Cavol: Chimildiq kuni yangalarni yotoqxonaga kirishi, qo'pol qilib aytganda ularga doka berish va shunga o'xshagan ishlar haqida nima deya olasiz?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim.
Bu ish mutlaqo noto'g'ri va sharmandalikdan boshqa narsa emas. Dinimizda er-xotin o'rtasida to'shakda bo'ladigan maxfiy ishlarni boshqalarga aytishdan qaytariladi.
Abu Sa'id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Qiyomat kuni Allohning nazdida martabasi eng yomon odam ayoliga yaqinlik qilib, ayoli unga yaqin bo'lganidan keyin sirini odamlarga yoyib yuradigan kishidir", dedilar (Imom Muslim va Imom Ahmad rivoyati). Vallohu a'lam.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati