Soxta salafiylarning bir nechta g'oyalari bo'lib, ulardan biri: Qur'on va sunnatda yozilgan qoidalarni so'zma so'z tushunib, ko'r-ko'rona amal qilish orqali boshqa manbalarni botilga chiqaradilar.
Fiqhiy turg'unlik har bir zamon allomasini xavotirga solgan holatdir. Voqelikni inobatga olmaydigan, har masalada harfiy yondashuvni yoqlaydigan toifalar o'z davrida Abu Muqotil Samarqandiyning “al-Olim va-l-mutaallim” kitobida Imom Abu Hanifa va uning shogirdi o'rtasidagi savol-javobda ham tanqid ostiga olinadi. Jumladan, shogird Imom Abu Hanifaga savol beradi:
Hakim Samarqandiy esa Qur'on oyatlarining zohiriga qarab hukm olish borasida fikr yuritib, “Qur'ondagi hamma narsani ham zohiriga qarab sharhlash mumkin emas, chunki Qur'onda ko'p o'rinlarda oyatlarning zohiri boshqa ma'noni, botini boshqa ma'noni anglatadi. Allohdan qo'rqing. Qur'onni faqat o'z ra'yingizdan kelib chiqib sharhlamang”, deb bu ishnining shariat ko'rsatmasiga xilof ekanini ta'kidlagan.
Zayniddin EShONQULOV – O'MI Samarqand viloyat vakili, viloyat bosh imom xatibi (manbalar asosida)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida “Qur’on tinchlikka buyuradi” shiori ostida Qur’on musobaqasi o‘tkazildi.
Ochilish marosimida Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Jobir domla Elov so‘zga chiqib, mazkur ma’rifiy tadbirning ahamiyati haqida so‘zlab, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad diniy soha xodimlarining Qur’oni karim bo‘yicha bilim va mahoratini yanada oshirish, ular o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik muhitini shakllantirishdir.
Bellashuvda viloyatning tuman va shaharlarida faoliyat yuritayotgan 10 nafar imom-xatib va imom-noib ishtirok etib, Qur’oni karimni o‘qish va yoddan bilish borasidagi bilim va mahoratini namoyish etishdi.
Birinchi o‘ringa Peshku tumani “Chiqirchi” jome masjidi imom-noibi Afzal Shavkatov sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Buxoro shahridagi “Volidi Abdulazizxon” jome masjidi imom-noibi Abduvohid Akramovga, uchinchi o‘rin Jondor tumani “Raboto‘g‘lon” jome masjidi imom-xatibi Shuhrat Sherovga nasib etdi.
G‘oliblarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati