Cavol: Men mahzunlikdan chiqishga chora topa olmayapman, qanday duo o'qisam bo'ladi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim.
"Laa havla va laa quvvata illaa billah" kalimasini ko'p aytib yuring. Chunki Imom Tabaroniy va Imom Hokim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilishgan hadisda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Kim "Laa havla va laa quvvata illaa billahi"ni aytsa, to'qson to'qqiz dardga davo bo'ladi. Eng engili g'amdir", deganlar. Vallohu a'lam.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Chirchiq shahrida kam ta’minlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlariga quvonch ulashishga qaratilgan saxovat tadbiri o‘tkazildi.
Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Doniyor domla Ikromov tadbirda ishtirok etib, bolajonlarga samimiy tilaklar bildirdi.
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati filiali ko‘magida 35 nafar bolaning har biriga velosiped va turli sovg‘alar berildi. Shuningdek, tadbirda saxovatpesha homiylar tomonidan bayramona dasturxon yozilib, bolajonlar uchun ko‘ngilochar va bayramona dastur tashkil etildi.
Bunday xayrli tashabbuslar yurtimizda inson qadri, oila va bolalar manfaatlariga yuksak e’tibor qaratilayotganining yana bir amaliy ifodasidir.
Saxovat tadbiri bolajonlarga unutilmas quvonch bag‘ishlab, ularning qalbida Vatanga muhabbat va ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Toshkent viloyati vakilligi Matbuot xizmati