Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Noyabr, 2026   |   1 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:45
Quyosh
07:06
Peshin
12:12
Asr
15:26
Shom
17:10
Xufton
18:26
Bismillah
11 Noyabr, 2026, 1 Jumadul soni, 1448

23.12.2022   4118   1 min.
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ajrimdan kimlar ko‘p jabrlanadi?

11.11.2026   3553   5 min.
Ajrimdan kimlar ko‘p jabrlanadi?

Bir lahza tasavvur qiling: kechagina kulgu va shodlikka to‘lgan xonadon bugun sukutga cho‘mgan. Bir dasturxon atrofida yig‘ilgan oila a’zolari ikki tomonga ajralgan. Eng og‘iri esa, ota ona kelishmovchiligining jabrini tortgan bola bu holatni anglashga qiynaladi. Uning qalbini javobsiz savollar qiynaydi: «Nega oilamiz parchalandi? Nega endi otam yoki onam har kuni yonimda emas? Mening aybim nima?»


Bugungi kunda ajrim masalasi nafaqat huquqiy yoki oilaviy muammo, balki millatning ma’naviy kelajagiga daxldor bo‘lgan dolzarb masalaga aylanmoqda. Chunki har bir ajrim ortida bir necha taqdirning og‘rig‘i yotadi.


Inson dunyoga kelib ilk bor mehrni oilada ko‘radi. Ilk tarbiyani oilada oladi. Yaxshilik va yomonlik haqidagi dastlabki tushunchalar ham shu muqaddas dargohda shakllanadi.


Shu bois Islomda oila muqaddas qadriyat sifatida ulug‘langan. Chunki oila insonning nafaqat yashash manzili, balki ma’naviy kamolot maktabidir.


Alloh taolo Odam alayhissalomni yaratgach, jannat ne’matlarini muhayyo qildi. Ammo inson tabiatining komilligi juftlik bilan namoyon bo‘lishi uchun Havvo onamizni yaratdi. Bu voqea insonning yolg‘iz emas, balki oila bag‘rida barkamol bo‘lishini anglatadi.


Hayot tajribasi ham bu haqiqatni tasdiqlaydi. Umr yo‘ldoshidan ayrilgan keksa insonlarning: “Men yetimday bo‘lib qoldim”, degan so‘zlari bejiz aytilmaydi. Chunki inson hayotida mehr, hamdardlik va ruhiy tayanchning eng yaqin manbai – oila. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: “Nikoh mening sunnatimdir. Kim mening sunnatimdan yuz o‘girsa, u mendan emas” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).


Ushbu hadis nikohning musulmon hayotidagi o‘rnini yaqqol ko‘r satadi. Islom insonni hayot mas’uliyatlaridan qochishga emas, balki halol nikoh qurib, oila degan muqaddas omonatni yelkasiga olishga chaqiradi.


Chunki haqiqiy taqvo faqat ibodatlarda emas, balki insonning o‘z zimmasidagi haq-huquqlarni ado etishida ham namoyon bo‘ladi. Erning xotin oldidagi burchi, xotinning er oldidagi mas’uliyati, ota-onaning farzand tarbiyasidagi vazifasi – bularning barchasi ibodatda rajasiga ko‘tarilgan amallardir.


Odatda ajrim haqida so‘z ketsa, erning haqligi yoki xotinning haqligi muhokama qilinadi. Har kim o‘z dardini aytadi. Har kim o‘zini oqlashga harakat qiladi. Ammo ko‘p hollarda bir muhim haqiqat e’tibordan chetda qoladi. U farzand taqdiridir. Ota-ona o‘rtasidagi kelishmovchilik bir kunlik bo‘lishi mumkin, ammo uning asorati bola qalbida yillar davomida saqlanib qoladi. Kattalar qabul qilgan qarorning yukini ko‘pincha farzandlar ko‘tarib yuradi.


Shuning uchun har qanday oilaviy nizoda ota-ona: “Men nima yutaman yoki yutqazaman?” degan savoldan oldin, “Farzandim nima yo‘qotadi?” degan savolni berishi lozim. Ba’zan bir og‘iz shirin so‘z, biroz sabr yoki kechirim butun bir oilani jarlikdan saqlab qolishi mumkin. Alloh taolo marhamat qiladi: «Uning alomatlaridan (yana biri) – sizlar (nafsni qondirish jihatidan) taskin topishingiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratgani va o‘rtangizda inoqlik va mehribonlik paydo qilganidir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan kishilar uchun alomatlar bordir» (Rum surasi, 21-oyat).


E’tibor qiling, muhabbat Alloh taolo qalblarga joylaydigan ne’mat sifatida ta’riflanmoqda.


Demak, oilada mehr-muhabbat bo‘lishi kerak, ammo uni saqlab qolish uchun sabr, hurmat, vafo va mas’uliyat zarur.


Bugun hukumatimiz sa’y-harakati bilan yurtimizda yangi uylar qurilib, yangi mahallalar bunyod etilmoqda, iqtisodiy imkoni yatlar kengaymoqda. Shunga mos ravishda biz – fuqarolar ham qalblar o‘rtasidagi rishtalarni asrab qolishimiz lozim. Chunki mustahkam davlat mustahkam oilalardan boshlanadi. Farzand tarbiyasi haqida qayg‘urgan har bir inson, avvalo, oila tinchligi haqida qayg‘urishi kerak. Chunki baxtli farzand tasodifan voyaga yetmaydi – u mehr, hurmat va ahil inoqlik hukm surgan oilada kamol topadi.


Oila shunchaki bir tom ostida yashash emas. Oila – mehr maktabi. Oila – sabr darsi. Oila – tarbiya maktabi.


Shuning uchun ham, aziz yoshlar, nikohni yengil sanamay lik, ajrimni oddiy qaror deb bilmaylik. Chunki bir oilaning saqlanib qolishi ba’zan bir in sonning emas, butun bir avlod ning baxtini saqlab qolishi mumkin.


 Bugun har birimiz o‘zimizga: “Men oilam mustahkamligi uchun nima qilyapman?” degan savolni berishimiz kerak.


Agar har bir er o‘z mas’uliya tini, har bir xotin o‘z burchini, har bir ota-ona farzandlari haqini chuqur anglasa, oilalarda mehr-muruvvat, vafo-sadoqat, baraka, totuvlik kuchayib, ajrimlar kamayadi, farzandlar baxtli va millatning ma’naviy poydevori mustahkam bo‘ladi.


Shayx Nuriddin XOLIQNAZAR,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy

“Islom nuri” gazetasining 2026 yil 15-sonidan

http://hidoyatuz.taplink.ws

Kun mavzusi