Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Noyabr, 2026   |   1 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:45
Quyosh
07:06
Peshin
12:12
Asr
15:26
Shom
17:10
Xufton
18:26
Bismillah
11 Noyabr, 2026, 1 Jumadul soni, 1448

22.12.2022   453   1 min.
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yurtimizda "Ramazon – 2027" taraddudi boshlandi!

11.11.2026   3482   1 min.
Yurtimizda

Muborak Ramazon oyi kirib kelishiga ham uch oyga yaqin vaqt qoldi. Shu bois mamlakatimizda ushbu ulug‘ ayyomga, jumladan, masjidlarimizdagi taroveh oqshomlari va xatmi Qur’onlarning yanada fayzli o‘tishiga hozirdan qizg‘in tayyorgarlik ishlari boshlandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbusi bilan mo‘min-musulmonlarni xushnud etadigan xayrli loyihaga qo‘l urildi.

Unga ko‘ra, Diniy idoraning Masjidlar bilan ishlash hamda Qur’on va tajvidni o‘rgatish bo‘limlari hamkorligida kelgusi Ramazonda yurtimiz masjidlarida xatmi Qur’onga o‘tadigan qorilarning bilim va malakasini oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu tashabbusning ilk amaliy qadami sifatida shu yilning 9 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti, viloyatlar va Toshkent shahar vakilliklari, shuningdek, diniy ta’lim muassasalarida qorilar uchun o‘quv jarayonlariga start berildi.

Kichik guruhlar asosida tashkil etiladigan bir haftalik (jami 36 soat) mashg‘ulotlarda 300 ga yaqin qorimiz navbat bilan Qur’oni karimni tajvid qoidalari bilan go‘zal tilovat qilish, hifzini mustahkamlash va taroveh namozlarining fiqhiy masalalari bo‘yicha o‘z bilimlarini boyitadi.

Mazkur jarayonda qorilik odobi, mas’uliyati va ularning ijtimoiy-huquqiy savodxonligini yuksaltirishga ham alohida e’tibor qaratiladi.

Mazkur loyiha Ramazon taraddudi bilan birga, Qur’on hofizlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi ulkan qadamdir.

Xayrli tashabbus doirasida:

– qorilarning yagona elektron bazasi shakllantiriladi;

– ularning ilmiy salohiyati aniqlanib, doimiy ish bilan ta’minlanadi;

– jomelarimizga jamoatchilik asosida “masjid qorisi” maqomida rasman biriktiriladi.

Bunday ezgu sa’y-harakatlar kelgusi muborak Ramazon oyida masjidlarimizdagi xatmi Qur’onlarning yanada ko‘tarinki ruhda o‘tishiga va mo‘min-musulmon yurtdoshlarimizning go‘zal tilovatlardan chinakam ma’naviy ozuqa olishiga xizmat qiladi!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari