Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Iyun, 2026   |   23 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:37
Shom
20:00
Xufton
21:36
Bismillah
10 Iyun, 2026, 23 Zulhijja, 1447

Ummon ortida tez yoyilayotgan din

04.01.2024   2753   4 min.
Ummon ortida tez yoyilayotgan din

“Yangi Amerika tarixi” kitobi muallifi Piter Manso Islom Amerika tarixining ajralmas qismi ekanini ilmiy dalillar asosida ta'kidlarkan, jumladan, bunday deydi: “Musulmonlar bu erda Amerika Qo'shma Shtatlari tashkil etilganidan avval ham bo'lgan, ular minglab kishi bo'lib bu erga kelishgan”.

Boshqa manbalarda ham Amerika qit'a­siga Kolumbdan ko'p yillar burun andalu­siyalik musulmonlar kelgani aytilgan.

AQSh davlati tashkil topmasidanoq bu o'lkada musulmonlarning hayot kechirgani ushbu davlat tarixiga nazar tashlanganda ham ko'rinadi. Masalan, AQShni mustaqil respublika sifatida tan olgan ilk davlat Marokash Sultonligi edi (1777), 1805 yilning 9 dekabrida prezident Tomas Jefferson Oq Uyda Tunis elchisi Said Sulaymon sharafiga iftor uyushtirgan, 1861–1865 yillardagi fuqarolar urushi­da qahramonlik ko'rsatgan Petr Salim ham musulmon bo'lgan.

AQShda birinchi masjid va islomiy tashkilot 1913 yili N'yu-Jersida ochilgan. Masjidlarni musulmonlar o'z mablag'la­ri hisobidan qurganlar.

AQShning mahalliy aholisi, ayniqsa, ayollar va yoshlar orasida Islomga kiruvchilar soni ortib borayotgani ijobiy hodisa, albatta. Shuning bilan birga, bu davlatga ko'chib kelgan musulmon muhojirlar hisobiga ham musulmonlar soni ko'payyapti. Jumladan, 2005 yili musulmon davlat­laridan kelgan 96 000 kishi AQSh fuqa­roligini olgan bo'lsa, 2009 yili 115 000 musulmon Qo'shma Shtatlar fuqarosiga aylandi. Ayniqsa, 11 sentyabr' voqeasidan so'ng AQSh aholisi Islomga yanada ko'proq qiziqa boshladi. Birgina 2005 yilning o'zida ushbu davlatning 20 000 dan ortiq fuqarosi Islomga kirdi. Bu raqam yildan-yilga o'sib bormoqda. AQSh musulmonlari soni mamlakat aholisining bir foiziga etdi. 2040 yilga borib Islom bu erda ikkinchi dinga aylanishi taxmin qilinmoqda.

Amerikada masjidlar soni 2020 yili 2769 taga etdi. Musulmonlar turli sohalarda mehnat qilib, mamlakat taraq­qiyotiga munosib hissa qo'shmoqdalar. Ular boshqalardan to'qroq hayot kechiradi. Jumladan, Janubiy Osiyodan kelgan muhojirlarning aksari yaxshi ta'lim olgan va sanoatning daromadli sohalarida mehnat qiladilar. Shu bois daromadi oddiy amerikaliklarnikidan ancha ko'p. Ular orasida vrachlar, olimlar, muhandislar, das­turchilar va tadbirkorlar bor.

2018 yil AQSh kongressiga Minnesota va Detroyt shtatlaridan ikki musulmon ayol – kelib chiqishi somalilik bo'lgan Il'xon Umar va ota-onasi falastinlik bo'lgan Ra­shid Tlaib deputat etib saylandi.

Har yili Ramazon oyida Oq Uyda musulmonlar uchun katta iftorlik o'tkazilib, unda mamlakat prezidenti ham ishtirok etadi.

Turkiston – Amerika assotsiatsiyasi ma'­­lumotiga ko'ra, AQShda bugungi kunda 20 mingdan ortiq etnik amerikalik o'zbek istiqomat qiladi. Ularning aksari 40­ yillarning oxiri va 50-yillarda Yevropa­dan, 1960 yildan boshlab Turkiyadan, 1979 yildan Afg'onistondan ko'chib borishgan. 1992 yildan esa Green card asosida har yili minglab o'zbeklar AQShda yashash va ish­lash uchun ko'chib bormoqda.

Rahmatulloh AHMYeDOV 
tayyorladi. 

Muallif haqida 

Rahmatulloh Ah­me­dov 1975 yili Qash­­qadaryo viloyati Chi­roq­chi tumanida tu­g'ilgan. 

1996 yili Imom Bu­xoriy nomidagi Tosh­kent islom institutini bitirgan.

2016 yildan beri Kasbi tumanidagi “Rahmatulloh Suyarov” jome masjidi imom-xatibi.

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

110 oila, shuncha muammo, shuncha yordam

10.06.2026   782   1 min.
110 oila, shuncha muammo, shuncha yordam

Shu yil 9 iyun kuni Bekobod tumanidagi «Dalvarzin» jome masjidida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Musoxon domla Boboyev, viloyatning tumanlar/shaharlar bosh imom-xatiblari, shuningdek, Bekobod tumanidagi masjidlar imom-xatiblari, noiblar, hojilar va mahalla faollari ishtirok etdi.

Yig‘ilish qatnashchilari Bekobod tumanining 19 ta masjidi hamda 22 ta mahallasiga biriktirildi.

Tadbir doirasida har bir mahallaning kamida 5 tagacha muammoli xonadoniga kirilib, u yerda yashayotgan kishilardan hol-ahvol so‘raldi.

Imom-xatiblar 7 toifaga mansub 110 ta oilaga kirib, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot hamda amaliy yordam tadbirlari olib bordi.

Jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan 2 nafar fuqaroa bilan suhbatlashildi, ularning tushunchalari to‘g‘rilandi.

Notinch oilalar o‘rganilib, ular yarashtirildi.

Shuningdek, 20 ta xonadonda ichkilikka ruju qo‘ygan kishilar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Ma’naviy ko‘makka muhtoj 7 ta oila ila muloqot qilindi.

Muxtasar aytganda, birgina shu tadbir doirasida barcha jihat qamrab olindi.

Ishchi guruh a’zolari – imom-xatiblar o‘zlariga biriktirilgan masjidlarda peshin namozidan so‘ng qavmga «Tinchlik-xotirjamlik ne’mati», «O‘zaro hamjihatlik», «Oila – muqaddas dargoh», «Yangi O‘zbekistonda inson qadri», «Shukronalik – buyuk fazilat», «Farzand tarbiyasi», «Yaxshilikning mukofoti yaxshilikdir», «Qo‘ni-qo‘shnichilik huquqlari», «Islohotlar – xalq manfaati uchun», «Mazhabga ergashish va yot g‘oyalar ta’siridan saqlanish» kabi dolzarb mavzularda mav’izalar qilishdi.

Bu jarayonda 1370 nafardan ortiq tinglovchi (namozxon) qamrab olindi. 

Toshkent viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

110 oila, shuncha muammo, shuncha yordam 110 oila, shuncha muammo, shuncha yordam 110 oila, shuncha muammo, shuncha yordam
O'zbekiston yangiliklari