Ziyoratchilarga qulaylik yaratish maqsadida Saudiya Arabistonidagi Ikkita muqaddas masjidda sun'iy intellekt texnologiyalari faol qo'llanilmoqda.
Makkaning Al-Haram masjidi ichida va tashqarisida sun'iy intellektga ega jami 52 ta ekran qurilmasi qo'llaniladi, deya xabar beradi IslamNews Khaleej Times gazetasiga tayanib.
AI robotlashtirilgan qurilmalari Al-Haram masjidi hududi bo'ylab tunu kun harakatlanib, ziyoratchilarga axborot yordamini taqdim etadi. Qurilmalardan olingan ma'lumotlar ziyoratchilar tomonidan ishlatiladigan barcha asosiy tillarga tarjima qilinadi.
Robotlar, shuningdek, muqaddas joylar mehmonlariga risola va Qur'oni karim nusxalarini olib kelishadi va uni ziyoratchilarning mobil' telefoniga uzatgan holda ular bilan foydali kontentni baham ko'radi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Bugun, 30 iyun kuni Xorazm Ma’mun akademiyasida "Najmiddin Kubro ma’naviy-ma’rifiy merosi va uning zamonaviy tadqiqi" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur anjuman Davlatimiz rahbarining Najmiddin Kubro tavalludining 880 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida ilgari surgan tashabbusi doirasida ulug‘ ajdodimizning ilmiy va ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, bu merosni zamonaviy tadqiqot metodlari asosida tahlil qilish hamda uning umuminsoniy va milliy qadriyatlar tizimidagi o‘rnini belgilash maqsadida tashkil etildi.
Anjuman doirasida Najmiddin Kubroning tasavvufiy va ma’rifiy g‘oyalari, ularning zamonaviy ma’naviy-axloqiy muammolarni hal etishdagi o‘rni, allomaning hayoti va faoliyatiga oid tarixiy manbalar, asarlarining bugungi kundagi ilmiy va amaliy ahamiyati, kubroviylik ta’limotining tarixi va bugungi holati, shuningdek, ushbu ta’limotning keyingi tasavvuf maktablariga ta’siri keng muhokama etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati