So'nggi yillarda mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo'naltirilgan tizimli choralar ko'rilmoqda.
O'zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Ibrohimjon domla Inomov, Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati etakchi mutaxassis psixologi, katta leytenant Ahror Serkaboyev, Shayxontohur tumani Ichki ishlar bo'limi yoshlar masalalari bo'yicha katta inspektori, kapitan Azizbek Yusufjonov, Akademiya prorektorlari – Zohidjon Islomov, Ilyos Mirziyotov, Zokirjon Ro'ziyev, Korruptsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo'limi bosh mutaxassisi Shuhrat Eshmatovlar ishtirok etdi.
Shuningdek, davra suhbatida akademiya fakul'tetlari dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilar, bo'lim boshliqlari, xodimlar qatnashdi.
Davra suhbatida yurtimizda korruptsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, poraxo'rlik, tamagirlik kabi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga chek qo'yish, bunday jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini har bir shaxs bilishi zarurligi haqida so'z yuritildi.
Tadbirda so'zga chiqqan Ibrohimjon domla Inomov korruptsiya, poraxo'rlik dinimiz ta'limotiga ko'ra xarom ekani va uni oluvchi ham beruvchi ham do'zaxiy bo'lishi haqida oyatu hadislardan misollar keltirib, bu illatga qarshi kurashish barchaning burchi ekanini ta'kidladi.
Darhaqiqat, korruptsiya mamlakat taraqqiyotini ortga surib, kelajakni xavf ostida qoldiradi. Ayniqsa, ta'lim sohasidagi korrupsion holatlar rivojlanish va taraqqiyot yo'lini tanlagan mamlakat yuksalishiga raxna soladi. Bunday jirkanch illatlarning tomir otishiga yo'l berilsa, o'sha joyda taraqqiyot va rivojlanish boy beriladi.
Tadbir davomida soha mutaxassislari tinglovchilarga mavzu bo'yicha batafsil kerakli ma'lumot va tavsiyalarini berishdi.








O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Ularga maktab kiyimlari, poyabzal va ryukzaklar bepul berildi.
Xayriya aksiyasi Toshko‘prik masjidi imomi Doniyor Matlabov tashabbusi bilan o‘tkazildi, xabar bermoqda «Samarkandskiy vestnik» nashri.
Masjid ahli va homiylar ko‘magida 35 ta ehtiyojmand oila farzandlari uchun yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha zarur narsalar xarid qilindi. Sovg‘alar maktab o‘quvchilariga topshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati