Barchamizni Alloh taolo yaratgan. Taqdirlarimizni ihota qiluvchi yagona Zot ham faqatgina Robbimizning O'zidir. Qur'oni karimda: “…Albatta, biz Allohning ixtiyoridamiz va albatta, biz Uning huzuriga qaytuvchilarmiz…” deyilgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Farg'ona viloyati vakilligi muhtasibi Iqboljon domla Ahmadaliyevning volidai muhtaramasining vafoti munosabati bilan oila a'zolari va yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etadi.
Alloh marhumani mag'firat qilsin, savobli amallari bilan qabrlarini nurga to'ldirib, joylarini jannatda qilsin! Qolgan barcha yaqinlariga Alloh sabri jamil bersin! Marhumaning yaqinlari, farzandu arjumandlariga, xususan, Iqboljon domlaga chiroyli sabr berib, bu musibatlarga ajru mukofotlar ato etsin.
Janoza namozi 30 dekabr' kuni soat 12:00 Rishton tumani Vohim qishlog'ida marhumaning xonadonida o'qiladi.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji'uun.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga yangi qabul qilingan 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari ustoz Zayniddin domla hamrohligida idora faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tanishuv davomida talabalarga O‘zbekiston musulmonlari idorasining tarixi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim va ma’rifat yo‘nalishidagi loyihalar xususida so‘z yuritildi.
Talabalar idora faoliyatiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusidagi ta’lim va kasbiy faoliyatlari uchun muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati