Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Noyabr, 2026   |   1 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:45
Quyosh
07:06
Peshin
12:12
Asr
15:26
Shom
17:10
Xufton
18:26
Bismillah
11 Noyabr, 2026, 1 Jumadul soni, 1448

29.12.2022   308   1 min.
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Haj xizmatlari bo‘yicha seminar-trening muvaffaqiyatli yakunlandi

11.11.2026   105   1 min.
Haj xizmatlari bo‘yicha seminar-trening muvaffaqiyatli yakunlandi

Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi tashabbusi bilan Jidda shahrida «Haj – 2027» mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish doirasida haj ishlari idoralari mas’ullari uchun maxsus o‘quv-amaliy dastur bo‘lib o‘tdi.

Haj sohasi tarixida ilk bor tashkil etilgan mazkur dastur ziyoratchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda ularning sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, unda o‘zbekistonlik mutaxassislar ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

O‘quv mashg‘ulotlari ishtirokchilarning kasbiy mahoratini oshirish, tashkiliy ishlarni rejalashtirish, tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish hamda nazorat mexanizmlarini takomillashtirishga yo‘naltirildi. Shuningdek, dastur davomida xavf-xatarlarning oldini olish hamda muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Malaka oshirish kurslari quyidagi 11 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha olib borildi:

  • Mavsumga oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rish;
  • Transport ta’minoti va logistika xizmati;
  • Ziyoratchilar harakatini boshqarish;
  • OAV, targ‘ibot va media faoliyati;
  • Oziq-ovqat ta’minoti va ovqatlantirish tizimi;
  • Muqaddas qadamjolarda xizmat ko‘rsatishni tashkil etish;
  • Muloqot madaniyati va sifatli xizmat ko‘rsatish mezonlari;
  • Mehmondo‘stlik markazlari faoliyatini boshqarish;
  • Tibbiy xizmat va ziyoratchilar salomatligini muhofaza qilish;
  • Ziyoratchilarni joylashtirish va mehmonxona xizmatlari;
  • Ziyoratchilar guruhlarini samarali boshqarish.

Dastur davomida ishtirokchilarning bilim va malaka darajasini xolis baholash maqsadida maxsus yagona raqamli baholash tizimi tatbiq etildi. Sinov va amaliy mashg‘ulotlar yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonlik vakillar o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlab, maxsus sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar.

Mazkur o‘quv-seminari kelgusi haj mavsumiga erta va tizimli tayyorgarlik ko‘rish, sohadagi barcha bo‘g‘inlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda muborak safar jarayonlarini yuksak saviyada tashkil etishda muhim  ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari