Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Avgust, 2026   |   6 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:09
Quyosh
05:36
Peshin
12:27
Asr
17:16
Shom
19:21
Xufton
20:43
Bismillah
19 Avgust, 2026, 6 Rabi`ul avval, 1448

Vatanga xiyonat jazosiz qolmas (Rivoyat)

21.12.2022   2630   4 min.
Vatanga xiyonat jazosiz qolmas (Rivoyat)

O'tmishda o'ta zolimligi bilan nom chiqargan bir qaroqchi yashagan ekan. U butun umrini qaroqchilik, talonchilik bilan o'tqazib, o'tkinchi karvonlarni yo'lini to'sib, mol-mulkini talon-taroj qilar ekan. Bir kuni katta karvonni yo'lini to'sibdi. Karvonning egasi keksa bir donishmand shayx edi. Qaroqchi karvondagi mollarni zulm va zo'rlik bilan tortib olayotganini ko'rgan donishmand shayxga qarab: “Eh, seni holingga voy bo'lsin!!! Nahotki onang seni zolimlik va qaroqchilik bilan kun kechirishing va do'zax otashida kuyib yonishing uchun dunyoga keltirgan bo'lsa. Bu ishlaring ulkan gunoh ekanligini bilmaysanmi?” dedi. Donishmandning bu so'zlari qaroqchiga qattiq ta'sir qildi va o'zini shayxning oyog'i ostiga tashladi. Aytdiki: «Meni gunohlarimni Alloh kechirarmikan, butun hayotimni qaroqchilik qilib ko'plab insonlarga zulm o'tkazganman», dedi. 

Donishmand aytdiki: «Alloh mehribon va rahmli zotdir. Agar chin qalbdan tavba tazarru qilsang, u albatta kechiradi. Mana bu daraxt ko'chatlarini olib shu atrofga ekkin va qo'lingdan kelguncha xayrli, savobli ishlarni qilgin. Ko'chatlar ko'kargan vaqtda bilginki, Alloh seni tavbangni qabul qilib, gunohlaringni kechirgan bo'ladi», dedi.

Qaroqchi bu gaplardan keyin bor molu-davlatini kambag'allarga va etimlarga ehson qilib yubordi. O'zi qaroqchilik qilgan yo'l bo'yiga karvonsaroy qurdirib, o'tgan ketganlarga suv ulashishni odat qildi. Har kuni ekkan ko'chatlariga qarardi, lekin ko'chatlar ko'karmasdi. Kunlardan bir kun uzoqdan shoshib kelayotgan notanish otliqqa ko'zi tushdi. Unga peshvoz chiqib,  «Ey yo'lovchi, keling, bir muddat dam oling, aziz mehmonim bo'ling», dedi. Yo'lovchi esa qoch yo'limni to'sma, shoshib turibman, - dedi.

-Men shu yo'ldan o'tganlarni xojatini chiqarib, duosini olishni niyat qilgandim, hech bo'lmasa bir piyola suv ichib keting,- deb ilindi. Bunga javoban otliq yo'lovchi uni qamchisi bilan savaladi. Yigit g'azabi qo'zib, avvalgi holiga qaytdi. Otliqni o'lasi qilib do'pposladi. O'limi oldidan yo'lovchi tinmay – meni Alloh jazoladi - derdi. O'tmishi qaroqchi hozirda bog'bon bo'lgan yigit bu so'zlardan taajublandi. Qilib qo'ygan ishidan afsuslanib o'tirarkan. Yo'lovchining qo'ynidagi maktubga ko'zi tushdi va ochib o'qidi. Unda Vatanining barcha sirlari va maxfiy chegarasining zaif nuqtalari yashirin ma'lumotlarini ko'rib bildiki, o'lgan odam oddiy yo'lovchi emas, balki arzimagan pulni deb yurtiga, Vataniga xiyonat qilish uchun ketayotgan Vatanfurush xoin ekan.

Banogoh ko'chatga ko'zi tushdi. Ko'chatlar kurtak otib ko'karayotgan edi.

Qissadan hissa shuki, bilib-bilmasdan noto'g'ri yo'lga kirib qolayotgan yoshlar, ayniqsa noqonuniy yo'l bilan chet ellarga ketgan va har xil aqidaparast oqimlarga, manfur jangari guruhlarga qo'shilib, o'z yurtiga, xalqiga qarshi bo'lmag'ur po'pisalar, iddaolar qilayotgan ba'zi bir vatanfurushlar qiyomat kunida Alloh taoloning xuzurida nima deb javob berishadi?

Axir dunyoga inson o'z yurtiga xoinlik qilish uchun emas, balki obod etib, xayrli va savobli ishlarni ko'proq, ikki dunyo saodatini qo'lga kiritish uchun keladi. Shuni bilaylikki, Allox taolo vatanfurush xoinlarni bu dunyoda ham, oxiratda ham ulkan azoblarga giriftor qiladi.

Alloh taolo barchamizni bu tabarruk va muqaddas yurtimizni, zaminimizni tinch osoyishta, osmonimizning musaffo bo'lishi, yanada yuksalishi uchun qo'limizdan kelgancha hissa qo'shishimizni nasib aylasin.

RUSTAMHON  ERGAShYeV

Oqdaryo  tumani “Qum” jome masjidi imom-xatibi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

18 avgust — Usmon Mus'hafi Toshkentga qaytgan kun

19.08.2026   1793   2 min.
18 avgust — Usmon Mus'hafi Toshkentga qaytgan kun

18 avgust Toshkentning nafaqat diniy, balki madaniy va ilmiy merosi tarixida muhim o‘rin tutuvchi sana. Qur’oni Karimning eng qadimiy qo‘lyozmalaridan biri sifatida e’zozlanadigan Usmon Mus'hafi asrlar davomida Markaziy Osiyo tarixining turli bosqichlariga guvoh bo‘lib kelgan, xabar bermoqda iccu.uz.

Ushbu nodir qo‘lyozma yirik hajmdagi pergament varaqlarga yozilgan bo‘lib, matni qadimiy Hijoz xatida bitilgan. Mus'hafda hozirgi arab yozuvidagi nuqta va harakat belgilari mavjud emas. Manbalarda uning saqlanib qolgan qismi 338 yoki 353 varaqdan iborat ekani haqida turli ma’lumotlar uchraydi. Ayrim yo‘qolgan pergament varaqlar keyinchalik qog‘oz bilan almashtirilgan. Qo‘lyozmaning aniq sanasi xususida ilmiy adabiyotlarda turli qarashlar mavjud.

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Mus'haf uzoq yillar Samarqandda saqlangan. 1868–1869 yillarda u Sankt-Peterburgga olib ketilgan va Imperator xalq kutubxonasiga topshirilgan. 1905 yilda qo‘lyozmaning 50 ta faksimile nusxasi ko‘chirilgan. 1917 yildagi siyosiy o‘zgarishlardan keyin musulmon ulamolarining talabi bilan Mus'haf avval Ufaga, keyin esa O‘rta Osiyoga qaytarilishi jarayoni boshlangan.

1924 yilda Usmon Mus'hafi Tatariston, Boshqirdiston va Turkiston ulamolaridan tashkil topgan maxsus kuzatuvchilar hamrohligida maxsus poyezd orqali Ufadan Toshkentga olib kelindi. Toshkentga olib kelinganidan so‘ng Mus'haf bir muddat shahardagi masjidlardan birida saqlandi. Keyinchalik uning asrab-avaylanishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga topshirildi.

1989 yil 14 mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Musulmonlarning IV quriltoyida O‘zbekiston hukumati qarori bilan Usmon Mus'hafining musulmonlar ixtiyoriga qaytarilgani e’lon qilindi. Keyinchalik u O‘zbekiston musulmonlari idorasi ixtiyoriga topshirildi. Mus'haf bir muddat Hazrati Imom majmuasidagi «Mo‘yi Muborak» madrasasi muzey-kutubxonasida maxsus sharoitda ham saqlandi.

Usmon Mus'hafining tarixiy va madaniy ahamiyati xalqaro miqyosda ham e’tirof etilgan. 1997 yilda qo‘lyozma YUNЕSKOning «Memory of the World» — «Jahon xotirasi» dasturi ro‘yxatiga kiritilgan.

2025 yil 13 noyabr — Usmon Mus'hafi tarixida yana bir muhim sana. Aynan shu kuni nodir qo‘lyozma O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga olib kelindi. Bugun Qur’on zalidagi asosiy eksponatlardan biri sifatida alohida o‘rin egallab, yurtimizning ko‘p asrlik diniy, ilmiy va ma’naviy merosini namoyon etuvchi bebaho yodgorlik sifatida taqdim etilgan. Shuningdek, Markazda turli davrlarda Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar va Temuriylar davrida ko‘chirilgan Qur’on nusxalarini ham ko‘rish mumkin. Usmon Mus'hafi tarixi bu faqat bir qo‘lyozmaning tarixi emas. Bu asrlar osha saqlangan ilmiy va ma’naviy meros, uni asrab-avaylagan avlodlar xotirasi va O‘zbekiston zaminida shakllangan buyuk islom sivilizatsiyasining uzviy davomiyligi haqidagi tarixdir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari