Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Avgust, 2026   |   8 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:12
Quyosh
05:38
Peshin
12:26
Asr
17:14
Shom
19:18
Xufton
20:39
Bismillah
21 Avgust, 2026, 8 Rabi`ul avval, 1448

Soxta salafiylarga raddiya

10.11.2022   2849   2 min.
Soxta salafiylarga raddiya

Ma'lumki, "Ahli Sunna val-Jamoa "e'tiqodiga ko'ra, arkonlari beshta :Imon, Nomoz, Ro'za, Zakot, Haj. Soxta salafiylik esa, "Jihod-oltinchi arkon va jihod qilish har bir musulmon uchun farz ayndir", degan g'oyani ilgari suradi. Jihodning avvalo va asosan qurolli kurash sifatida talqin qilinishi ekstremizm va terrorizmning yangicha shakl va mazmun kasb etishga olib keldi.

Bu o'z navbatida" al-Ihvon al-muslimun "," al-Jihad al-Islamiy ", Shabab Muhammad", at-Takfir val-xijra", kabi o'ta radikal ekstremistik diniy - siyosiy tashkilot va oqimlarning vujudga kelishiga yul ochib berdi. Zamonaviy voqiylik teror yoki davlat tuntarishi yuli bilan xokimiyatni qo'lga olish soxta salafiylar tamonidan asosiy yo'l sifatida tanlanganini ko'rsatadi. 1979 yilining noyabrida Arabiston yarim-orolida Juxayman Utaybiy va uning tarofdorlari Makkadagi "Masjid al - Harom" ga hujum uyushtirdi. Ular tamonidan masjidni egallash, umum xalq qo'zg'olonini ko'tarish hamda dastlab Arabiston yarim-orolida, so'ng boshqa mintaqalarda "Islom davlatini qurish" rejalashtirilgan edi. Ushbu voqealardan so'ng soxta salafiylik g'oyalari va unga asoslangan xarakatlar mazkur xududda taziyq ostiga olindi va o'z navbatida, arab dunyosi chegarasidan chiqib, boshqa mintaqalarga tarqaldi. Jumladan, o'tgan asirning 70 yillari oxirida boshlangan afg'on majorasida diniy omildan foydalanilishi natijasida ushbu g'oyalar ayrim ekstremistik oqimlar tamonidan "Jihod" g'oyasining o'ta radikal mazmunda talqin etilishiga olib keldi. Bu esa, o'z navbatida Afg'gonistonda soxta salafiylikda jihodchilik karashlarning kuchayishiga asosiy zamin yaratdi. Ular har qanday yangilikning "bid'at" xisoblanmishida, an'anaviy mazhablarning inkor kilinishida, tasavvufning umuman tan olmasligida hamda qabiristonlarni ziyorat kilish mumkin emas, deb e'tirof etilishida qam soxta salafiylikning buzg'unchi tabiati yorkin namoyon buladi.

Bu kabi soxta davolar insoniyat taraqqiyoti, musulmon tsivilizatsiyasi erishgan yutuqlarni inkor etish bilan barobar, mazxabsizlik deganda dinsizlikka olib boruvchi yo'l tushuniladi. Mazxabboshilarimiz xayotdagi barcha muammolarni Qur'oni karim, hadis, ijmoga tayanib yo'l tutishgan va biror bir masalada savol qoldirmaganlar. Zero salafiylikni da'vo qilayotgan mutaassiblar Qur'oni karim ilohiy mo'jiza bo'lib uning hukmi faqat bir zamon emas, balki hamma zamon uchun ham Haq kitob ekanligini unutmasinlar.

Samarqand viloyati vakilligi

Abrorov Jahongirxon manbalar asosida

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

18 avgust — Usmon Mus'hafi Toshkentga qaytgan kun

19.08.2026   16361   2 min.
18 avgust — Usmon Mus'hafi Toshkentga qaytgan kun

18 avgust Toshkentning nafaqat diniy, balki madaniy va ilmiy merosi tarixida muhim o‘rin tutuvchi sana. Qur’oni Karimning eng qadimiy qo‘lyozmalaridan biri sifatida e’zozlanadigan Usmon Mus'hafi asrlar davomida Markaziy Osiyo tarixining turli bosqichlariga guvoh bo‘lib kelgan, xabar bermoqda iccu.uz.

Ushbu nodir qo‘lyozma yirik hajmdagi pergament varaqlarga yozilgan bo‘lib, matni qadimiy Hijoz xatida bitilgan. Mus'hafda hozirgi arab yozuvidagi nuqta va harakat belgilari mavjud emas. Manbalarda uning saqlanib qolgan qismi 338 yoki 353 varaqdan iborat ekani haqida turli ma’lumotlar uchraydi. Ayrim yo‘qolgan pergament varaqlar keyinchalik qog‘oz bilan almashtirilgan. Qo‘lyozmaning aniq sanasi xususida ilmiy adabiyotlarda turli qarashlar mavjud.

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Mus'haf uzoq yillar Samarqandda saqlangan. 1868–1869 yillarda u Sankt-Peterburgga olib ketilgan va Imperator xalq kutubxonasiga topshirilgan. 1905 yilda qo‘lyozmaning 50 ta faksimile nusxasi ko‘chirilgan. 1917 yildagi siyosiy o‘zgarishlardan keyin musulmon ulamolarining talabi bilan Mus'haf avval Ufaga, keyin esa O‘rta Osiyoga qaytarilishi jarayoni boshlangan.

1924 yilda Usmon Mus'hafi Tatariston, Boshqirdiston va Turkiston ulamolaridan tashkil topgan maxsus kuzatuvchilar hamrohligida maxsus poyezd orqali Ufadan Toshkentga olib kelindi. Toshkentga olib kelinganidan so‘ng Mus'haf bir muddat shahardagi masjidlardan birida saqlandi. Keyinchalik uning asrab-avaylanishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga topshirildi.

1989 yil 14 mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Musulmonlarning IV quriltoyida O‘zbekiston hukumati qarori bilan Usmon Mus'hafining musulmonlar ixtiyoriga qaytarilgani e’lon qilindi. Keyinchalik u O‘zbekiston musulmonlari idorasi ixtiyoriga topshirildi. Mus'haf bir muddat Hazrati Imom majmuasidagi «Mo‘yi Muborak» madrasasi muzey-kutubxonasida maxsus sharoitda ham saqlandi.

Usmon Mus'hafining tarixiy va madaniy ahamiyati xalqaro miqyosda ham e’tirof etilgan. 1997 yilda qo‘lyozma YUNЕSKOning «Memory of the World» — «Jahon xotirasi» dasturi ro‘yxatiga kiritilgan.

2025 yil 13 noyabr — Usmon Mus'hafi tarixida yana bir muhim sana. Aynan shu kuni nodir qo‘lyozma O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga olib kelindi. Bugun Qur’on zalidagi asosiy eksponatlardan biri sifatida alohida o‘rin egallab, yurtimizning ko‘p asrlik diniy, ilmiy va ma’naviy merosini namoyon etuvchi bebaho yodgorlik sifatida taqdim etilgan. Shuningdek, Markazda turli davrlarda Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar va Temuriylar davrida ko‘chirilgan Qur’on nusxalarini ham ko‘rish mumkin. Usmon Mus'hafi tarixi bu faqat bir qo‘lyozmaning tarixi emas. Bu asrlar osha saqlangan ilmiy va ma’naviy meros, uni asrab-avaylagan avlodlar xotirasi va O‘zbekiston zaminida shakllangan buyuk islom sivilizatsiyasining uzviy davomiyligi haqidagi tarixdir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari