Aksariyat davralarda bo'lib qolsak, shu davrada bo'lmagan kimningdir hayotiga doir mavzuda gap ochiladi. Birovning kiygan kiyimi bormi, mingan avtomashinasimi yoki qilgandang'illama to'yimi qizg'in muhokama qilinadi. Bilib, bilmay kimlardandir eshitgan gaplarimiz aosida o'zganing hayotini muhokama qilamiz. Yana o'zimizga taskin berish maqsadida “G'iybati emas, sifati”, - deb, gapirgan gaplarimizni oqlamoqchi bo'lamiz.
Ikki kishining boshi biriksa albatta, gap mavzusi “eshitdingizmi?.....” degan so'zlar bilan o'zgalar hayoti to'g'risida gap ketadi. Guyoki, suhbatlashishga boshqa mavzu yo'qdek.Aslida biz gapirgan gaplarimiz g'iybat ekanligini bilamiz, lekin buni tan olgimiz kelmaydi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam g'iybatga shunday ta'rif berganlar: “Birodaring eshitsa, xafa bo'ladigan xislatlarni aytishing g'iybatdir”. Sahobalar: “Agar biz aytgan xislat unda bo'lsa-chi?”, deb so'rashganda, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam ularga: “Bor xislatlarni aytsang, g'iybat, yo'q xislatlarni aytsang, bo'htondir”, deganlar.
Kishining jismidagi nuqson bilan ayblash yoki nasl nasabini, harakatini, so'zlarini, dinu-diyonatini, dunyosini, kiyimlarini, yashash joylari, ulovini kamsitish g'iybat bo'ladi.
Qo'l harakati, ko'z qisish, ishora qilish kabi hollar bilan xam kishini mashara qilishmumkin emas. Qur'oni karimning “Humaza” surasi 1-oyatida Alloh taolo bunday marhamat qiladi:“Har bir obro'to'kuvchi va ayblovchiga “vayl” bo'lsin”.
Abu Barza Aslamiydan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vassalam: “Ey tili bilan iymon keltirib, dilida iymon keltirmaganlar,musulmonlarni g'iybat qilmang va ularning kamchiliklarini qidirmang. Kimki, ularning kamchiliklarini qidirsa, Alloh taolo o'ziningkamchiligini qidiradi. Alloh kimning kamchiligini qidirsa, uni uyida sharmanda qiladi”, dedilar.
Hazrati Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasullulloh sollallohu alayhi vassalam aytdilar: “Me'roj kechasi ba'zi insonlarning oldidan o'tdim, ular temir tirnoqlari bilan yuzlarini va ko'kraklarini yulib turganlarini ko'rdim. Jabroil alayhissallomdan ularning kimligini so'raganimda, Jabroil: “Bular odamlarning go'shtini eydigan, ularning iffat-nomuslarini to'kadigan odamlardir(ya'ni g'iybatchilardir)”,dedi”.
G'iybat qilgan yo g'iybatga quloq solgan kishi gunohdanforig' bo'lishi uchun Alloh taologa chin dildan tavba-istig'for aytib pushaymon bo'lishi, qayta g'iybat qilmaslikka ahd qilishi zarur. G'iybat qilgan odamidan esa kechirim so'rab, uning roziligini olishi, agar u olamdan o'tgan bo'lsa, kambag'al, etim-esirlarga xayr-ehson ulashib, savobini uning ruhoniyatiga hadya qilishi kerak.
Hulosa o'rnida shoirning:
“Men xech kimni demayman yomon,
O'z kunlariga bo'lsinlar omon.
Faqat deyman adashib ketmang,
Jannat qolib, jahannam tomon”, degan so'zlarini keltirmoqchiman.
B.Qo'chqarova- Jomboy tuman bosh imom-xatibining
Hotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi.
Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha mehr-oqibat, oqibat va xayr-saxovat marafonlari yangicha sur’at va keng yoyilmoqda. Inson qadrini ulug‘lashni bosh maqsad qilgan ushbu ezgu tashabbuslar yurtimizdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, yolg‘iz va boquvchisini yo‘qotgan farzandlarimizga mehr ulashishga qaratilgan.
"Vaqf" xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan "Imom eshon Muhammad" jome masjidida yolg‘iz va boquvchisini yo‘qotgan farzandlarimiz uchun maktab formasi va o‘quv qurollarini berish tadbiri o‘tkazildi.
Ko‘ngillarga umid, yuraklarga quvonch taratgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Alisher Allaniyazov, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Bahramaddin domla Razov va "Vaqf" xayriya jamoat fondi raisi A.Jolovshiyevlar ishtirok etib, 35 bolaga maktab formalari va bayram sovg‘alarini tantanali tarzda topshirdi.
Bunday g‘amxo‘rlik tadbiri farzandlarimizning ko‘zlarida quvonch uchqunini yoqib, ko‘ngillarida cheksiz faxr tuyg‘usini uyg‘otdi.
"Inson qadri ulug‘langan, mehr-oqibat ustuvor bo‘lgan yurtda doimo taraqqiyot va baraka bo‘ladi."
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti