Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Avgust, 2026   |   4 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:06
Quyosh
05:34
Peshin
12:27
Asr
17:18
Shom
19:24
Xufton
20:47
Bismillah
17 Avgust, 2026, 4 Rabi`ul avval, 1448

Fitnalar paytida sodir bo'ladigan 9ta holat

18.11.2022   2849   4 min.
Fitnalar paytida sodir bo'ladigan 9ta holat

Dunyoda Islom dinidek inson hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan biror-bir ta'limot yo'q. Alloh taoloning bu haq dini musulmon kishining har qanday holatda ham qanday qilib yo'l tutsa dunyo va oxiratiga manfaat bo'lishini belgilab bergan. Bu narsalarni ba'zan Alloh taoloning O'zi muborak kalomida bayon qilgan bo'lsa, ba'zida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tillari bilan u zotning hadisi shariflarida bayon qilib berilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'zlarining ko'plab hadislarida ummatning boshiga qiyomatgacha tushadigan fitnalar haqida xabar berganlar.

         Doctor Abdulaziz Doxon  o'zlarining “Ahdas va ahodisu fitnatil haroj” nomli kitoblarida fitna to'g'risidagi hadislarni jamlab, ulardan quyidagi ma'nolarni chiqarib olganlar:

1)      Fitna Alloh taoloning bu ummat va boshqa ummatlar ichida qiyomatgacha bo'ladigan sunnatidir. U zulmatli tun kabi ko'r, soqov, kar bo'lib, uning ichiga kirgan odam dunyo va oxiratda halok bo'ladi. Undan qo'lini tiygan kishilar esa najot topadi. Alloh kimga ilm, taqvo, rushd bermagan bo'lsa, unda inson o'z o'rnini yo'qotib qo'yadi.

2)      Fitna haqidagi hadislarda musulmonlar o'rtasidagi urushlar shubhasiz, bo'lishi aytilgan. Buni inkor qilib bo'maydi. Lekin kelgusida bu urushlarni bartaraf etish, musulmon o'lkalarda sodir bo'lgan paytda fitna olovlarni o'chirish uchun ham bu urushlarni sababini bilish lozim bo'ladi.

3)      Alloh taoloning bu ummatga rahmatlaridan biri, bu dunyoda ularning gunohlariga kafforot berishi. Urush va fitnalar ularning gunohlari uchun kafforotdir.

4)      Fitna haqidagi ba'zi hadislarda  bu fitnalarning katta qismi mashriq tarafdan  paydo bo'lishi ochiq-oydin aytilgan. Voqe'likda ham xuddi shunday bo'ldi. Chunki birinchi bo'lib fitnaning harakatlari Kufa va Basrada paydo bo'ldi. Jamal fitnasi ham aynan shu erda bo'lgan edi.

5)      Fitnalar paytida bir qavmlar o'z dinlarini arzimas dunyo matosiga sotdilar va havoyi nafslariga berilib hukm chiqardilar. Sof islom ahli esa ularning yo'llarida g'aribga aylandi. Dinini mahkam ushlaganlar qo'llarida cho'g' tutgandek, o'zlariga etadigan musibatlarga din yo'lida sabr qildilar.

6)      Fitnalar paytida Alloh taolo bir toifa insonlarni saqladi. Ular fitnaga aralashmadilar.  Qo'llarini musulmonlarning qonlari bilan bo'lg'amadilar. Balki isloh uchun harakat qildilar.

7)      Fitnalar paytida til qilichdan ko'ra xatarli qurolga aylandi. Fitna va balolarni aynan til vujudga keltirdi.

8)      Fitnalar paytida ilm kamaydi. Bu naarsa ulomolarning o'limi bilan yoki ularning sukut qilishi yoxud sog' qolishlari uchun insonlardan ajralib chiqishlari bilan yoki bo'lmasa, ba'zi sabablarga ko'ra, insonlar ulardan ajralib qolishlari bilan bo'ldi. Ana shunday paytda insonlar o'zlariga johillarni rais qilib oldilar. Natijada, ular ilmsiz fatvo berib o'zlari ham adashdilar va boshqalarni ham adashtirdilar.

9)      Alloh taolo fitna haqidagi hadislarda O'z Rasuli sollallohu alayhi vasallamga u zotning ummatlarini ochlik bilan halok qilmasligi, dushmanlarni qudrati qancha bo'lishidan qat'iy nazar, ummatni ularga doimiy bo'ysindirib qo'ymasligini kafolatini bergan. Lekin Alloh taolo Rasulullohga bu ummat o'zaro ixtilof qilmasligini kafolatini bermagan. Tashqi dushmanlar aynan mana shu eshikdan ummat ichiga  kirdilar. Chunki ummat o'zoro ixtilof qilsa, bir-birlari bilan urush qilsa, ularning quvvatlari zaiflashadi-da, dushmanlar uni egallashi uchun imkon tug'ilardi.

 

TII Modul' ta'lim shakli bitiruvchisi,

Horazm viloyati, Shovot tumani Yusuf Hamadoniy jome masjidi imom-xatibi Shermuhammad Boltayev 

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

24–29 avgust kunlari Toshkentda “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh, yangi kashfiyotlar” mavzusida xalqaro mediaforum bo‘lib o‘tadi

17.08.2026   9509   1 min.
24–29 avgust kunlari Toshkentda “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh, yangi kashfiyotlar” mavzusida xalqaro mediaforum bo‘lib o‘tadi

24–29 avgust kunlari O‘zbekiston poytaxtida “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh, yangi kashfiyotlar” mavzusida xalqaro mediaforum o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Tadbirning asosiy qismi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkaziladi. Unda xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari, xalqaro ekspertlar va media sohasi mutaxassislari jam bo‘ladi.

Forum dasturidan tantanali ochilish marosimi, yalpi majlislar, mavzuga oid media-ko‘rgazmalar, matbuot anjumanlari va ikki tomonlama uchrashuvlar o‘rin olgan. Sho‘ba yig‘ilishlari doirasida hujjatli kino va tarixiy xotira, nashriyot loyihalari, zamonaviy texnologiyalar, shuningdek, media sohasidagi xalqaro loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston talabalari uchun jahon media sanoatining yetakchi mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari tashkil etiladi. Ishtirokchilar zamonaviy jurnalistika, media mahsulotlar yaratish va xalqaro axborot makonida samarali faoliyat yuritish borasida tajriba almashadi.

27 avgust kuni forum qatnashchilari uchun Samarqand shahriga sayohat uyushtiriladi. Dastur doirasida mehmonlar Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qiladi va shaharning tarixiy-madaniy merosi bilan tanishadi. Shuningdek, Toshkent shahrida xorijiy OAV vakillari uchun maxsus media-tur o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Forum 28 avgust kuni yakuniy yalpi majlis va tantanali yopilish marosimi bilan o‘z ishini yakunlaydi. Xorijlik mehmonlar, O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ham ishtirok etadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari