Iymon lug'atda tasdiqdan iborat ekaniga Abu Hanifa va ashoblarining dalillari quyidagilardir:
Alloh taolo Yusuf alayhissalomning akalari tilidan:
"Agar rostgo'y bo'lsak ham, sen bizga ishonmassan", degan (Yusuf surasi, 17-oyat).
"Allohni ochiq-ravshan ko'rmagunimizcha senga iymon keltirmaymiz", degan (Baqara surasi, 55-oyat).
Ya'ni senga ishonmaymiz, seni tasdiqlamaymiz, degani.
Alloh boshqa oyatda:
"Bas, unga Lut iymon keltirdi", degan (Ankabut surasi, 26-oyat).
Ya'ni Lut Ibrohimni tasdiqladi, degani. Chunki Lut aslida bundan oldin ham payg'ambar va mo'min bo'lgan.
Alloh taolo shuningdek:
"...qalbi iymon ila orom topa turib, zo'rlanganlar bundan mustasno...", degan (Nahl surasi, 106-oyat).
"Qalbi, tili va a'zolari iymon-la orom topa turib", demadi.
Boshqa bir oyatda esa:
"Hali iymon qalblaringizga kirgani yo'q", degan (Hujurot surasi, 14-oyat).
Alloh taolo:
"Albatta, iymon keltirgan, solih amallarni qilgan" (Baqara surasi, 277-oyat) kabi ko'plab oyatlarda iymon bilan amalni alohida-alohida zikr qilgan. O'tgan bahslardan ma'lum bo'ladiki, agar amal iymonning haqiqiy juz'i bo'lsa, amal yo'q bo'lganda, iymon ham yo'q bo'lishi lozim bo'ladi. Chunki bir narsaning bir juz'i yo'q bo'lishi uning hammasining yo'q bo'lishidir.
"Aqiydatut-Tahoviya" sharhining talxiysi, kitobidan
Mustaqillikning 35 yillik bayrami munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab 22–23 avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazilyapti.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi rahbariyati tashabbusi bilan 22 avgust kuni poytaxtimizdagi barcha masjidlarda masjid xodimlari bilan birgalikda jome hovlisi, xonaqoh, ko‘chalar, yo‘laklar tartibga keltirilmoqda, daraxtlarga ishlov berilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati