Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Sentabr, 2026   |   7 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:47
Quyosh
06:06
Peshin
12:17
Asr
16:38
Shom
18:32
Xufton
19:47
Bismillah
18 Sentabr, 2026, 7 Rabi`us soni, 1448

Hamdardlik bildiramiz

06.01.2024   1375   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O'zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Toshkent shahar Uchtepa tumani "Fayzulloxo'ja o'g'li Murodhoji" jome masjidi imom-xatibi Dilshod domla Qo'chqorovning padari buzrukvorlari vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etadi.

Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo'lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o'stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.

Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o'zlariga hamroh aylab, O'z mag'firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.

O'zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o'qituvchi-mudarrislari nomidan Dilshod domla Qo'chqorovga, u kishining oila a'zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Janoza namozi bugun, 6 dekabr' kuni soat 13:30 da Farg'ona viloyati Beshariq tumani Dehqonto'da qishlog'idagi Dilshod domlani uyida o'qiladi.

"Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji'uun".

«Musibat etganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering». 

O'zbekiston musulmonlari idorasi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ozarbayjonning tabarruk qadamjolari ziyorat qilindi

16.09.2026   14441   1 min.
Ozarbayjonning tabarruk qadamjolari ziyorat qilindi

Ozarbayjon safari davomida Turkiy davlatlar muftiylari va anjuman ishtirokchilari Boku, Fuzuliy, Ag‘dam, Shusha singari shaharlardagi muborak qadamjolarni ziyorat qilishdi. Xususan, Boku shahridagi Sayyid Yahyo Bakuviy ziyoratgohi va "Shahidlar xiyoboni"da bo‘ldilar.

Tashkilotchilar iltimosiga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ag‘dam shahridagi tarixiy “Juma” masjidida turli davlatlardan kelgan muftiylar, ulamolar va martabali mehmonlarga peshin namozida imomlik qilib berdilar.

 Ziyoratlar asnosida ulamolar tomonidan Qur’oni karim oyatlari o‘qilib, qardosh ellar tinchligi, barqarorligi va birdamligini so‘rab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari