Insonlarning haq-huquqlarini himoya qiladigan, zolimdan mazlumning haqini olib beradigan, ular o'rtasida adolat qilib, siyosatini o'tkazadigan bir rahbar bo'lmasa, jamoatda tartibsizlik, nizolar kelib chiqishi tabiiy. Chunki insonlarning fikri bir joydan chiqmasligi haqiqat. Insonlarning fikrlarini tinglab, yagona tizim asosida boshqaruvchi rahbar bo'lmasa, fitna-fasod ko'payib, ular firqalarga bo'linib ketishadi. Natijada haq-huquqlar poymol qilinadi, kuchlilar zaiflarni xo'rlaydi, butun bir ja- miyat inqirozga yuz tutadi.
Paygg'ambarimiz (sollalloxu alayhi va sallam) ummatlarini Alloh azobidan qo'rqishga-taqvoga chaqirganlaridan so'ng ularni o'zlaridan bo'lgan ish egalariga itoat qilishga buyurdilar. Rahbarning buyrug'i shariatga zid bo'lmasa, unga itoat qilish vojibdir. Alloh taolo bunday marhamat qiladi:
“Ey imon keltirganlar! Allohga itoat etingiz, Payg'ambarga va o'zlaringizdan (bo'lmish) boshliqlarga itoat etingiz!” (Niso, 59).
Alloh taolo avvalo O'ziga, so'ngra Paygambar (sollallohu alayxi va sallam)ga, undan so'ng ishboshilarga itoatli bo'lishga buyuryapti. Oyatdagi “ulul-amr” kalimasi “ishboshi”, “buyruk; egasi” degan ma'nolarni anglatadi.
Imom Molik, Ibn Abbos, Zaxdok, Mujohid va Atolarning aytishicha, “ulul-amr”dan murod Kur'on va ilm ahdlari, ya'ni faqihlar va din ulamolari bo'lsa, ikkinchi fikrga ko'ra amir, boshliq va voliylardir.
Musulmonlar ichidan saylangan (yoki tayinlangan) boshliq va rahbarlarga itoat qilib, ularning amrini bajarish vojibdir. Bunta hadislardan bir qator dalillar keltiriladi. Jumladan, Imom Navaviy (raxmatullohi alayh) ushbu oyatdagi “ulul-amr”dan murod “Alloh taolo ularga itoatni vojib qilgan rahbarlar va boshliqlardir”, deganlar. Hofiz ibn Kasir (raxmatullohi alayh) esa ushbu oyat umumiydir, ya'ni barcha boshliqlarga itoat qilish vojibligi to'g'risidadir, deganlar.
Agar ular gunoh ishga buyurishmasa, rahbarlarga bo'ysunish Allohga itoat kilishdir. Ibn Umar (roziyallohu anhu) dan rivoyat kilinadi: Payg'ambar (sollallohu alayhi va sallam) bunday dedilar:
“Musulmon kishi (boshlig'i buyurganida) yaxshi ko'rgan yo yomon k)fgan narsada buladimi, gunox; ish bulmasa, buysunishi lozim. Agar boshliq shariat man qilgan ishga buyursa, unga bo'ysunilmaydi”.
Ulamolar: “Inson yoqtiradimi, yo'qmi, qiyin holatdami yoki engillik holatida, nafsiga og'ir keladimi-yo'qmi, rahbarga itoat qilishi vojibdir”, deyishgan.
Boshqa bir hadisda: “Kim menga itoat etsa, Allohga itoat qilibdi. Kim menga osiylik qilsa (bo'ysunmasa), Allohga osiylik etibdi. Kim amirimga itoat qilsa, haqiqatan menga itoat etibdi. Kim amirimga osiylik qilsa, haqiqatan menga osiylik etibdi”, deganlar.
Itoatli bo'lishning bir qancha hikmatlari bor: jamiyat tinchligi va unda tartib-qoidalar o'rnatilishi, fitna va buzg'unchiliklarning oldi olinishi va xokazo...
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bunday dedilar:
“Agar sizlarga boshi mayizdek (qora) habash qul boshliq qilinsa ham, unga quloq solinglar va itoat qilinglar”.
Uboda ibn Somit (roziyallohu anhu) aytadi: “Rasulullox (sollalloxu alayxi va sallam) bizni chaqirdilar, u zotga bay'at (va'da) qildik. Jumladan, yaxshi yoki yomon ko'rgan ishlarimizda, tanglik yo farovon bo'lgan paytlarimizda ham boshliqlarga quloq solish, itoatli bo'lish va ular bilan nizolashmaslikni va'da qildik. “Faqat ularda Alloh dalil-hujjatini bildirgan ochiq kufr sodir bulganini ko'rsangiz, itoat qilmangiz”, dedilar.
Imom Muslim Avf ibn Molik (roziyalloxu anxu)dan rivoyat qiladi: Rasulullox (sollallohu alayhi va sallam) bunday dedilar: “Boshliqlaringizning yaxshirog'i sizlar yaxshi ko'rgan va sizlarni ham yaxshi ko'rib, haqingizga duo qiladigani hamda sizlar ham haqqiga duo qiladiganlaringizdir. Rahbarlaringizning yomonrog'i sizlar yomon ko'rgan va sizlarni ham yomon ko'radigani hamda sizlar ularni la'natlaydigan va ular ham sizlarni la'natlaydiganlaridir”. Sahobalar: “Yo Rasululloh ularga qilich bilan qarshi turmaylikmi?’’ deb so'rashdi. Shunda Rasulullox (sollallohu alayxi va sallam): “Ibodatda qoim bo'lishayotgan ekan, unday qilmang. Agar ularda yoqtirmagan biron narsani ko'rsangiz, o'shanigina yomon ko'ring. Lekin itoatli bo'ling!” dedilar.
Demak, fosiq bo'lishsa ham, boshliqlarga Allohga gunoh bo'lmaydigan o'rinda itoat qilish lozim. Ushbu aqida Ahli sunna val jamoani boshqa yot oqimlardan ajratib turadi. Yot bid'atchi toifalar esa boshliqlari zulm yo gunoh ish qilishsa, ularga qarshi qurol ko'tarishni joiz, deb biladi.
Imom Tahoviy (rahmatullohi alayh) “Aqidatut Tahoviya” kitobida: “Rahbarlarimiz va ishboshilarimizga qarshi chiqmaymiz. Agar ular zulm qilsalarda, duoyibad qilmaymiz. Mabodo gunoh ishga buyurishmasa, ularga bo'ysunishni vojib deb bilamiz va haqlariga yaxshilik va ofiyat so'rab, duo qi- lamiz”, deb yozgan.
“Soxta salafiylarning sayoz saboqlari” kitobidan
Jahongirxon Abrorov – O'zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmat xodimi
Kuni kecha mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan muhtaram Prezidentimiz tomonidan yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan bir guruh vatandoshlarimiz taqdirlandi.
Eng quvonchlisi shuki, tadbirda diniy-ma’rifiy sohada fidokorona xizmat qilib kelayotgan, xalqimizning ma’naviy yuksalishiga beqiyos hissa qo‘shayotgan taniqli ulamolarimiz va faxriylarimizning zahmatli mehnatlari yuksak darajada e’tirof etildi!
Xususan, Diniy idora tizimida uzoq yillardan beri samarali xizmat qilib kelayotgan ustozlardan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Faxriylar kengashi raisi Shayx Abdulaziz Mansur, Samarqand viloyati Payariq tumani "Imom al-Buxoriy" jome masjidi faxriy imomi Mahmudjon domla Ibodullayev, Buxoro viloyati Kogon tumani "Bahouddin Naqshband" jome masjidi imom-xatibi Abdug‘ofur domla Razzoqov "Imom Buxoriy" ordenini Davlatimiz Rahbaridan qabul qilib olishdi.
Ustozlarning ilmiy-ma’rifiy faoliyati, xalq ichida ma’rifat ulashishdagi fidoyiliklari davlatimiz tomonidan yuksak qadrlangani butun diniy-ma’rifiy sohada mehnat qilayotganlar uchun katta faxr va sharafdir.
Ushbu voqea Yangi O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohaga, milliy qadriyatlarimizni avaylab-asrash hamda rivojlantirishga qaratilayotgan izchil va xayrli siyosatning amaliy ifodasidir.
Xalqimizda qadimdan ma’rifat ahlini ulug‘lash, ularning zahmatli mehnatini qadrlash ezgu an’ana sanaladi. Islom ta’limotida ham ilm egalariga alohida maqom va hurmat bilan qaraladi. Zero, Imom Termiziy bobomiz rivoyat qilgan hadisi sharifda: «Ulamolar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir», deyilgan.
Ulamolarga ko‘rsatilayotgan bunday e’tiborning nechog‘li xayrli ekani quyidagi hikmatda ham o‘z ifodasini topgan. Ulug‘ zotlardan biri Tovus rahmatullohi alayh otasidan quyidagicha rivoyat qilgan: «To‘rt kishini hurmat qilish sunnatdir: olim, yoshi ulug‘ inson, podshoh va ota» (Imom Abdurazzoq rivoyati).
Mazkur yuksak mukofot milliy va diniy qadriyatlarimizni tiklash, Islom ma’rifatini keng targ‘ib etish, jamiyatda bag‘rikenglik va tinchlik-omonlikni bardavom saqlash yo‘lidagi ko‘p yillik xayrli xizmatlarning munosib e’tirofidir.
Davlatimizning bunday e’tibori diniy soha xodimlariga yanada ulkan mas’uliyat yuklaydi, ma’naviy yuksalish yo‘lidagi xayrli xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qiladi, insha Alloh.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati