon qilindi. Keyinchalik u O‘zbekiston musulmonlari idorasi ixtiyoriga topshirildi. Mus'haf bir muddat Hazrati Imom majmuasidagi «Mo‘yi Muborak» madrasasi muzey-kutubxonasida maxsus sharoitda ham saqlandi.
Usmon Mus'hafining tarixiy va madaniy ahamiyati xalqaro miqyosda ham e’tirof etilgan. 1997 yilda qo‘lyozma YUNЕSKOning «Memory of the World» — «Jahon xotirasi» dasturi ro‘yxatiga kiritilgan.
2025 yil 13 noyabr — Usmon Mus'hafi tarixida yana bir muhim sana. Aynan shu kuni nodir qo‘lyozma O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga olib kelindi. Bugun Qur’on zalidagi asosiy eksponatlardan biri sifatida alohida o‘rin egallab, yurtimizning ko‘p asrlik diniy, ilmiy va ma’naviy merosini namoyon etuvchi bebaho yodgorlik sifatida taqdim etilgan. Shuningdek, Markazda turli davrlarda Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar va Temuriylar davrida ko‘chirilgan Qur’on nusxalarini ham ko‘rish mumkin. Usmon Mus'hafi tarixi bu faqat bir qo‘lyozmaning tarixi emas. Bu asrlar osha saqlangan ilmiy va ma’naviy meros, uni asrab-avaylagan avlodlar xotirasi va O‘zbekiston zaminida shakllangan buyuk islom sivilizatsiyasining uzviy davomiyligi haqidagi tarixdir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati