1. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning mavlidlarini nishonlash - bid'at.
2. Nabiy sollallohu alayhi vasallamni ziyorat qilish uchun safarga chiqish - bid'at.
3. Niyatni talaffuz qilib aytish - bid'at.
4. Nabiy sollallohu alayhi vasallamni ulug'lash va maqtash - bid'at.
5. Zikr qilish yoki Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovat aytish uchun yig'ilish - bid'at.
6. Ijtimoiy yig'in yoki dasturlarda odamlar Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovat aytishlari - bid'at.
7. Azondan so'ng Nabiy sollallohu alayhi vasallamga jahriy salovat aytish - bid'at.
8. Muborak "Qasidai Burda"ni o'qish - bid'at.
9. Bomdod namozidan oldin va juma kechasida odamlarni "namozga kelinglar!" kabi so'zlar bilan chaqirish - bid'at.
10. "Juma muborak!" deyish - bid'at.
11. Juma namozidan oldingi sunnat namozi - bid'at.
12. Jumadan oldin fiqh darsini tashkillashtirish - bid'at.
13. Juma kunidagi ikkinchi azon - bid'at.
14. Namozdan keyin birodaringizga "Alloh qabul qilsin!" deyishingiz - bid'at.
15. Qiroatda ovozni chiroyli qilish uchun ohang maqomlarini o'rganish - bid'at.
16. Shim kiyish - bid'at.
17. Hayit kunlarida ommatan takbir aytish - bid'at.
18. Tasbeh ishlatish - bid'at.
19. Namozdan keyin tasbehni sanash va uni jahriy aytish (ovoz chiqarib) - bid'at.
20. Namozdan keyin imomning jamoat bilan duo qilishi - bid'at.
21. Bomdod namozining ikkinchi rak'atidan keyin qunut duosini aytish - bid'at.
22. Imom xatibning xutba so'ngida duo qilishi - bid'at.
23. Hatib duo qilayotganda qo'llarni ko'tarish - bid'at.
24. Baytullohga haj qilgan kishini "Ey hoji!" deyish - bid'at.
25. Ota-onaning qo'llarini o'pish - bid'at.
26. Masjidlarga qubba qo'yish - bid'at.
27. Mehroblar - bid'at.
28. Uch pog'ona zinadan baland holatdagi minbarlar - bid'at.
29. Imomning yuzi qaraydigan ikki tomonga "Alloh" va "Muhammad" yozuvlarini yozish - bid'at.
30. Marhumning ruhi uchun sadaqa o'laroq oqshom tashkil qilish - bid'at.
31. Hayit kunida marhumning oilasiga hamdardlik bildirish - bid'at.
32. Mayyitning ruhiga Fotiha surasini o'qish - bid'at.
33. Qabr ustiga Fotiha yozilgan qabrtosh qo'yish - bid'at.
34. "Bu falonchining ruhidan" deb yozish - bid'at.
35. Ro'zador iftor qilish uchun shomning azonini kutishi - bid'at.
36. Taroveh namozini 20 rak'at qilib o'qish - bid'at.
37. Tarovehda rakatlar orasidagi dam olish chog'ida mav'iza qilish - bid'at.
38. Zuho surasidan boshlab suralar orasida takbir aytish - bid'at.
39. Takbiri tahrimadan oldin odamlarga namozning jamoat namozi ekanini bildirib qo'yish - bid'at.
40. Soqolning uzunasidan olish va uni tartiblash - bid'at.
41. Tug'ilgan chaqaloqning qulog'iga azon aytish - bid'at.
42. Qabristonda marhumning oilasiga salom berish - bid'at.
43. Garchi mustahab kunlarga to'g'ri kelsa ham, shanba kuni ro'za tutish - bid'at.
44. Insonlarga Isro va hijrat kabi Islomdagi tarixiy kunlarni eslatish - bid'at.
45. Suratga tushish - bid'at.
46. Ramazon kirganida xursandchilik o'laroq uylarni bezatish - bid'at.
47. Hojilar kelganida xursandchilik qilib uylarni bezatish - bid'at.
48. Qabrlar oldida duo qilish - bid'at.
49. Jamoaviy ovoz chiqarib Qur'on qiroat qilish - bid'at.
50. Nabiy alayhissalom, u zotning oilalari va solihlarni vasila qilish - bid'at.
Ushbu 50 ta amal musulmonlar ming yildan ko'proq vaqtdan beri bajarib kelayotgan sunnat va mustahablardir. Salafiy-vahhobiylar esa bu amallar sohibini do'zaxga olib boradagan bid'atlardandir, deya bong urishmoqda.. Bu ham hammasi emas, agar barchasini sanaydigan bo'lsak, bu kabi amallar besh yuztadan oshib ketadi!
Darhaqiqat, vahhobiylar o'zlarining shayxlari bo'lmish Alboniyning kitoblaridan bid'atlarni bir kitobga yig'ib chiqish bilan shug'ullandilar, uni "Qomusul-bida'" - "Bid'atlar qomusi" deb nomladilar va unda yuzlab "bid'at" amallarni sanadilar! Ana o'shanda go'yoki, "olamda ulardan boshqa musulmon yo'qligini-yu qolganlarning boradigan joyi do'zaxda" ekanini bilib olasiz!
Ho'sh, ular olib kelgan bu uydirmalar qanday din bo'ldi?!
Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha mehr-oqibat, oqibat va xayr-saxovat marafonlari yangicha sur’at va keng yoyilmoqda. Inson qadrini ulug‘lashni bosh maqsad qilgan ushbu ezgu tashabbuslar yurtimizdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, yolg‘iz va boquvchisini yo‘qotgan farzandlarimizga mehr ulashishga qaratilgan.
"Vaqf" xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan "Imom eshon Muhammad" jome masjidida yolg‘iz va boquvchisini yo‘qotgan farzandlarimiz uchun maktab formasi va o‘quv qurollarini berish tadbiri o‘tkazildi.
Ko‘ngillarga umid, yuraklarga quvonch taratgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Alisher Allaniyazov, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Bahramaddin domla Razov va "Vaqf" xayriya jamoat fondi raisi A.Jolovshiyevlar ishtirok etib, 35 bolaga maktab formalari va bayram sovg‘alarini tantanali tarzda topshirdi.
Bunday g‘amxo‘rlik tadbiri farzandlarimizning ko‘zlarida quvonch uchqunini yoqib, ko‘ngillarida cheksiz faxr tuyg‘usini uyg‘otdi.
"Inson qadri ulug‘langan, mehr-oqibat ustuvor bo‘lgan yurtda doimo taraqqiyot va baraka bo‘ladi."
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti